Buxoro davlat universiteti «O’zbekiston tabiiy geografiyasi» fani bo’yicha ma’ruza matni


Toshkent atrofi tog` oldi botig`i


Download 1.74 Mb.
bet23/123
Sana19.06.2023
Hajmi1.74 Mb.
#1613110
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   123
Bog'liq
O’zbekiston tabiiy geografiyasi

Toshkent atrofi tog` oldi botig`i Chotqol, Qurama, Turkiston, Nurota tog`lari orasida joylashgan bo’lib, shimoli-g`arbda Qizilqum bilan asta qo’shilib ketadi. Botiqning sharqida va janubida alohida-alohida turgan adirlar mavjud. Botiq relyefida tog`larga yondashgan, yuzasi to’lqinsimon tekisliklar va Sirdaryo, Chirchiq hamda Ohangaron daryolarining yuzasi tekis terrasalari ajralib turadi. Chirchiq-Ohangaron vodiysida qayir usti terrasalari mavjud. Ular ichida katta maydonni 1- va 4- terrasa egallaydi. 1-terrasaning mutlaq balandligi Qibray shaharchasi yaqinida 512 m., Chirchiqning quyilish joyida 170 m.ga teng. 1-va 4-qayir usti terrasalarining qayirdan balandligi 1-7 metrni tashkil etsa, qadimgi 4-terrasa balandligi 20 metrga, ayrim yerlarda 40 metrga etadi. Sirdaryoning chap sohilida joylashgan Mirzacho’l tekisligi Sirdaryoning 3-terrasasidan iborat. U daryo qayiridan 2-3 va 8-10 m ko’tarilib turadi. Tekislikning yuzasi deyarli tekis bo’lib, shimoli-g`arbga tomon biroz pasayib boradi. Relefida yonbag`ri juda ham kam qiyalikka ega bo’lgan ikkita past tekislik-Sardoba va Sho’ro’zak o’zansimon tekisliklar ajralib turadi. Janubdan Mirzacho’lga to’lqinsimon tog` oldi qiya tekisliklar yondoshib keladi. Ular Turkiston tog` tizmasidan oqib tushadigan Sangzor, Zominsuv va boshqa daryo hamda soylarning konussimon prolyuvial yoyilmalaridan, hududni janubdan o’rab turgan tog`larning delyuvial-prolyuvial shleyflaridan tashkil topgan. Tog` oldi tekisliklarining Sirdaryoning 3qterrasasi bilan qo’shilgan yerida keng sho’rxok zona mavjud.
Toshkent tog` oldi botig`ida paydo bo’lishi va gipsometrik belgilariga qarab strukturali-erozion, skulptura-erozion, erozion-akkumulyativ va eol-akkumulyativ relef tiplarini ajratish mumkin.
Zarafshon tog` oraligi botig`i Nurota va Zarafshon tog` tizmalari oralig`ida joylashgan. U uch tomondan tog`lar bilan o’ralgan. Zarafshon botig`ining uzunligi 180 km.ga, kengligi 10-60 km.ga teng bo’lib, tubi shimoli-g`arbga tomon asta pasayib boradi. Botiqning mutlaq balandligi janubi-sharqida 720 m.ni, shimoli-g`arbida 280 m.ni tashkil etadi. Botiq g`arbda Hazora darasi orqali Qizilqum bilan tutashgan.
Zarafshon vodiysi botiqning o’rtasida joylashgan, kengligi 10-30 km. Eng katta maydonni qayirdan 7-10 m yuqorida joylashgan 2-terrasa egallaydi. 3-terrasaning 2-terrasadan balandligi 10-18 m keladigan tik jarliklar bilan ajralib turadi. Bu terrasa yuqori tomonida o’r-qir relyefli tog` oldi tekisliklari bilan asta-sekin qo’shilib ketadi. Botiqning sharqiy qismini Zarafshon daryosining konussimon yoyilmasi egallagan.

Download 1.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling