Buxoro davlat universiteti «O’zbekiston tabiiy geografiyasi» fani bo’yicha ma’ruza matni


Download 1.74 Mb.
bet36/123
Sana19.06.2023
Hajmi1.74 Mb.
#1613110
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   123
Bog'liq
O’zbekiston tabiiy geografiyasi

Yil fasllari. O’zbekiston o’zi joylashgan kengliklardagi boshqa hududlarga nisbatan bu erda yoz ancha issiq, qish esa sovuqroq bo’lganidan yil fasllari bizda o’zgachadir. Fasllarning boshlanish va tugash muddatilari, ob-havosi o’ziga xos. Xususan yoz uzoq -4-5 oy davom etadi, qish esa qisqa, beqaror bo’ladi.
Bahor. O’zbekistonda sutkalik o’rtacha harorat Q50dan Q200 gacha oraliqda o’tgan kunlar bahorga to’g`ri keladi. Respublikamizda bahor martda emas, fevral oyi oxirida boshlanadi. Mutaxassislar O’zbekistonda sutkalik o’rtacha harorat Q50 dan oshgan kunni qishning oxiri va bahorning boshi, sutkalik harorat Q200 dan o’tgan kunni bahorning oxiri, yozning boshlanishi deb hisoblaydilar. Bahorda respublikamizda yillik yog`inning 30-50 % yog`adi, martda havoning sutkalik o’rtacha harorati Q10-150 ga, aprelda Q200 ga etadi. Quruq davrning boshlanishi Ustyurtda 15G`IV ga, Quyi Amudaryoda 6-14G`IV, Qizilqumda 30G`III-17G`IV, Quyi Zarafshonda 6-14G`IV, Qashqadaryoda 29G`IV-28G`V, Surxandaryoda -28G`Vga to’g`ri keladi. Shu davrdan cho’l efemer o’simliklarining vegetastiya davri tugaydi. Bahorda umuman sovuq kunlar kam bo’ladi. Lekin ba’zida bahorning birinchi yarmida stiklonlar tufayli ob-havo o’zgaradi. Issiq kunlardan keyin to’satdan sovuq bo’lib, qor yog`ishi, havo harorati 00 dan pasayishi mumkin. Mayning ikkinchi yarmidan boshlab respublikaning hamma joyida kun taxminan bir xil isiydi, yog`inlar to’xtaydi va shu vaqtdan haqiqiy yoz boshlanadi.
Yoz O’zbekistonda havoning o’rtacha sutkalik harorati Q200 dan oshganda boshlanib, Q200 dan pasayganda tugaydi va kuz boshlanadi. Yoz may o’rtasidan oktyabr oyigacha cho’ziladi va respublikamiz janubida 160 kun, shimolida 110 kun davom etadi. Yoz oylari jazirama issiq, qurg`oqchil va barqaror bo’ladi, bulutsiz, jazirama issiq kunlar iyul-avgust oylarida ayniqsa ko’p kuzatiladi.
Ustyurtda iyulda havoning o’rtacha harorati 26,8-28,50, Qizilqumda 29-30-310, Surxondaryoda 27,5-320 ni tashkil etadi. Yozda Ustyurtdan tashqari tekisliklarda yog`in juda kam yog`adi, ayrim yillarda mutlaqo yog`maydi. Eng quruq oy-avgust.
O’zbekistonda sutkalik o’rtacha havo harorati Q200 bilan Q50 oralig`i kuzga to’g`ri keladi. Kuz oktyabr oyidan boshlanadi. Shu oydan kun sezilarli darajada qisqaradi, havo salqinlasha boshlaydi. Oktyabrda havoning o’rtacha harorati iyuldagidan 12-150 past bo’ladi. Shimoldan sovuq havo massalari kirib kelgan paytlarda kechalari sovuq tushib, harorat 00 gacha pasayadi, shudring, ba’zan qirov tushadi. Sutkalik o’rtacha harorat 50 dan pasaygan kun kuzning oxiri va qishning boshi deb hisoblanadi, chunki shu vaqtdan boshlab o’simliklarning vegetastiya davri tugaydi.
Kuzda yillik yog`inning 10-20 % yog`adi. Fasl oxiriga borib sovuq kuchayada, havoda bulut ko’payadi, yomg`ir-qor yog`ib, ayrim joylarda qor qoplami vujudga keladi. Respublikamizda qish sutkalik o’rtacha havo harorati kuz va bahorda Q50 dan pasaygan kunlar orasidagi davr, haqiqiy qish esa sutkalik o’rtacha havo harorati kuz va bahorda 00 dan pasaygan kunlar orasidagi davr deb hisoblanadi. Qish dekabr, yanvar, qisman fevral oylariga to’g`ri keladi. Lekin qishda ham sovuq kunlar iliq kunlar bilan almashinib turadi. Respublikamiz janubida qish iliq bo’lib, barqaror emas, ayrim yillardagina haqiqiy qish bo’lishi mumkin.
Arktika va Sibirdan sovuq havo massasi kirib kelganda respublikamiz ob-havosi keskin sovuydi, shimoli-g`arbiy qismida qishki sovuqlar uzoq davom etadi. Baland tog`larimizda qish sovuq bo’lib, 3-4 oy ga cho’ziladi, qor ko’p yog`adi. Respublikamizda yillik yog`in miqdorining 25-40 % qish oylariga to’g`ri keladi.
O’zbekistonning tekislik qismi subtropik iqlimli (janubiy) cho’l va mo’’tadil iqlimli (shimoliy) cho’l zonalarida joylashgan. Bu shimoliy va janubiy cho’llar iqlimida sezilarli farq bo’lib, ular yilning iliq va sovuq davrlarida ko’zga yaqqol tashlanib turadi.
Ustyurt qishda Sibir antistikloni ta’siri doirasida bo’lgani uchun qish qattiq bo’lib (yanvarning o’rtacha harorati -60 dan -8,50 gacha, haroratning mutloq minimumi -380), haqiqiy qish 118-130 kun davom etadi, sovuq kunlar ko’p bo’ladi va qor qoplami uzoqroq (30-120 kun) yotadi. Markaziy Osiyo antistiklonining ta’siri Ustyurt ustida oktyabr oyida sezila boshlaydi. Antistiklonning ta’siri asta-sekin ortib, havo harorati pasaya boradi va yanvar, fevral oylarida harorat eng past bo’ladi. Ustyurtda yillik yog`in miqdori fasllar bo’yicha deyarli bir tekis taqsimlangan.
Nukus geografik kengligidan janubda joylashgan janubiy cho’llarda qish Ustyurtdagidan farq qiladi. Bu hududda stiklonlarning tez-tez qaytalanib turishi qishning janubga borgan sari yumshoq bo’lishiga va qishda ob-havoning tez-tez o’zgarib turishiga sabab bo’ladi. Janubiy cho’llarda qor qoplami Sibir antistikloni turib qolgan davrdagina saqlanib turadi va uning turishi 20-30 kundan oshmaydi. Yanvarning o’rtacha harorati janubda 00 dan yuqori bo’ladi. Sherobodda Q3,60 ni, Termizda Q 2,8 0, G`uzorda Q1,9 0 ni tashkil etadi.
Janubi-g`arbdan O’rta Osiyoga iliq tropik havo kirib kelganda janubiy O’zbekistonda hatto qish oylarida havo harorati Q200 gacha ko’tarilib ketadi. Janubiy cho’l mintaqasida qish ancha iliq, harorat ancha baland bo’lishiga qaramasdan Sibirdan antistiklon havosi kirib kelganda eng past harorat shimolida -320 gacha, janubda esa -200, -250 gacha tushib ketgani kuzatilgan.
Yilning iliq davrida ham janubiy va shimoliy cho’llar ob-havosi bir-birlaridan farq qiladi. Janubiy cho’lda aprel oxiri va may boshlarida stiklon jarayonlari susayib, mayning ikkinchi yarmidan boshlab ochiq, issiq va quruq ob-havo tarkib topadi. Yozga chiqib harorat juda ko’tariladi. Bulutsiz kunlar soni ko’p bo’lganidan Quyosh energiyasining kelishi kuchayadi va juda quruq kontinental tropik havoning shakllanishiga imkon tug`iladi.
Iyul oyining o’rtacha harorati janubiy cho’l zonasining shimolida 260-270 bo’lsa, janubida 310-320 ni tashkil etadi.
Shimoliy cho’llarda yoz janubdagiga nisbatan qisqaroq, havo va tuproq usti harorati pastroq bo’ladi, nisbiy namlik esa ayrim vaqtlarda yog`in-sochinning vujudga kelishi uchun etarli darajada bo’ladi. Iyul oyining o’rtacha harorati shimolida Q26,80 bo’lsa, janubida Q 28,5 0 ni tashkil etadi, eng yuqori harorat Q 440 dan oshmaydi. Yillik yog`inning 17-23 % i yoz oylariga to’g`ri kelsa ham, lekin nam etishmaydi.
Ma’lumki, odamning hayotida, normal yashashida tabiiy iqlim omillarining roli juda katta. Masalan, subekstremal va ekstremal haroratli sharoit odam organizmida fiziologik va hatto patologik o’zgarishlar kompleksining vujudga kelishiga sabab bo’ladi.
Odam organizmi uchun eng qulay havo harorati Q160 dan Q260 gacha deb hisoblanadi. Bunday haroratda odam dam olib o’tirganda tana harorati, yurakning urishi, terning ajrab chiqishi fiziologik normada saqlanib qoladi.
Havo haroratining Q400 ga ko’tarilishi odam tanasi haroratining 1,70S ga, yurak urishini 28 % ga, ter ajralib chiqishining deyarli 100 % ga oshishiga sabab bo’ladi. Bunday holatda odam organizmining funkstional holati keskin zo’riqadi.

Download 1.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling