Buxoro davlat universiteti «O’zbekiston tabiiy geografiyasi» fani bo’yicha ma’ruza matni
Tog` oldi rayonlar va tog`lar relyefi
Download 1.74 Mb.
|
O’zbekiston tabiiy geografiyasi
Tog` oldi rayonlar va tog`lar relyefi.O`zbekiston tog`lari Tyanshan va Oloy tog` sistemalarining tarmoqlaridir. Toshkent viloyati hududida shimoli-sharqdan janubi-g`arbga tomon bir-biroviga parallel cho`zilgan Chotqol, Qurama, Pskom va Ugom tog`lari Tyanshan tog` sistemasiga, respublikaning sharqiy va janubiy qismidagi Turkiston, Zarafshon va Hisor tog`lari esa Oloy tog` sistemasiga kiradi. Tyanshan tog` sistemasining g`arbiy qismida geograafik kenglik bo`ylab cho`zilgan eng oxirgi tizma Talas Olatovidir. Talas Olatovi g`oyat keng va murakkab tog` tizmasi bo`lib, bir qancha tarmoqlarga bo`linib ketadi. Bu tarmoqlar o`z navbatida yana bir necha mustaqil tizmalar va baland platolardan iborat. Bular Qorjantog`, Ugom, Pskom, Sandalash, Chotqol, Qurama tog` tizmalaridir, Mo’g`iltog` va Ohangaron platosi Talas Olatovining oxirgi tarmoqlaridir. Talas Olatovi va uning bu yuqorida aytilgan tarmoqlari G`arbiy Tyanshan deb yuritiladi. Respublikamizdagi Qorjantog`, Ugom, Pskom, Chotqol, Qurama, Farg`ona, Turkiston, Morguzar, Nurota, Hisor, Zarafshon va Qizil-qumdagi past tog`lar Tyanshan va Oloy tog` sistemasining tarmoqlaridir. Tog` tizimlari orasida Farg`ona, Mirzacho`l, Chirchiq, Ohangaron, Zarafshon, Qashqadaryo va Surxondaryo kabi botiqlar vujudga kelgan. Talas Olatovining g`arbidagi eng chekka tarmog`i Ugom tizmasi bo`lib, bu tizma Pskom va Ugom daryolari hamda Aris daryosi bilan Pskom orasidagi suv ayirg’ichdir. Ugom tizmasi janubi - g`arbdan shimoli- sharqqa qarab Pskom daryosi quyilish joyidan Oqsuv daryosi boshlanish joyidagi Manas tog` tugunigacha cho`zilib boradi. Ugom tog`larining o`rtacha balandligi 3000-3500m, eng baland yeri shimoli-sharqidagi Sayram cho`qqisi 4229 m. bo`lib Qozog`iston hududidadir. Tizmaning eng baland qismlari shimoli - sharqidadir. Onao`lgan daryosining boshlanish joyida kichik-kichik muzlik va qor uyumlari bor. Pskom va Ugom daryolarini tarmoqlari shu muzlik va qorlardan boshlanadi. Ugom tizmasining bir necha tarmog`i bor, g`arbiy yon bag`irning o`rta qismidan ajralib chiqqan Qorjantog` tizmasi uning eng katta tarmog`idir. Qorjantog` tizmasi bo`ylab O`zbekiston bilan Qozog`iston chegarasi o`tgan Ugom, Bodom va Kalas daryolari orasidagi suvayirg`ichdir. Qorjantog` yemirilib pasaygan tog` bo`lib, o`rtacha balandligi 2000 m. Janubidagi eng baland Mingbuloq cho`qqisi 2834 m. ga yetadi. G`arbiy yon bag`rida 600-800 m. baladliklardagi platolar Sirdaryoga qarab pasayib boradi. O`zbekistonga qarashli bo`lgan Sharqiy yon bag`ri kambar bo`lib, Ugom vodiysi ustidan tik ko`tarilib turadi. Ugom tizmasining ikkinchi tarmog`i uning shimoli-sharqidan ya'ni Onao`lgan daryosining boshlanish joyidan ajralib chiqqan Tuproqbel tog`idir. Bu tog` janubi-sharqqa tomon cho`zilib Ugom tizmasini Pskom tizmasi bilan qo`shib turadi. Talas Olatovining ikkinchi yanada balandroq tarmog`i Ugom tizmasiga parallel holda turgan Pskom tizmasidir. Bu tizma Pskom va Chotqol daryolari havzasini bir-birovidan ajratib turadi. Pskom tizmasini faqat g`arbiy yonbag`ri O`zbekistonga qaraydi. Bu yonbag`ir kambar ko`pincha qoyali bo`lib Pskom vodiysi ustida tik ko`tarilib turadi. Talas Olatovining eng katta tarmog`i-Chotqol tizmasidir. Chotqol tizmasi Sirdaryoning o`ng irmoqlari bo`lgan Chirchiq havzasi bilan Ohangaron, Kosonsoy, G`ovasoy, Chodoqsoy kabi daryolarning havzalari orasida suvayirg`ichdir. Bu tizmasining janubi-g`arbi qisqa va past qismi hamda undan ajralib chiqqan kichik tarmoqlarigina O`zbekiston hududiga kirib kelgan. Chotqol tog` tizmasi Chapchama tog` uzelidan g`arbga birmuncha past tizmalarga va tekis baland platolarga aylanib, tekisliklar orqali Chirchiq vodiysiga tushib boradi. Bu yerda katta Chimyon (3277 m.) va Qizilnura (3533 m.) tog`lari, Maydontol (2000 m.), Palatxon (2744 m) va Ohangaron platolari bor. Chotqol tizmasining tarmoqlari orasidagi baland tekis yerlardan biri, Qizilnura massivi bilan Qurama tog`lari orasida asosan otqindi jinslardan tuzilgan Ohangaron platosi joylashgan. Uning o`rtacha balandligi 2000 m. Tog`ga tutashgan sharqiy qismi balandlashib 3000 m. ga yetadi, g`arbda esa 300-400 m. tekislikka aylanadi. Platoning o`rta qismidan Ohangaron daryosi oqadi. Ohangaron va G`ovasoyning bosh qismida daralar ko`p. Chotqol tizmasidagi Chapchama tog` uzelidan janubi-g`arb tomonga uzunligi taxminan 170km. keladigan Qurama tizmasi ajralib chiqqan. Bu tizma Farg`ona vodiysi tomon oqib tushadigan daryolar bilan Ohangaron daryosi havzasi orasidagi suvayirg`ich O`zbekiston va Tojikiston orasidagi chegara ham shu tizma bo`ylab o`tgan. Qurama tizmasining o`rtacha balandligi 2000m, eng baland nuqtasi 3745 m. Qurama tizmasining janubi-g`arbidan qoyali Mo’g`iltog` massivi ajralib chiqqan, bu massivning uzunligi taxminan 35 km. bo`lib Sirdaryoga borib taqaladi. Sirdaryoning Bekobod ostonalari Mug`iltog` massivining qattiq jinslaridan paydo bo`lgan. Hozir bu yerda Farxod GESi qurilgan. Mug`iltog`ning o`rtacha balandligi 1500-1800 m. eng baland nuqtasi 2100m. Mug`iltog` qirrasidan O`zbekiston va Tojikiston o`rtasidagi chegara o`tadi. G`arbiy Tyanshandagi bu tizmalarning yadrolari granit, siyenit va profirlardan tuzilgan. Bu jinslar paleozoy erasi ohaktosh, qumtosh va slanes kabi cho`kindi jinslari orasiga kirib kontakt zona hosil qilib, polimetal rudalar, volfram, molibden, mishyak, oltingugurt, flyuorit va boshqalar paydo bo`lgan. Tizma Alp burmalanishida qayta ko`tarilib parchalanib ketdi. Natijada bo`lak-bo`lak tog` massivlari, platolar va botiqlarni hosil qildi. Botiqlardan biri Xo`jakent bilan Burchmulla orasida Chorbog` botig`idir. To`rt tomonini tog`lar bilan o`ralgan Chorbog` tekisligi Chotqol, Pskom, Ko`ksuv, Chimyonsoy va boshqa daryolarning oqiziqlaridan hosil bo`lgan tor Chorbog` darasida to`gon qurilib, GES qurilgan. Chorbog` botig`ida 2 mlrd. m3 suv to`planadigan suv ombor vujudga kelgan. Tog`lar orasidagi katta vodiylardan Ugom, Pskom, Ko`ksuv, Chotqol, Chimyonsoy vodiylarni ko`rsatish mumkin. Turkiston, Zarafshon va Hisor tizmalarining faqat g`arbiy tarmoqlari O`zbekistondadir. Eng shimolda sharqdan g`arbga qarab Turkiston tizmasi cho`zilgan. Bu tizmani g`arbiy past qismi O`zbekistonga qaraydi. Bu tizma Farg`ona vodiysini janubi - g`arbiy tomondan o`rab turadi. Uning vodiyga qaragan shimoliy yon bag`ri keng. Turkiston tizmasi paleozoy qumtoshlaridan, slaneslardan, ohaktosh va boshqa jinslardan tuzilgan. Turkiston tizmasi O`ratepa meridianidan g`arbga tomon pasayib borib, Samarqandga 30-40 km qolganda baland platolarga aylanib ketadi. Turkiston tizmasidan shim. g`arbga qarab Morguzar, g`arbga qarab Chumqor tog`lari ajralib chiqqan. Morguzar tog`lari Guralash dovonidan (2500m) Sangzor daryosi darasigacha cho`zilib boradi. Daraning chap tomonidan Nurota tog`lari davom etadi. Bu ikkala tog` orasida Sangzor darasi Temurlang yoki Ilono`tdi darvozasi deb ataladi. Morguzar tog`ining eng baland sharqida bo`lib 2622 m. Morguzar tog`idan janubda unga parallel holat kenglik yo`nalishida Chumqor tog`lari ham Turkiston tizmasining jan. g`arbiy tarmog`idir. Chumqor tog`lari Sangzor bilan Zarafshon daryosi orasidagi suv ayirg’ich. Bu tog` orqali Tojikiston bilan O`zbekiston orasidagi chegara o`tgan. Morguzar bilan Turkiston-Chumqor tog`lari orasidagi botiqda Sangzor vodiysi hosil bo`lgan. Nurota tog`i Sangzor vodiysidan Nurota qishlog`iga qadar cho`zilib boradi. Nurota tog`lari Oqtog` va Qoratog` kabi bir necha tizmalarga bo`linadi. Nurota tizmasining o`rtacha balandligi 1000-1500 m uning markazida eng baland xayot (Zargar) cho`qqisi – 2169m. Bu tog` paleozoy ohaktoshlari, qum toshlari va slaneslardan, shuningdek metamorfik jinslardan tuzilgan Oqtog` o`zini marmari bilan mashxur. Qizilqum ichki qismidagi Quljuqtog`, Tomditog`, Bo`kantog`, Yetimtog`, Oltintog`, Ovminzatog` Sulton Uvays tog`lari bo`lib, bu tog`li o`lka qadimda yaxlit tog` sistemasi, hozir esa parchalanib ketgan va yemirilgan. Turkistonni janubida paleozoy ohaktoshlari kristalli slanes va qisman granitdan tuzilgan Zarafshon tizmasi bor. Bu tizmani O`zbekistonga karashli past qismi Zarafshon va Qashqadaryo xovzasini bir-birovidan ajratib turadi. Tizma Panjakent shahri meridianidan o`tgandan so`ng O`zbekistonga kirib keladi. Tizmaning TaxtaQorachagacha bo`lgan qismi Chaqilkalon tog`lari, g`arbdagi davomi Qoratepa tog`lari deyiladi. Bu tog` g`arbda Jom Qishlog`i yonida tekislikka qo`shilib ketadi. Bu yerda Zarafshon va Qashqadaryo botiqlarini bir biroviga qo`shib turgan Jom yo`lagi (botig`i) bor. Bu yo`lakdan Eski Ang`or kanali o`tgan (Zarafshon suvini Qashqadaryog`a). Turkiston va Zarafshon tizmalari orasidagi botiqda Zarafshon vodiysi hosil bo`lgan. Buning Panjakent yaqinidagi balandligi 800-900 m. bo`lsa, Buxoro vohasida 200-250 m. 1964 yilda 24 aprelda Samarqanddan 140 km masofada Zarafshon vodiysining tog`li qismida, Ayniy Qishlog`i yaqinida to`xtovsiz yoqqan yomg`ir va jala natijasida Zarafshon tizmasining shimoliy yonbag`ridagi So`xta (ko`ygan) tog`ining baxaybat bir qismi kulab tushdi. Gil, chagirtosh, harsangtoshdan iborat. Bu tog` suralmasi daryo o`zanida ulkan tabiiy to`gon hosil qildi. Balandligi 240m., eni 500-1000m, daryo o`zani bo`ylab uzunligi 820m. ga borgan bu to`gon Zarafshon daryosini butunlay bo`gib qo`ydi. To`gon oldida har kun 6 mln. m3 suv to`plana bordi. Bu ko`lda 12 kunda 80 mln. m3 suv to`plandi va suv sathi to`gon yonida 60 m. ga ko`tarildi. Daryo yoqasida 1 km. o`zan qazilib suvlar oqizila boshlandi. Zarafshon vodiysini janubidagi Zirabuloq va Ziyovuddin tog`lari balandligi 400-600m. Oloy tog` sistemasining O`zbekistondagi eng oxirgi tarmog`i – Hisor tizmasidir. Hisor tizmasi O`zbekistondagi eng baland tog`dir. O`zbekiston alpinistlari 1961 yil may oyida bu tizmadagi 4643 m Hazrati Sulton cho`qqisini topdilar. Cho`qqidagi qor va muzliklardan To`palondaryo boshlanadi. Hisor tizmasi Qashqadaryo vodiysining shimoli-sharqidan Surxon-Sherobod vodiylarini shimoli tomonidan o`rab turadi. Hisor tizmasidan g`arb va janubi-g`arbga tomon bir necha tizmalar tarqalgan. Masalan Hazrati Sulton, Yakkabog`, Guzor va Boysun tog`lari, Ko`hitang tog`i, Surxontog`, Bobotog` va boshqa tog`lar. Shimol va shimoli-g`arbdagi katta tarmoqlardan biri Hazrati Sulton tog` massividir. Bu massivning balandligi 4000m bo`lib Qashqadaryoni irmog`i Oqsuv daryosi bilan Surxondaryoning bosh qismidagi To`palandaryo havzalarini bir-birovidan ajratib turadi. Qoyali Yakkabog` tizmasi esa (3500-3700m) g`arbiy chekka qismda joylashgan tog` ustida doimiy qor yotadi. Zarafshon tizmasining janubiy tarmoqlari bilan Hisor tizmasining g`arbiy tarmoqlari orasidagi botiqda Kitob-Shahrisabz vodiysi joylashgan. Bu vodiy Qashqadaryoning bosh qismida bo`lib daryo oqiziklaridan paydo bo`lgan. Yakkabog` tizmasidan sharqda unga parallel holatda cho`zilgan. Boysuntog` yana ham balanddir (4424m. ) bu tog`ni ba'zi joylari qor bilan qoplangan Boysun tog`ining janubi- g`arbiy davomi bo`lgan Ko`hitang tog`i Amudaryo bo`yigacha yetib borib qoyali tik qirg`oqlarni hosil qiladi. Tog`ining o`rtacha balandligi 2100m., shimolidagi eng baland nuqtasi 3137m. Ko`hitangning janubiy qismida karst relyef shakllarida ko`p. Ko`hitang sharqida 400-600m. balandlikgacha bo`lgan adir va platolar bor. Bular asta-sekin Sherobod hamda Surxondaryo vodiylariga tushib boradi. Tojikiston chegarasida meridian bo`ylab Amudaryogacha cho`zilib yotgan Bobotog` bo`lib, uni shimoliy qismi 2286 m. balandlikda, janubga tomon pasayib boradi. Bobotog` Surxondaryo va Kofirnixon vodiylarini bir-birovidan ajratib turadi. Boysun bilan Bobotog` orasidagi tektonik botiqda Surxon-Sherobod vodiysi hosil bo`lgan. Vodiyning ayrim joylarida qirlar (Uchqizil, Havodog`) uchraydi. Bu vodiy, shimoliy, shimoli - g`arb tomoni tog`lar bilan to`silgan O`zbekitonning eng iliq va sernam vodiysidir. MA’RUZA №4 Download 1.74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling