Buxoro davlat universiteti «O’zbekiston tabiiy geografiyasi» fani bo’yicha ma’ruza matni
Download 1.74 Mb.
|
O’zbekiston tabiiy geografiyasi
Qo’shimcha:
Okrug O`zbekistonning eng janubiy qismidagi Sherobod- Surxon vodiysining tekislik qismlarini egallaydi. Surxondaryo okrugi g`arbda Kelif-Sherobod- Sariqamish past tog`lari va Surxon tog`lari bilan, shimoli-sharqda Hisor tizmasining janubiy yon bag`ri, sharqda esa Bobotog`ning g`arbiy yon bag`rining quyi qismi bilan o`ralgan. Uning janubiy chegarasi esa Amudaryo orqali o`tadi. Okrug geologik tuzilishi jihatdan Hisor-Zarafshon okrugidan farq qiladi, u sinklinal botiqda joylashgan hamda neogen va antropogen davrining qalin allyuvial va prollyuvial yotqiziqlari bilan to`lgan. Surxondaryo okrugi shimoli - sharqdan janubi- g`arbga tomon taxminan 170 km cho`zilgan. Okrugning shakli uchburchakka o`xshaydi, janubi-g`arbiy qismida esa kengayadi va 110-116 km ga yetadi, shimoli - sharqiy qismida esa kengligi atigi 16-20 km dir. Surxondaryo okrugini g`arbdan, shimoldan va sharqdan o`rab turgan tog`lar yozda ham, qishda ham havo massalarining okrugga o`tishiga ancha to`sqinlik qiladi. Shuning uchun ham okrug respublikamizdagi eng issiq o`lkadir. Yillik o`rtacha harorati +17C Yoz quruq va jazirama issiq, qish yumshoq va iliq keladi: Shuning uchun ham subtropik o`simliklar o`sa oladi. Yanvarning o`rtacha harorati +1,+4C bo`ladi. Lekin ba'zan qish oylari ancha sovuq kelib, eng past harorat -20,-27C ga tushadi. Iyulning o`rtacha harorati 28+32gr. eng yuqori harorat esa 42 +48gr. darajada bo`ladi. Termiz shahrida yoz kunlarida harorat xatto +50gr. gacha ko`tariladi. Vegetatsiya davrida haroratning yig`indisi 5500-5960gr bo`ladi. Okrug tog`lar orasidagi berk botiqda joylashganligidan yog`in kam (133-360mm), yog`in miqdori hudud relyefining tuzulishiga bog`liq bo`lib, janubi - g`arbdan, shimoli-sharqqa tomon ko`payib boradi. Okrugning janubi g`arbiy tekislik qismida (Termizda) bir yilda 133 mm ga yetadi. Surxondaryo okrugining yer usti resurslari uncha ko`p emas. Okrugning asosiy daryosi Surxondaryo bo`lib, To`polondaryo va Qoratog` daryolarning qo`shilishidan vujudga keladi. O`sha ikki daryoning qo`shilishidan Amudaryo`gacha Surxondaryoning uzunligi 169 km bo`lib, sekundiga o`rtacha 120 m3 yoki yiliga 3,78 mlard m3 suv oqizadi. To`polondaryo - Qoratog` daryog`a nisbatan sersuv, uning o`rtacha yillik suv sarfi sekundigi 32 m3 bo`lsa Qoratog` daryoda 23 m3dir. Okrugning ikkinchi muhim daryosi Sheroboddaryodir. U ilgari va Qizilsoy daryolarining qo`shilishidan hosil bo`ladi. Daryoning umumiy uzunligi 186 km, o`rtacha ko`p yillik suv sarfi tog`dan oqib chiqqach 7,3 m3 sek. ga. teng. Okrug daryolari asosan okrug atrofini o`rab turgan tog`lardagi qorlarning erishidan va yomg`ir suvlaridan to`yinadi. Okrugning qumliklarida o`simliklardan qandim, oq saksovul, cherkez, tariqbosh o`sadi, daryo vodiylarining quyi qayirlarida va ayniqsa Amudaryoning o`ng qirg`oqlarida yulg`un, jiyda, turong`il, terak, qamish, savagich o`sadigan to`qaylar bor. Okrugda bug`u, to`qay mushugi, qirg`ovul, Buxoro bug`usi, yovvoyi cho`chqa, chiyabo`ri, tulki, g`oz, o`rdak uchraydi. Okrugda o`qilon, gekkon kaltakesagi, Turkiston kobrasi, Jayra, tasqara, so`fito`rg`.ay, chil kaklik ham bor. Surxondaryo okrugi tabiatining ajoyib qismini, xususan Amudaryo to`qayzorlarini va u yerdagi o`simlik va hayvonlarning ba'zi turlarini himoya qilish maqsadida Surxondaryo Qo`riqxonasi tashkil etilgan. Qo`riqxona maydoni 28014 gektar bo`lib, ikki qismdan iborat. Birinchi qismi 1960 y tashkil etilgan bo`lib sobiq Payg`ambarorol qo`riqxonasini o`z ichiga oladi. Surxondaryo okrugi o`z navbatida Termiz-Denov, Sherobod, tabiiy-geografik rayonlarga bo`linadi. I. Termiz - Denov tabiiy geografik rayoni o`z ichiga Surxondaryo vodiysini, xususan uning hozirgi zamon va ko`hna qayirlarining oladi. Rayon atrofi tog`lar bilan o`ralib, quruq subtropik iqlim bilan tasvirlanadi. Uning qishi iliq yanvarning o`rtacha harorati +2,8 gr., yozi esa quruq va issiq- iyulning o`rtacha harorati +29 +31gr. +10gr. dan yuqori bo`lgan kunlar haroratining yig`indisi 5100-5700 C ga yetadi, o`simliklar yil bo`yi vegetatsiyani davom ettiradi. Rayonda quydagi landshaftlar uchraydi. 1. Qamish va to`qay o`simliklari o`suvchi o`tloq -botqoq allyuvial tuproqli qayirlar landshafti. 2. Sug`oriladigan bo`z, allyuvial o`tloq va taqir tuproqlari tarqalgan madaniy landshaft. 3. Efemer o`simliklar bilan qoplangan, och bo`z tuproqli lyossli sertepa tekisliklar landshafti. 4. Iloq, butasimon psammofit tur o`simliklar o`suvchi allyuvial tekisliklarning eol qum landshafti. 5. Mezakaynazoy negiziga ega bo`lgan, shuvoq o`suvchi sur- qo`ng`ir tuproqli past tog`lar va balandliklar landshafti. Sherobod tabiiy - geografik rayoni asosan Sherobod cho`lini o`z ichiga olib, sharqdan Havotog`, Uchqizil balandliklari orqali Termiz-Denov rayonidan ajralib tursa, junubda Amudaryo bilan shimoli - g`arbda Kelif - Sherobod marzasi bilan, shimolida esa Sherobod - Sariqamish marzasi bilan chegaralanadi. Rayon O`zbekistondagi eng iliq qish (yanvarning o`rtacha harorati +4gr. ) va eng issiq (iyulning o`rtacha harorati +33,1C) yoz bo`ladigan hududdir. Rayon o`z navbatida quydagi landshaftga bo`linadi. 1. Qamish hamda to`qayzorlardan iborat, o`tloq va botqoq qayir allyuvial tuproqlari tarqalgan hozirgi zamon delta landshafti. 2. Shuvoq o`suvchi, sur-qo`ng`ir tuproqli tog` oldi prollyuvial tekisliklar landshafti. 3. Taqir va o`tloq tuproqli allyuvial tekisliklar madaniy landshafti. 4. Sherobod cho`lining asosiy qismini egallagan madaniy landshaft. Download 1.74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling