Buxoro davlat universiteti «O’zbekiston tabiiy geografiyasi» fani bo’yicha ma’ruza matni
Sovuq davrning davomiyligi kunlarda
Download 1.74 Mb.
|
O’zbekiston tabiiy geografiyasi
Sovuq davrning davomiyligi kunlarda
(L.N.Babushkin bo’yicha, 1981)
O’zbekistonda ayrim yillari qish iliq keladi va o’simliklarning o’sishi va rivojlanishi to’xtamaydi. Bunday davrni L.N.Babushkin «vegitastiyali qish» deb atagan. L.N.Babushkin ma’lumotiga ko’ra, vegitastiyali qish hamma qishlarning Churukda, Mo’ynoqda, Nukus va Qo’ng`irotda 0 % ni, Urganchda 9 %, Tomida 16 %, Shafrikonda 41 %, Qorako’lda 55 %, Toshkentda 45 %, Chorvoqda 31 %, Mirzacho’lda 33 %, Samarqanda 54 %, Jizaxda 45 %, Navoiyda 53 %, Qo’qonda 34 %, Farg`onada 28% %, Andijonda 21 %, Qarshida 56 %, Kitobda 66 %, G`uzorda 80 %, Termizda 94 % va Sherobodda 100 % ini tashkil etadi. Yozning xususiyatlarini aniqlashda musbat haroratlar yig`indisini, sovuqsiz kunlar sonini bilish katta ahamiyatga ega. O’zbekistonda yoz eng uzoq davom etadigan fasl bo’lib, u respublika tekislik qismining janubida 160 kungacha, shimolida 105-107 kungacha davom etadi. Yozning eng issiq oyi-iyulda havo haroratining mamlakat tekislik qismida taqsimlanishi ko’proq kenglik zonalligi qonuniyatlariga bo’ysinadi. Lekin haroratga er yuzasini qoplagan tog` jinslari, ularning tarkibi, suv havzalarining bor-yo’qligi, hududning o’simlik bilan qoplanganlik darajasi ham ta’sir etadi. Tog`li hududlarda yozgi havo haroratining taqsimlanishiga geografik kenglikning ta’siri ikkinchi darajasli bo’lib qoldi, harorat ko’proq balandlikka bog`liq bo’lib qolib, balandlik mintaqalanishi namoyon bo’ladi. Yoz oylarida O’zbekiston hududini mahalliy issiq tropik havo qoplab oladi. Iyul oyining o’rtacha harorati mamlakat tekislik va tog` oldi hududlarida 25-310 orasida bo’ladi. Termiz va Sherobodda 310 -320 ga etadi. 300 li izoterma Qizilqumning markaziy rayonlarini o’rab turadi, Qashqadaryo va Zarafshonning quyi oqimida harorat 29-310, Farg`ona vodiysida 26-280, Quyi Amudaryoda 25-280, Ustyurtda 270 atrofida bo’ladi. Yoz oylarida havo asosan iyun-iyul oylarida peshin paytida nihoyatda qizib ketib, mutlaq yuqori harorat tekislik va tog` oldilarida 42-470 gacha ko’tariladi, 2000-2200 m balandlikda 30-320, 3000 m balandlikda 20-220 ni tashkil etadi. L.N.Babushkinning ma’lumotiga ko’ra, 1912 yilning 8 iyulida Termizda havoning harorati 500, 1915 yili 21 iyulda 49,50 ga etgan. Janubiy hududlarda tuproq usti harorati 60-650 bo’ladi, ayrim paytlarda 70-750 gacha ko’tariladi, Sho’rchida esa 790 ga etgani kuzatilgan. Yuqori havo harorati sug`oriladigan erlarda issiq sevar o’simliklarning o’sishiga, erta hosilga kirishiga imkon beradi, lekin yuqori harorat havodagi va tuproqdagi namning kamayishiga sababchi bo’ladi, odam sog`lig`iga salbiy ta’sir etadi. Respublikamizda ekinlarga ancha zarar etkazadigan kechki bahorgi va ertangi kuzgi sovuqlar bo’ladi. Vegetastiya davrida havo yoki tuproq haroratining qisqa muddat 00 dan pasayib ketishi, ba’zan -1,5, -20 ga tushib qolishi natijasida g`o’za va poliz ekinlarini, mevalarini sovuq uradi, ba’zi joylarda ular butunlay nobud bo’ladi. Download 1.74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling