Buxoro davlat universiteti «O’zbekiston tabiiy geografiyasi» fani bo’yicha ma’ruza matni
Download 1.74 Mb.
|
O’zbekiston tabiiy geografiyasi
Tuproq resurslari. O’zbekistonning yer fondidan qishloq xo’jaligida keng foydalaniladi. Respublika hududi 2001 yil 1 yanvar ma’lumotiga ko’ra 44896,9 ming gektar yer bo’lib, shundan qishloq xo’jaligi uchun yaroqli yerlar maydoni 25736 ming gektar ga teng, bu respublika yer fondining 57,9% ini tashkil etadi. O’zbekiston butun yer fondining 9,6 % ini yoki 4277,6 ming gektarni sug`orib ekin ekiladigan yerlar tashkil etadi. Sug`oriladigan yerlarning 57 % i tekislik cho’l zonasiga, qolgan 43 % i tog` oldi, tog` mintaqasiga to’g`ri keladi. Sug`orib ekin ekiladigan tuproqlarning 60 % dan ko’prog`ini avtomorf tuproqlar tashkil etadi. Mexanik tarkibiga ko’ra ularning asosiy qismi og`ir qumoqli va gilli, 10 % i yengil, 20% i esa o’rtacha mexanik tarkibli tuproqlardir. Hozirgi kunda sug`oriladigan erlarning 46 % i sho’rlangan, 8 % i suv va 15 % i shimol eroziyasiga uchragan.
O’zbekistonda 2001 yil 1 yanvari ma’lumotiga ko’ra lalmi yerlar maydoni 750,1 ming gektar. Ular yillik yog`in miqdori 200 mm dan ortiq bo’lgan hududlarda joylashgan. Lalmi yerlarning 12,1 %i tabiiy nam bilan ta’minlanmagan, 74,5 % i nam bilan to’liq ta’minlanmagan va 13,4 % nam bilan ta’minlangan. O’zbekistonda tabiiy yaylovlar 2001 yil 1 yanvar ma’lumotlariga ko’ra 22131,1 ming gektarni tashkil etadi, shundan 87 % i suv bilan ta’minlangan. Yaylovlarda mollarni tartib-qoidalarga rioya qilmay boqish, ular sonining normadan ko’pligi, quduqlar atrofida ko’plab to’planishi, yaylovdagi butalarni va o’tlarni yoqish, xashak va o’tin uchun ko’plab qirib olinishi, cho’lni sanoatchilar tomonidan o’zlashtirishning jadallashuvi, geologlarning me’yoriga amal qilmay olib borayotgan ishlarining kengayishi, cho’lda ko’plab og`ir texnikadan foydalanish cho’l o’simliklarining kambag`allashishga, ayrim yerlarda esa o’simlik qoplami va tuproq qatlamining buzilishiga sabab, bo’lmoqda. Natijada O’zbekistonda keyingi 20 yil ichida yaylovlar mahsuldorligi 21 % ga kamaygan, buzilgan yaylov maydoni 2001 yil 1 yanvarga kelib 7356 ming gektarni tashkil etdi. O’zbekistonda yer fondining 18,2 % i (8073,2 ming ga) o’rmon fondiga, 17 % i (7596,1 ming ga) zahiradagi yerlarga to’g`ri keladi. Download 1.74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling