Buxoro davlat universiteti «O’zbekiston tabiiy geografiyasi» fani bo’yicha ma’ruza matni
SUV RESURSLARIDAN O`ZLASHTIRISH MANBAI TARIQASIDA FOYDALANISH
Download 1.74 Mb.
|
O’zbekiston tabiiy geografiyasi
SUV RESURSLARIDAN O`ZLASHTIRISH MANBAI TARIQASIDA FOYDALANISH.Suv resurslaridan o`zlashtirish manbai tariqasida oqilona foydalanish masalalari nafaqat paxtachilik zonasida, balki paxtachilik lalmikor va lalmikor zonalarda ham muhim ahamiyatga loyiqdir. Ma'lumingizki,O`zbekiston Orol dengizi havzasida to`liq joylashgan bo`lib, uning suv resurslari Turkistonning ikkita eng yirik daryolari-Sirdaryo va Amudaryo suv oqimlari bilan bog`liqdir. Chu, Talas, Tajan va Murg`ob daryolarining suv oqimlari Orol dengiziga yetmasdan batamom o`zlashtirishga va tekislikka chiqqandan so`ng filtratsiyaga sarflanadi. Orol havzasi doirasida 17 ta irrigatsiya hududiy rayonlar ajratilgan. shulardan, 6 tasi Sirdaryo, 11 tasi Amudaryo havzasiga tegishli. Sheglova O. P., Shalatova L. I., Rasulov A. R va boshqalarning ma'lumotiga ko`ra Amudaryoning o`rtacha ko`p yillik oqimi 79 km3 Sirdaryo oqimi esa 38 km3 tashkil etadi. Amudaryo o`rta oqimida Buxoro va Qashqadaryo vohalaridagi yangi yerlarini o`zlashtirish maqsadida Amu-Buxoro va Amu-Qorako`l suv yigilish kanallari qazilgan. Sirdaryoning O`zbekiston doirasidagi eng yirik irmoqlari qatoriga Norin (432 m3/s) va Qoradaryo (121 m3/sekund) Chirchiq (221 m3/sekund), Ohangaron 15,4 m3/sekund). Oqimning shakllanishi va tarqalish joylaridagi yer osti suvlarining miqdori Ustyurt va Qizilqumdagi yer osti suvlarining miqdoridan ko`p marotaba ortiq. O`zbekistondagi mavjud suv resurslarining asosiy turi bo`lmish yer osti va yer usti suvlar dehqonchilik va yaylov chorvachiligini rivojlantirish uchun bemalol yetadi. XULOSA: Landshaft resurslarni iqlimini, yer usti va yer osti suvlarini uyg`unlikda tahlil qilish tabiiy - geografik tadqiqotlarda asosiy usul hisoblanadi, va muhimi u orqali Turkistonning tabiiy muhitini qishloq xo`jaligi maqsadlarida Geoekologik tahlil qilish imkonini beradi. MA’RUZA №9 O’zbekiston tabiiy sharoitini qishloq xo’jaligi nuqtai nazaridan baholash Obikor va bahorikor dehqonchilik, mevachilik hamda chorvachilik O’zbekistonda qishloq xo’jaligining asosiy yo’nalishlaridir. Har bir yo’nalish o’zinig rivojlanishi uchun ma’lum geoekologik muhitni talab qiladi. Joyning tabiiy omillari litologik, geomorfologik tuzilishi, iqlimi, yer usti va yer osti suvlari, landshaftlari xalq xo’jaligining ana shu yo’nalishlarining rivojlanishi uchun geoekologik muhitni hosil qiladi. Shu boisdan O’zbekiston hududini qishloq xo’jaligi nuqtai nazaridan baholaganda tabiiy sharoitning qulay-noqulayligi darajasini belgilaydigan, er yuzidagi tog` jinslari, relef, iqlim, suv va landshaft resurslarini uyg`unlikda tahlil qilish baholashning etakchi uslublaridan hisoblanadi. Download 1.74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling