Buxoro davlat universiteti «O’zbekiston tabiiy geografiyasi» fani bo’yicha ma’ruza matni
Download 1.52 Mb.
|
O`zbekiston tabiiy geografiyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Hayvonot olami
- Qizilqum okrugi.
- Quyi Zarafshon okrugi.
- O’rta Zarafshon okrugi.
Qo’shimcha: Quyi Amudaryo tabiiy geografik okrugi (Amudaryo deltasining bir qismini) g`arbdan Ustyurt, shimolda Orol, janubdan Ungus orti platosi va sharqdan Qizilqum bilan chegaradosh. Delta qadimgi "quruq" va "hozirgi" dan iborat. Okrug yer yuzasini qoplagan eng qadimgi jins bo`r davri jinslaridan iborat. Ustki qismida paleogen davri yotqiziqlari Tuyamo’yin, Belitov qirlari va Kashkantov hamda shimoliy Qizilqumda delta yaqinida qirlar bor. Paleogen jinslarining qalinligi 5-6 m yashil gil, ayrim hollarda 1,5m qalinlikdagi sariq gilli qumdan iborat. Neogen davr yotqiziqlari eng kam tarqalgan. Ular asosan 2 ta gorizontdan: Sarmat va "Xiva " qatlamlaridan iborat. To`rtlamchi davr yotqiziqlari, Amudaryo va boshqa daryolarning allyuvial yotqiziqlari, Sariqamishning qadimgi yotqiziqlari elyuvial, delyuvial, prolyuvial va eol yotqiziqlaridan iborat. Bu yotqiziqlar orasida allyuvial va eol yotqiziqlari keng tarqalgan. Ularning yoshi 0-16-25 ming yil bo`lib, alyuvial jinslarning qalinligi 12-60 m ba'zan 80 m ga yetadi. Eol yotqiziqlari allyuvial hamda tub jinslardan hosil bo`lgan. Bu yerda qum teppalari va qator - qator qumlar uchraydi. Iqlimi: shimoldan Arktika va Sibir havolari bemalol kirib kela oladi. Shu sababli havosining o`rtacha harorati 10-12 gr., Chorjo`yda esa 15,6 gr gacha okrugda iyul harorati 26-27 gr., eng issiq harorat +44-46gr., radiatsiya 136-140 kkal. /sm2 Okrugda yanvar harorati -4- 6 gr. eng past harorat -30-33gr. Yozda quyoshning ufqdan balandligi 70 - 72 C. Sovuqsiz davr Orol bo`yida 172 kun, janubda 198 kungacha cho`ziladi. Okrug O`zbekistonning eng qurg`oqchil rayonlaridan biri, yillik yog`in miqdori 74-96 mm uni 51-62 mm yilning issiq davrida apreldan oktabrgacha, 38-40 mm ga yaqini sovuq davrida noyabrdan martgacha bo`ladi. Suvlari: Amudaryo suvlari bahor yozda ko`payadi va qishda muzlarini tiqilib qolishidan qishda suv sathi 4-5 m ko`tarilar edi. Sayoz sohillarini suv bosar edi. Hozirda esa Amudaryoning barcha tarmoqlari suvsizdir. Amudaryoning yerlarini sug`orishda ahamiyati juda katta. Xorazm vohasini sug`orish uchun 100dan ortiq kanal va ariqlar qazilgan. Bular Polvon, Gazovod, Shovot, Qilichniyozbosh va Toshsoqqa kabi ariqlar. Qoraqalpog`istonning Amudaryoning o`ng qirg`og`idan boshlanuvchi Qilichniyozbosh, Sovetyop, Kizkentgan, Kegayli va Kuvanishjarma kabi kanallar suv oladi. Tashlama suvlar va yer osti suvlari yuzasiga yaqin joylashgan joylarda mayda ko`llar hosil bo`lgan. Xorazm viloyatini janubi g`arbida shunday ko`llardan Quyi va Ulug`sho`r Pitnak tirsagida Tuyamo’yin suv omborining suv sig`imi 7 mlrd. m3. Bu Quyi Amudaryo va Turkmanistonga 5 mlrd. m3 suv berishi mumkin. Keyingi yillarda Amudaryo suvi Orolga juda oz miqdorda tushishi bu yerda ekologik vaziyatni yomonlashtirmoqda. Orol dengizi ostidan yiliga 70 mln t. tuz, chang - to`zon bo`lib ko`tariladi va u 500 km atrofgacha tarqalmoqda. Hozir "Orol va Orol bo`yini asrash" maxsus qo`mitasi tuzilgan. Orolni asrash O`rta Osiyo va Qozog`iston xalqlarining muqaddas burchidir.
Amudaryo o`zani yaqinidagi to`qaylar odatda ikki yarusdan iborat: Yuqori yarus Turangil, terak va yovvoyi jiyda, quyi yarus esa tol, yulg`un va boshqa butalardan iborat. Delta qum massivlari ayniqsa shimoliy qismida katta maydonlarni egallaydi. Ular allyuviy jinslarni shamol tuzishdan hosil bo`lgan. Bu yerlar uchun qumli yerlarda o`sadigan o`simliklar xarakterlidir. Beltov va Kashkantovda oqshuvoq va sho`ralar o`sadi.
To`qay tabiatini saqlash maqsadida 1971 yilda Badayto`qay Qo`riqxonasi tashkil etildi, Amudaryoning o`ng sohilida dengiz sathidan 90 - 93 m balandlikda maydoni 6,5 ming gektar 1976 yilda 16 bosh xongul keltirilgan edi, hozir 25-30 oilaga ko`paydi. Quyi Amudaryo okrugi tabiiy sharoitiga, ayniqsa tuproq- o`simlik qoplamining xususiyatiga ko`ra Chimboy - Qo`ng`irot, Beltov va Xorazm kabi tabiiy geografik rayonlarga bo`linadi. Bu tabiiy rayonlar 16 ta landshaftlarga ajratiladi. MA’RUZA № 5 (14-ma’ruza) Qizilqum okrugi. Okrug Amudaryo bilan Sirdaryo oralig`idagi Qizilqum cho’lining markaziy va g`arbiy qismlarini egallagan bo’lib, shimoli-g`arbda Quyi Amudaryo, janub va janubi-g`arbda Quyi Zarafshon, janubi-sharqda Mirzacho’l okruglari bilan chegaralanadi. Qizilqum okrugining janubi-g`arbi Turkmaniston, shimoli va shimoli-sharqi Qozog`iston bilan bo’lgan davlat chegaralariga to’g`ri keladi. Cho’lning Qizilqum deb atalishiga sabab uning ko’p qismini egallab yotgan qumlar rangining qizilligidir. Qizilqumda qadimda juda baland bo’lgan, hozir esa uzoq davr mobaynida nurash, denudastiya tufayli pasayib qolgan tog`lar bor. Mezozoyda va uchlamchi davrning boshlarida bu er iqlimi subtropik bo’lgan va tog`larning yonbag`irlarida qizil rangli tuproqlar tarqalgan. Mana shu qizil tuproqlarning nurashidan hosil bo’lgan qizil rangli tog` jinslar qumlarga qizil rang bergan. Biroq cho’l qizilqum deb atalgani bilan uning hamma qismida ham qizil rangli qumlar uchray bermaydi. Masalan, Qizilqumning janubiy qismidagi qumlar rangi to’q kul rang. Bu qumlar Zarafshon daryosi olib kelgan yotqiziqlardan hosil bo’lgan. Qizilqum janubi-sharqdan shimoli-g`arbga tomon pasayib boradi. Uning o’rtacha mutlaq balandligi 200-300 m, janubi-sharqida 350-400 m, shimoli-g`arbida esa 90-100 m dir. Relefning asosiy shakllari eol qumliklari, past tog`lar atrofidagi prolyuvial shleyflar, platolar, oqimsiz botiqlar va qadimgi daryo o’zanlaridir. Okrugning katta qismini qum relyef shakllari egallab yotadi. Ular Qizilqumning shimoli-g`arbida eng ko’p uchraydi. Eng katta qum massivlari Tabaqum, Toshquduq, Uchqum, Sandiqli qumlardir. Qizilqumda eng ko’p tarqalgan eol shakllaridan biri pushtasimon qum tepalari (qum marzalari, gryadalari) bo’lib, ular ko’proq meridian yo’nalishiga ega.Bular o’simliklar bilan mustahkamlangan. Qum tepalarining nisbiy balandligi 4-15 m, ayrim erlarda 50-70 m gacha etadi. Pushtasimon bu qum tepalar oralig`i pastlik yerlar bo’lib, ular ko’pincha giyohsiz taqirlar bilan band. Qum relefi shakllaridan yana do’ng qumlar, barxanlar ham uchraydi. Do’ng qumlar Qizilqumning markaziy qismida ko’proq tarqalgan bo’lib, aksariyati o’simliklar bilan mustahkamlangan. Qizilqumda mustahkamlanmagan qum tepalari shamol ketgan tomonga siljib turadi. Bular barxanlar, ular Qizilqumning g`arbiy qismi – Amudaryoning o’ng qirg`og`i bo’ylab keng tarqalgan. Barxanlarning balandligi 10 metrdan oshmaydan. Ular ko’pincha aholi yashaydigan joylar yaqinida, quduqlar atrofida uchraydi, chunki bu yerlarda qum harakatini to’xtatib qoladigan o’simliklar chorva tuyog`i ostida toptalib turadi, aholi o’tin tayyorlab, qumlarning to’zima qumga aylanishiga sabab bo’ladi. Inson xo’jalik ta’siri kam joylarda qumlar tabiiy mustahkamlanib boradi. Qizilqumda barxanlar ko’pincha bir-biri bilan qo’shilib, barxan zanjirlarini hosil qiladi. Okrugning tekislik qismi neogen va antropogen davrining dengiz va daryo yotqiziqlari bilan qoplangan. Bu yotqiziqlar ustini qalinligi 10-12 m keladigan qumlar qoplagan. Okurgning eng qadimda quruqlikka aylangan qismi paleozoy qoldiq tog`laridir. Bu tog`lar paleozoyda juda baland bo’lib, Ural tog`larini bilan Tyanshan tog`lari bilan bog`lab turgan. Paleozoy slanest, qumtoshlaridan tashkil topgan bu qoldiq tog`lar etaklarida bo’r va paleogen davrlarida paydo bo’lgan platolar joylashgan. Ular qumtosh, konglomerat, mergel, gil va qum kabi jinslardan tashkil topgan. Qoldiq tog`larda nurash kuchli bo’lishiga qaramasdan ular saqlanib kelmoqda. Bu tog`lar atrofidagi tekisliklardan atigi bir necha yuz metr baland. Okrugning shimoli-g`arbida joylashgan Sultonuvays tog`ining mutlaq balandligi 448 m ni, Qizilqum markazidagi Quljuqtog`niki - 784 m ni, Ovminzatog`niki 695 m ni, Tomditog`niki 974 m ni, Yetimtog`niki 511 m, Bo’kantog`niki 764 m ni tashkil etadi. Tog`lar atrofida nurash mahsulotlari to’planib, kengligi bir necha kilometrga boradigan qalin shelflar paydo bo’lgan. Ularning mutlaq balandligi 300-400 m atrofida bo’lib, tog`lardan uzoqlashgan sari pasayib 200-100 m ga tushib qoladi. Tog` yonbag`irlarida chuchuk suvli buloqlar bor. Qoldiq tog`larda oltin, feruza, volfram, yashma va boshqalar, tekislik qismida esa gaz, neft, uran, fosforit, oltingugurt konlari mavjud. Qizilqum markazidagi qoldiq tog`lar orasida tektonik va eol jarayonlar ta’sirida hosil bo’lgan berk botiqlar ham uchraydi. Ularning tubini qum bosgan, qum usti taqirlar yoki sho’rxoklardan iborat. Botiqlarning eng kattalari Oyoqog`itma (134 m), Qoraota (74 m), Mingbuloq (-12 m) va Mullali botiqlaridir. Qiziqumda qadimdan qolgan quruq o’zanlar ham ko’p uchraydi. Ulardan eng kattasi Janadaryo bo’lib, uning faqat quyi qismigina O’zbekiston hududida joylashgan. Janadaryo taxminan Qizilo’rda shahri yaqinidan boshlanib, janubi-g`arb tomon oqqan va bu o’zan orqali Sirdaryo suvlari qadimda Orol dengiziga borib quyilgan. B,A.Federovichning yozishicha, Janadaryoning suvi bundan taxminan 185 yil oldin qurigan. Shuning uchun ham uning o’zani bo’ylab aholi yashagan joylarning qoldiqlari saqlanib qolgan. Sultonuvays tog`ining sharqiy qismidan to Orol dengizining sobiq janubi-g`arbiy qirg`og`igacha Amudaryoning qadimgi o’zani Aqchadaryo o’zani cho’zilib ketgan. U To’rtko’l shahrining janubrog`idan boshlanib, shimolda Beltog`ning sharqiy qismida tugaydi. Aqchadaryo kengligi 25 km keladigan delta hosil qilgan. Bu Aqchadaryoning suvi Orol dengizining janubi-sharqiy qirg`oqlarigacha etib borganini isbotlaydi. Aqchadaryo o’zanining uzunligi 170 km dan ortiq, kengligi esa uning janubiy qismida 1 km gacha, shimoliy qismida esa 20 km gacha etadi, chuqurligi 15-25 m bo’lgan. O’zanda hozirgi kunda taqirlar, qum uyumlari uchraydi. Aqchadaryo tarmoqlanib oqqan. Tarmoqlarining kengligi 100 m gacha, chuqurligi 3-6 m ga, ba’zi joylarida 10 m gacha etgan. Qizilqumning janubiy qismida ham bir necha qadimgi o’zanlar mavjud. Ulardan biri Daryosoy o’zani. Bu o’zan Qo’ljiqtog`ning janubiy qismida joylashgan va sharqdan g`arb tomon cho’zilgan, ya’ni Oyoqog`itma botig`idan boshlanib, Jengeldi va Qal’aota tepaligida tugaydi. Daryosoy B.A.Federovichning fikricha, Sirdaryoning qadimgi o’zani, Yu.A.Skvorstov esa uni suniy kanal bo’lgan, deydi. Zarafshon daryosi quyi oqimining shimoliy qismida qadimgi Mohandaryo o’zani joylashgan. U Zarafshon daryosidan boshlanib, shimoli-g`arb tomon oqqan. Qizilqum okrugi iqlimi juda ham quruq bo’lgani sababli doimiy oqar suv shakllanmaydi. Lekin okrug hududi yer osti suvlariga ancha boy. Bu suvlardan foydalanib, kichik vohalar bunyod qilingan, ularda turli xil ekinlar yetishtiriladi. Yer osti suvlaridan chorvachilikda, sanoatda, aholini ichimlik suv bilan ta’minlashda ham foydalanilmoqda. Qizilqumning ko’p qismida grunt suvlari turon svitasi qumliklarida uchraydi, ularning minerallashish darajasi yuqori, ichish uchun yaramaydi. Okrugda qalin barxan qumlari ostida, taxminan 100 m chuqurlikda chuchuk grunt suvlari mavjud bo’lib, ularning minerallashish darajasi 1 g/l dan kam. Chuchuk grunt suvlarining katta miqdori Markaziy Qizilqumdagi qoldiq tog`lar etaklaridagi prolyuvial yotqiziqlar orasida ham mavjud. Qizilqumda mezozoy va paleogen yotqiziqlari orasida bosimli chuchuk artezian suvlarining katta zaxirasi mavjud. Ularning minerallashish darajasi botiqlarda 1-3 g/l ni tashkil etadi. Qizilqumda yer osti suvlarining dinamik miqdori sekundiga 58-60 m3 ga teng. Shundan 11 m3/s Markaziy Qizilqumga, 4 m3/s Qizilqumning shimoli-sharqi va shimoliga, 43,6 m3/s Qizilqumning shimoli-g`arbiiy qismiga to’g`ri keladi. Qizilqum okrugi iqlimi atrofidagi vohalar iqlimidan biroz keskinligi bilan ajralib turadi. Qishda okrugda havo harorati ancha past bo’ladi. Yanvarning ko’p yillik o’rtacha harorati -4,1, -7,80 ni tashkil etadi, eng past harorat -31, -340 ga tushadi. Yoz esa issiq. Iyul oyining ko’p yillik o’rtacha havo harorati +30, +310 ga teng. Eng yuqori harorat 460 ga boradi. Yillik yog`in miqdori 70-108 mm atrofida. Okrug maydonining kattaligi va mutlaq balandliklardagi farq (934 m) iqlimda ichki tafovutlarni keltirib chiqaradi. Qizilqum okrugida juda katta maydonni egallagan qumliklarda cho’l qumli tuproqlar, qoldiq tog`lar shleyflarida sur-qo’ng`ir tuproqlar, botiqlarda taqirli tuproqlar, taqirlar, sho’rxoklar keng tarqalgan. Bu tuproqlar kam hosil, ularda chirindi miqdori 0,4-0,5 % dan oshmaydi. Qizilqum okrugi hududi, ko’chib yuruvchi qumlarni hisobga olmaganda, o’simliklar bilan muayyan darajada qoplangan. Okrug hududida uzoq davom etadigan jazirama quruq yoz sharoitiga moslashgan kserofit, psammofit va efemer o’simliklari o’sadi. Bahorda yer yuzasi efemer va efemeroidlardan – rang, qo’ng`irbosh, yaltirbosh, lolaqizg`aldoq, chuchmoma, kovrak kabi o’simliklar bilan qoplanib, cho’lga o’xshamay qoladi. Lekin kunlarning isishi bilan efemer va efemeroidlar sarg`ayib qurib qoladi, psammofit va kserofit o’simliklar esa o’z vegetastiyasini davom ettiradilar. Okrugning mustahkamlangan qumliklarida jizg`un, oq saksovul, quyonsuyak, qandim, selin, sur qo’ng`ir tuproqlar tarqalgan qoldiq tog`larda va ularning shleyflarida shuvoq, burgan, tereskan, toshburgan, saksovul, sho’rxok, sho’rtob va sho’rxok-botqoq tuproqlar tarqalgan botiqlarda qora saksovul, yulg`un, baliqko’z, sarsazan, qorabaraq, shoxiloq va boshqa bir yillik sho’ralar; taqir va taqirli tuproqlar mavjud bo’lgan yerlarda donasho’r, bir yillik sho’ralar o’sadi. Qizilqum okrugi havyvonlari O’rta Osiyo cho’llariga xos bo’lgan vakillardan iborat. Lekin okrugda taroq barmoqli qo’shoyoq, xo’jasavdogar kabi endemiklar ham mavjud. Qumli cho’llarda kemiruvchilardan ingichka oyoqli yumronqoziq, qum sichqoni, shalpangquloq, qo’shoyoqlar, toshbaqa, tipratikan, sudralib yuruvchilardan dumaloq bosh kaltakesak, agama, echkemar, o’qilon, qum bo’g`ma iloni, charx ilon, sutemizuvchilardan – cho’l mushugi, jayron, xongul, sayg`oq, bo’ri, tulki, quyon; hasharotlardan esa chayon, qoraqurt, tarantul, falanga, chigirtka va boshqalar uchraydi. Amudaryo bo’yidagi to’qaylarda g`oz, o’rdak,qirg`ovul, to’ng`izlar uchraydi. Amudaryo sohillarida joylashgan Qizilqum qo’riqxonasida to’qay landshafti va u yerdagi o’simlik hamda hayvonot dunyosi (xongul, qirg`ovul, to’ng`iz va boshqalar) muhofaza qilinadi (qo’riqxona 1971 yilda tashkil etilgan, maydoni 3500 ga). Qizilqum okrugi tabiiy boyliklarga boy. Foydali qazilmalari (oltin, uran, gaz, fosforit, grafit va boshqalar), iqlim resurslari, yaylovlari, yer osti suvlari, mo’yna beruvchi hayvonlari yurt boyligidir. Yer osti qazilma boyliklarining katta zahiralari asosida Qizilqumda yirik sanoat korxonalari, konlar faoliyat ko’rsatmoqda. Ular va avtotransport vositalari havoga zaharli moddalar chiqarmoqdalar. Natijada sanoat markazlarida atmosfera havosidagi zararli moddalar miqdori yo’l qo’yish mumkin bo’lgan ko’rsatkichdan balandligi kuzatilmoqda. Konlarda ish jarayonida portlatish tufayli ham atmosferaga katta miqdorda chang va turli zaharli moddalar chiq-arilmoqda. Oqibatda Qizilqumda tog`-kon sanoati tabiatni ifloslantiruvchi eng katta manbalardan biri bo’lib qolmoqda. Qizilqumdaqishloq xo’jaligi uchun yaroqli yerlar sifatining buzilishida shamol eroziyasi, sanoat va maishiy chiqindilar bilan ifloslanishi asosiy omil hisoblanadi. Okrugda ayniqsa tog`-kon sanoatida tabiat muhofazasining hozirgi ahvoli bu ishga ko’proq e’tibor qaratishni va kelgusida ko’ngilsiz oqibatlarga olib kelishining oldini olishni taqozo qiladi. Qizilqumda yaylovlarning ahvoli ham tashvishlidir. Bunga sabab yaylovlardan noto’g`ri foydalanish, qo’y boqish me’yoriga amal qilmaslik, saksovul va turli butalarni ko’plab kesilib ketayotganligi, konchilar, geologlarning pala-partish ishlari sabab bo’lmoqda. Qizilqum okrugida ikkita tabiiy geografik rayon guruhiga, ya’ni Shimoliy va Janubiy tabiiy geografik rayonlar guruhiga bo’linadi. L.N.Babushkin va N.A.Kogay Shimoliy rayonlar guruhida Sultonuvays, Shimoliy Qizilqum va Bo’kan-Etimtog` tabiiy geografik rayonlarini, Janubiy rayonlar guruhida esa Janubiy Qizilqum va Tomdi-Quljuqtog` tabiiy rayonlarni ajratadilar.
Rayon Qizilqumning shimolini egallagani uchun qishki havo harorati okrugda eng past hisoblanadi. Asosiy tuprog`i qumli tuproq, unda oq saksovul va boshqa o’simliklar ko’proq bo’lib, alohida o’ziga xos Qizilqum landshaft tipini hosil qilgan. Eol qumliklarida o’simliklarning 100 dan ortiq turi uchraydi. Sur-qo’ng`ir tuproqlar tarqalgan yerlarda efemer o’simliklar, Oqchadaryoning qadimgi delta tekisliklaridagi taqirli tuproqlarda, sho’rxoklarda qora saksovul asosiy o’simlik hisoblanadi. Oqchadaryo deltasi meridian bo’ylab 75-80 km ga cho’zilgan va uning mutlaq balandligi janubida 90 m,shimolida 73 m atrofida.
Rayonning past tog`lari paleozoy erasining har xil va otqindi jinslaridan tashkil topgan. Tog`larning yonbag`irlari o’simliklarsiz, quruq soylar bilan parchalangan. Tog`larning etagida shag`al va gipsdan tashkil topgan prolyuvial tekisliklar joylashgan, ularning mutlaq balandligi tog`lar yaqinida 350-400 m ga, quyi qismida esa 200 m ga, ayrim yerlarda 100 m ga teng. Rayon hududidagi past tog`larning janubiy tog` oldi tekisliklari bilan qum massivlari chegarasida tubi sho’rxoklarga aylangan botiqlar uchraydi. Ulardan eng kattasi Mingbuloq botig`i bo’lib, uning eng past nuqtasi -12 m bo’lib, u O’zbekistondagi eng past yer hisoblanadi. Rayon iqlimiy xususyaitlari jihatidan Shimoliy Qizilqum bilan Janubiy Qizilqum o’rtasida o’tkinchi mintaqa hisoblanadi. Rayonda quyidagi landshaftlar ajratilgan: 1) paleozoy negizli, sur-qo’ng`ir tuproqlarda shuvoq o’suvchi past tog`lar landshafti. Rayonning 30 % ini egallaydi.; 2) sur-qo’ng`ir tuproqlarda shuvoq o’suvchi tog` oldi prolyuvial tekisliklar landshafti. Rayonning 60 % ini egallaydi; 3) past tog`lardagi oq saksovul o’suvchi eol qumliklar landshafti. Rayonning 1 % ini egallaydi; 4) mezokaynozoy negizli sarsazanli sho’rxoklardan iborat berk botiqlar landshafti. Bu Mingbuloq botig`i uchun xos bo’lib, rayon hududining 8% ini tashkil etadi.
1) Oq saksovul o’suvchi Qizilqum tipidagi eol qumlar landshafti. Bu landshaft Yomonqum va Buzovboy qumliklarini o’z ichiga olib, rayon hududining 95 % ini egallaydi; 2) Mezo-kaynozoy negizli, sur-qo’ng`ir tuproqlarda shuvoq o’suvchi past tog`lar landshafti; 3) Efemer o’simliklari tarqalgan sur-qo’ng`ir tuproqli pliosten-qadimgi to’rtlamchi davr platolari landshafti; 4) Qayir-allyuvial o’tloq-botqoq tuproqli qamishzorlar va to’qaylar bilan qoplangan hozirgi zamon deltasi va undagi qayirlar landshafti; 5) Delta tekisliklari va undagi qayirlarning sug`oriladigan o’tloqi tuproqli madaniy landshafti. Tomdi-quljuqtog` tabiiy geografik rayoni okrugning janubi-sharqini egallab, Tomditog`, Ovminzatog`, Quljuqtog` Qozoqtog` va ular orasidagi prolyuvial tekisliklarni hamda botqoqlarni o’z ichiga oladi. Bu tog`liklar ichida eng balandi Tomditog` bo’lib, uning Oqtog` deb atalgan shimoliy qismida Qizilqumning eng baland nuqtasi (974 m) joylashgan. Tomditog`ning janubi-g`arbida joylashgan kenglik bo’ylab cho’zilgan Ovminzatog`ning eng baland nuqtasi 694 m ni, undan sharqda joylashgan Aristontog`niki 698 m ni, rayonning janubida kenglik bo’ylab 70 km ga cho’zilgan Quljuqtog`niki 785m ni tashkil etadi. Rayonning iqlim ko’rsatkichlari Janubiy Qizilqum tabiiy geografik rayonidagiga o’xshash bo’lib, qishi unga nisbatan biroz iliqroq. Rayon hududi quyidagi landshaftlar ajratiladi: 1) paleozoy fundamentli, shuvoq o’suvchi sur-qo’ng`ir tuproqli past tog`lar landshafti; 2) shuvoqli, sur-qo’ng`ir tuproqli tog` oldi prolyuvial tekisliklar landshafti. Rayon hududining 70 % ini egallaydi; 3) mezo-kaynozoy negizli, sarsazanli sho’rxoklardan iborat berk botiqlar landshafti (qoraota botig`i uchun xos). Uzoq kelajakda Qizilqumdagi qoldiq tog`lar etaklaridagi prolyuvial tekisliklarni sug`orib ekin ekishga o’zlashtirish mumkin. Bu erlarda tarqalgan sur-qo’ng`ir, taqirsimon, qumloq tuproqlar yuza qismi muayyan chuqurlikka qadar sho’rsiz (osti esa kuchli sho’rlangan). Bu yerlarda grunt suvlari mineralizastiyasi 1-3 g/l dan 3-10 g/l gacha boradi, bu suvlar 2-5 m dan to 10-20 m gacha chuqurlikda joylashgan.
Okrug hududida Qizilqumning g`arbiy katta qismi kiradi. Qizilqum cho`lini shimol va shimoli - sharqidan Qozog’iston chegarasi bilan ajraladi. Bu chegara sharqda Mirzacho`l, janubi- sharqda Zarafshon okrugi bilan, janubi- g`arbiy chegarasi Turkmaniston bilan, g`arbiy chegarasi Amudaryo orqali o`tadi. Janubda quyi Zarafshon tabiiy okrugi bilan chegaralanadi. Ma'muriy jihatdan Qizilo`rda, Chimkent, Buxoro, Navoiy, Samarqand, Jizzax, Xorazm, Qoraqalpolg`iston yerlarining ma'lum qismlari shu okrug tarkibiga kiradi. Okrugning eng qadimgi qismi markaziy rayoni bo`lib, bu yerlarda qadimgi paleozoy past tog`lari - Tomditog` (922m), Bo`kantog` (764 m), Quljuqtog` (785 m), Yetimtog` (568 m), Ovminzatog` (635 m) va Sulton Uvays tog`i (473m) joylashgan. Bu tog`lar asosan kenglik bo`ylab yo`nalgan bo`lib, paleozoyning kristalli slanes va ohaktoshlaridan tashkil topgan. Ba'zan granit va boshqa otqindi jinslar ham uchraydi. Bu jinslar yemirilib, tog` oldi yotqiziqlari hosil bo`lgan. Qizilqum territoriyasini bir necha marotaba dengiz bosgan. Ulardan eng katta trangresiya poleogenda bo`lib o`tgan, unda qariyb butun O`rta Osiyoni suv bosgan. Keyinchalik neogen va antropogen davrlarida suvlar butunlay chekingan. Qizilqum yosh platformadan iborat Turon plitasida joylashgan. Turon plitasining zamini paleozoy erasining qattiq yotqiziqlaridan, ustki qismi esa mezazoy va kaynazoy eralarining yumshoq cho`kindi jinslaridan tarkib topgan. Bu jinslarning qalinligi 1-2 km gacha. Bu okrugda tagi qum, taqir yoki sho`rxok bilan qoplangan bir necha berk botiqlar bor. Eni 500-600 m dan 3-5 km keladigan kichik botiqlar bilan birga eng yiriklari Qoraxotin, Mingbuloq, Mullali va Oyoqog`itma botiqlari bo`lib, har birining bo`yi 40-50 km keladi. Ular qoldiq tog`lar atroflaridadir. Uzunligi 150 km dan ortadigan Mingbuloq botig`i shimoldan Bo`kantog`, sharqdan Tomditog`, janubidan Ominzatog` oralig`ida bo`lib, g`arbi ochiqdir. Ominzatog`da sharqda Qoraxotin botig`i joylashgan. Qizilqumning asosiy maydonini qoplagan qumlar paleogen, neogen va to`rtlamchi davr jinslarining nurashi , hamda shamol uchurib yurishi natijasida hosil bo`lgan . Qumlarni paydo bo`lishida, qadimgi daryolar keltirgan allyuvial jinslarning roli kattadir. Shamol qumlarni to`zitib yer yuzasining qumli shakllari barxan do`ng qumlar, qum jo`yaklari va kichik- kichik chuqurchalarni hosil qilgan. Qizilqum yer bag`rida neft, gaz qurilish materiallari mis, asbest qorunt, grafit, feruza, granit, ohaktosh, ohak, gil konlar bor. Gaz -Gazlida, Toshquduqda- Xo`jaqozgan, Yangiqozgan, Doyaxotin konlari bor. Muruntovda oltin koni bor. Iqlimi - okrug shimoliy va janubiy qismlari iqlimi jihatidan bir- birovidan farqlanadi. Shimoliy qismini qishi sovuq (boreal tipidagi cho`l – lotincha so`z shimoliy degan ma'noda), janubiy qismini qishi esa iliq bo`ladi. -3 gr. li yanvar izotermasi janubiy qism bilan shimoliy qism orasidagi chegaradir. Bu izoterma 41 gr. li shimoliy kenglik bo`ylab o`tgan. Qish shimolda 3-5 oy janubida esa 3 oy davom etadi. Yoz shimolida 4 oy, janubi - g`arbida 4,5-5 oy davom etadi. Hududning katta qismida 110 mm yog`in tushsa shimoliy qismida esa 75 mm yog`in tushadi. Nurota tog` oldi rayonlarida 200 mm. Yog`inlar asosan kuz va qishda, bahorda esa kamroq tushadi. Qishda 20-30 kungacha qor shimolda saqlanadi. Qizilqumda yil buyi shimoliy va shimoliy- sharqiy shamollar esadi. Shamol tezligi 4-8 m/sek, bo`ladi. Okrugda doimoy oqar suvlar yo`q. Ko`llar asosan Zarafshon va Amudaryo etaklaridadir. Lekin ularning hammasi sho`r ko`llar, shimoldagisi Ko`kchadengiz, janubda Dengizko`ldir. Yer osti suvlari yer yuzasidan 20-40 m chuqurlikdan ko`p joydan sho`r suvlar chiqar edi. Keyingi yillarda juda ko`p artezian quduqlari topilgan. Qadimgi daryo o`zanlari ostida yer yuzasiga yaqin bo`lgan joylarda chuchuk suvlar chiqmoqda. Tog`lar atrofidagi buloqlardan foydalaniladi. Tuproqlari katta maydonga tarqalgan, qumli yerlarda cho`lqumoq tuproqlari tarqalgan. Past tog`lar va platolarda sur qo`ng`ir tuproqlar , pastqam yerlarda sho`rxok tuproq uchraydi. Uchquduq, Zarafshon, Muruntov, Tomdibuloq, Mingbuloq, Gazli, Jing`ildi kabi shahar va qishloqlarda, obikor dehqonchilikdan foydalaniladi. Bunday madaniy tuproqlar voha tuproqlari deyiladi. O`simligi qumda efemer va efemeroid o`simliklar keng tarqalgan. I. I. Granitov ma'lumotlariga qaraganda , Qizilqumda (Oyoqog`itmadan janubi) 45 oila, 277 turqum ga qiruvchi 533 o`simlik turi bor. O`simliklardan rang qo`ng`irbosh, yaltirbosh, qummassivlaridagi juzg`un, oq saksovul, obikor, quyonsuyak, selen, astragal o`sadi. Markaziy Qizilqumdagi qadimgi tog`lar va tog` etaklarida bo`z shuvoq, burgan, tereskent, saksovul va tosh burgan o`sadi. Zoogeografik jihatdan Turon provinsiyasining Qizilqum zoogeografik rayoniga kiradi. Endemik turi taroq barmoqli qo`shoyoq, qushlardan xo`jasavdogar va boshqalar. Okrugda 67 tur qush, 35 tur sut emizuvchi, 32 tur sudralib yuruvchi o`rganilgan. Qizilqum qo`riqxonasi shu okrug teretoriyasida. Qizilqum okrugi o`z navbatida L. N. Babushkin, N. A. Kogay (1964) ning rayonlashtirish tizimi bo`yicha Sultonuvays, Shimoliy Qizilqum, Bo`kantog`-Yetimtog`, Janubiy Qizilqum, Tomdi-Quljuqtog` kabi tabiiy geografik rayonlarga bo`linadi. Yuqoridagi tabiiy geografik rayonlar har birtasi 4 tadan landshaftlarga ajratilgan. MA’RUZA № 6 (15-ma’ruza) Quyi Zarafshon okrugi. Okrug Zarafshon daryo vodiysining quyi qismini, Buxoro va Qorako’l vohalarini, Zarafshonning g`arbdan va janubi-g`arbdan tutashib turgan qadimgi allyuvial-delta tekisliklarini, Dengizko’l platosini,o’z ichiga oladi. Okrug sharqda O’rta Zarafshon okrugidan kengligi 2-4 km keladigan Hazor yo’lagi orqali ajralib turadi. Quyi Zarafshon okrugi paleozoy burmali negizning bukilgan qismida joylashib, uning ustini mezozoy va kaynjzoy cho’kindi jinslari qoplab olgan. Kaynozoy keng tarqalgan, ular ichida eng ko’p uchraydigan jinslar to’rtlamchi davrning allyuvial-delta yotqiziqlari bo’lib, ular Zarafshon daryosi olib kelgan shag`al, qum, qumoq va loyqalardan iborat. Okrug hududi asosan tekisliklardan – Buxoro va Qorako’l deltalaridan iborat. Zarafshon daryosi O’rta Zarafshon botig`idan chiqib Navoiy shahridan g`arbda va janubi-g`arbda Buxoro deltasiga kirib boradi. Bu deltani shimoldan va g`arbdan Qizilqum, sharqidan Qiziltepa, Azkamar, Quyumozor, Qaynog`och balandliklari, Qo’shtepa va Qumsulton tepaliklari, janubi-sharqdan esa Qorako’l platosi o’rab turadi. Buxoro deltasi janubi-g`arbga tomon biroz nishab bo’lib, sug`orish shahobchalari uni ayrim qismlarga bo’lib yuborgan. Unda Zarafshon daryosining 4 ta qayiri joylashgan. Deltaning uzunligi 102 km, o’rtacha kengligi 50-55 km, eng keng yeri 70 km ga boradi. Mutlaq balandligi g`arbida 200 m ni, sharqida esa 250 m ni tashkil etadi. Zarafshon daryosi Chandir qishlog`idan janubi-g`arbda nisbiy balandligi 15 m gacha bo’lgan Qorako’l platosini kesib o’tib, tor (kengligi 0,5-1,0 km) Qorako’l yo’lagini hosil qiladi. Bu yo’lak Buxoro deltasini Qorako’l deltasi bilan tutashtirib turadi. Buxoro deltasining janubi-g`arbida Agar qishlog`i yonida Zarafshonning qadimgi quruq o’zani – Moxondaryo ajralib chiqib, Sho’rko’lgacha taxminan 80 km ga cho’zilgan. O’zanda bir qancha botiqlar mavjud bo’lib, ular zovur suvlari bilan to’lib, ko’llar hosil qilgan. oxondaryodan Gujayli o’zani ajralib chiqqan. Hozirgi kunda eski o’zanlardan zovur o’rnida foydalanilmoqda. Buxoro daltasining sharqidagi To’dako’l va Quyimozor botiqlari o’rnida suv omborlari bunyod etilgan. Qorako’l deltasi nisbatan tekis bo’lib, yer yuzasi janubi-g`arbga –Amudaryo vodiysiga biroz nishab. Mutlaq balandligi 200 m, Amudaryo vodiysiga tutashgan erida 178 m ni tashkil etadi. Deltaning uzunligi 48-50 km, o’rtacha kengligi 26-27 km. Deltada uncha katta bo’lmagan, hozir sho’rxoklarga aylangan botiqlar va kichik sho’r ko’llar ko’p. Qorako’l deltasini nisbiy balandligi 5 m ga etadigan haraktadagi barxanlar, marza qumlar o’rab olgan. Deltada Zarafshon daryosining 2 ta qadimiy qayiri joylashgan, ularning ko’p qismi tekislanib, ekin dalalariga aylantirilgan. Quyi Zarafshon okrugi o’ta arid iqlimiy sharoitga ega. Qishi juda qisqa va beqaror, yoz esa seroftob, jaziramabo’ladi. Yanvar oyining ko’p yillik o’rtacha havo harorati -20 dan +10 gacha, mutlaq minimumi -260 ni tashkil etadi, qish 1-2 oy davom etadi. Iyul oyining o’rtacha havo harorati 29,5-360 atrofida, eng yuqori havo harorati 45-460 gacha boradi. Yillik yog`in miqdori 95-125 mm atrofida. Respublikaning tekislik okruglari ichida Quyi Zarafshon termik resurslarga boyligi bilan ajralib turadi. Termik resurs miqdori 4500-50000 ni tashkil etadi. Bu okrug hududini o’rta pishar paxta yetishtiriladigan mintaqaga kiritish imkonini beradi. Okrugning asosiy suv manbai – Zarafshon va Amudaryo. Zarafshon daryosi suvi okrug hududida 50 ortiq magistral ariqlarga (Konimex, Shofrikon, Vobkentdaryo, Romiton, Shahrud va boshqalar) bo’linib, sug`orishga sarflanadi. Daryoning tabiiy o’zanidan faqat sizot suvlari oqadi. Qadimda Zarafshon daryosi Amudaryoga 20 km etmasdan qumliklarda shimilib ketar edi. Okrugga Zarafshon juda oz suv olib keladi. Uning o’rtacha yillik suv sarfi sekundiga Qorako’lda 14,3 m3 ni (tog`li qismida 155 m3 ni) tashkil etadi. Quyi Zarafshonga sug`orish maqsadlari uchun uzunligi 55 km li Amu–Qorako’l va 268 km li Amu–Buxoro kanallari orqali Amudaryo suvi keltirilgan. Amu–Qorako’l kanalining bosh qismida suv sarfi sekundiga 48 m3 ga, Amu–Buxoro kanalida esa 235 m3 ga teng. Amu–Buxoro kanalidagi Olot, Qorako’l va Hamza nasos stanstiyalari Amudaryo suvini 66 m ga ko’tarib beradi. Bu kanaldan chiqarilgan ariiqlar Amudaryo suvini sug`orishga suv kerak bo’lmagan qish oylarida Quyumozor va To’dako’l suv omborlariga olib boradi. Okrugdagi erlarni sug`orish uchun yiliga Zarafshon va Amudaryodan 4,3-4,5 km3 atrofida suv olinadi. Shundan 20 % dan ortiqrog`i zovurlar orqali sug`oriladigan zonadan tashqaridagi botiqlarga chiqarib tashlanishi oqibatida ko’llar vujudga kelgan. Ularning soni 10 dan ortiq bo’lib, ularda yiliga 0,8-1,0 km3 tashlama sho’r suvlar to’planadi. Bu zovur suvlarining bir qismi hozir Moxonko’l zovuri orqali Amudaryoga borib quyilmoqda. To’dako’l tabiiy botiqda joylashgan. Undan hozirgi vaqtda suv ombori sifatida foydalanilmoqda. To’dako’l suv bilan to’lsa, suv sig`imi 1,0 km3 ni tashkil etadi. Quyumozor suv ombori shu nomli botiqda bunyod etilgan va Zarafshondan hamda Amu–Buxoro kanali orqali Amudaryodan suv oladi. Uning maydoni 6 km2, eng chuqur yeri 22,8 m, o’rtacha chuqurligi 16,8 m, suv sig`imi 350 mln m3. Okrug hududdagi grunt suvlarining chuqurligi joyning relefiga, neogen va to’rtlamchi davr yotqiziqlarining qalinligiga bog`liq holda 1 m dan 60 m chuqurlikkacha joylashgan. Okrugning sharqiy qismida grunt suvlari 10 m chuqurlikda joylashib, oqimi yaxshi, chuchuk, tuproqlarni sho’rlatmaydi. Lekin Buxoro va Qorako’l deltalari tomon grunt suvlari yer betiga yaqinlashib (2-3 m gacha), sho’rligi ortib (10 g/l gacha) boradi. Deltalardagi ichki botiqlarda esa 15 g/l gacha boradi. Nisbatan chuchuk grunt suvlari Moxondaryo o’zani va shu kabi o’zanlar uchraydi, ularning chuqurligi 3-10 m sho’rligi 1-4 g/l atrofida bo’ladi. Umuman, okrug grunt suvlari ekin maydonlaridan, irrigastiya shahobchalaridan, Zarafshondan sizilayotgan suvlar hamda yog`inlar hisobiga to’yinadi. Tadqiqotchilar ma’lumotlariga ko’ra, Buxoro Qorako’l deltasida har yili 1 km3 grunt suvi vujudga keladi, uning 77 % bug`lanishga sarf bo’ladi. Bu hol tuproqda tuz to’planishiga sabab bo’ladi va erlar meliorativ holatining yomonlashishiga olib keladi. Quyi Zarafshon okrugi Buxoro–Qarshi artezian havzasida joylashgan. Bu erda bosimli mineral suvlar 1000-1500 m chuqurlikda asosan yura davri ohaktosh va qumtoshlari orasida yig`ilgan, minerallashish darajasi 2 g/l gacha bo’lib, undan kommunal xo’jaliklarda foydalanilmoqda. Okrugda ko’p tarqalgan tog` jinslari har xil – qumoq, qum, gil bo’lganligidan tuproqlar ham bir xil emas. Quyi Zarafshonda eng ko’p tarqalgan tuproq turlari sur-qo’ng`ir, qumloq, qumoq, taqir, sho’rxok, o’tloq-taqir, sug`oriladigan o’tloq, o’tloq-allyuvial, o’tloq va botqoq tuproqlardir. Sur-qo’ng`ir tuproqlar plato va balandliklarda (Qiziltepa, Azkamar, Dengizko’l va boshqalar) tarqalgan, chirindi qatlami yupqa (20-70 sm), miqdori kam - 0,5-0,7 % ni tashkil etadi. Okrugning chekka qumliklarga tutashgan erlarida, deltaning ba’zi ichki qismlarida gil qum va qumli, qumoq tuproqlar keng tarqalgan. Ularda chirindi juda kam - 0,3-0,4 % dan ortmaydi. Taqir tuproqlar okrugda Buxoro–Qorako’l deltalarining chekkalarida, qadimiy Daryosoy o’zanida, qadimgi sug`oriladigan erlarda (Varaxshada) uchraydi. Bu tuproqlar tarkibida 7-9 % gacha gips, 0,5 % gacha gumus uchraydi. Sho’rxoklar okrugning deyarli hamma erida-deltalarning pastliklarida (Sho’rko’l, Dengizko’l, Xo’jakab, To’dako’l botiqlarida) quruq o’zanlarda (Gurdush, Moxonko’l, Toyqir) uchraydi. Sho’rxoklar shuningdek, sug`oriladigan mintaqada grunt suvi yuza, oqimi yo’q, zovur-drenajlar yetarli bo’lmagan, borlari esa yomon ishlaydigan joylarida ham uchraydi. Okrugning voha qismida voha-o’tloq tuproqlari keng tarqalgan. Ularda chirindi 1,5-4 % gacha, ayrim joylarda 6 % gacha boradi. Yer osti suvlarining yuzaligi, bug`lanishning kattaligi bu tuproqlarning ma’lum darajada sho’rlanishiga olib keladi. Okrugning o’simlik dunyosi ham xilma-xil. Uning qumli erlarida psammofit o’simlik turlari (oq saksovul, juzg`un, quyonsuyak, iloq, sho’rxok yerlarda qora saksovul), gipsli cho’llarida singren, partek, shuvoq, boyalich, karrak kabi o’simliklar formastiyasi, sho’rxok joylarda sarsazan, jing`il yermak, ajriq (o’tloq sho’rxok yerlarda) kabilar tarqalgan. Zarafshonning pastki qayiridagi, quruq o’zanlardagi va ko’llar atrofidagi to’qaylarda turong`il, jiyda, tol, qush jiyda, qamish, ching`il, yantoq, yulg`un kabi o’simliklar o’sadi. Quyi Zarafshon okrugi hayvonot dunyosi cho’lga xos vakillardan iborat bo’lib, uzoq vaqt davom etadigan jazirama issiq yozga, quruq iqlimga moslashgan. Suv havzalarida baliqlar, suv qushlari yashaydi. Quyi Zarafshon okrugi tabiiy resurslarga boy. Bu erda gaz, tuz, har xil qurilish materiallari bor. Iqlim resurslari hattoki ingichka tolali paxatni ekib, undan yuqori hosil olish imkonini ham beradi. Quyi Zarafshon okrugida atrof-muhitning musaffoligini, tabiat boyliklarini muhofaza qilish, tuproqlarni sho’r bosishdan saqlash hozirgi kunning dolzarb muammolari hisoblanadi. Okrugda atmosfera havosini ifloslantiruvchi yirik manbalar mavjud. 2003 yilda okrug hududining katta qismini tashkil qiladigan Buxoro viloyatida havoga chiqarilgan zaharli moddalar miqdori 130 ming tonnani tashkil etdi va viloyatdagi har bir kishiga 100 kg dan to’g`ri keldi. Chiqarilgan zaharli gazlarning yarmidan ko’pi avtotransport vositalariga to’g`ri keladi. Viloyat yerlari ham ifloslanmoqda. Viloyat tabiatini muhofaza qilish qo’mitasi va O’zgidrometeorologiya bosh boshqarmasi bergan ma’lumotlariga ko’ra, viloyatda har bir gektar yerga yiliga shamol bilan 400 kg gacha zararli tuz keltirilmoqda. Viloyatda 2003 yilda har gektar ekinzorga 223 kg dan mineral o’g`itlar, 2,4 kg dan pestistid hamda gerbistid ishlatildi. Buxoro viloyatida tabiiy yaylovlar maydoni 2,7 mln gektar. Keyingi 20 yil ichida ularning hosildorligi yog`ayotgan yog`in-sochin tarkibida zararli tuzlar miqdorining keskin oshishi, shuvoqni ildizi bilan o’rab olinishi sababli 60-70 % ga kamaygan. Oqibatda tuproq eroziyasi kuchaydi, cho’llashish jarayoni tezlashdi. Buxoro viloyatining umumiy er maydoni 4,2 mln ga bo’lib, shundan 273,8 ming gektari 2003 yili ekinzorlarga to’g`ri kelgan. Bu ekin ekiladigan yerlar turli darajada sho’rlangan. Viloyatda sho’rlanmagan yerlar 13,7 ming gektarni (5 %), kam sho’rlangan yerlar 152,8 ming gektarni (55,8 %), o’rtacha sho’rlangan yerlar 71,7 ming gektarni (26,2 %), kuchli sho’rlangan yerlar esa 32,7 ming gektarni (11,9 %) va juda kuchli sho’rlangan yerlar 3 ming gektarni (1,1 %) ni tashkil qiladi. Viloyatda 1 ga ekinzorga 20 m zovur to’g`ri keladi, mavjud 3595 ta vertikal drenaj (quduqlar)ning 1653 tasi turli sabablarga ko’ra ishlamaydi, natijada yer osti suvlari sathi ko’tarilmoqda, yerlarning sho’rlanish darajasi ortmoqda. Bu holni kam suvlik yillari sug`orishda zovur suvlarini ishlatish yanada kuchaytirmoqda. Quyi Zarafshon o’simlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish ham dolzarb masala hisoblanadi. Buxoro viloyatida o’rmonlar 187 ming gektardan sal ko’proq. Shundan 1329 gektari ihota daraxtzorlarga to’g`ri keladi. O’rmon xo’jaliklarida terak, shumtol, tol, qayrog`och, archa va mevali daraxtlar ko’chatlari ko’paytirilib ekilmoqda. 1977 yilda tashkil qilingan respublikamizda yagona Jayron parvarishxonasida 700 boshdan ko’p jayron boqilmoqda. Qushlarni ko’payishiga qulay sharoit yaratish maqsadida Qoraqir parvarishxonasi tashkil qilindi. Hozirgi kunda Osiyo qoploni, Buxoro xonguli, sirtlon kabi hayvonlarning yo’qolib ketish xavfi bor. Ustyurt arxari, shohli taka, qora laylak, oqqush, echkiemar turlari ancha kamayib ketgan. Viloyatda sanitar-gigenik holat ham talab darajasida emas, chunki butun aholining 65 %, shundan shahar aholisining 90 % i, qishloq aholisining 27 % i vodoprovod suvi bilan ta’minlangan xolos, suv davlat standarti talabiga to’g`ri kelmaydi. Viloyat bo’yicha har yili ishlatiladigan 4,5 mlrd m3 suvning 98 % i Amudaryoga to’g`ri keladi. Viloyatda maishiy chiqindilarni qayta ishlaydigan korxonalarning yo’qligi, ayniqsa qishloq joylarda maxsus axlatxonalarning nihoyatda kamligi, borlarining ham talab darajasida emasligi atrof-muhitning ifloslanishiga sabab bo’lmoqda. Viloyatda bir kecha-kunduzda 480-500 tonna, Buxoro shahrida esa 200-250 tonna axlat to’planmoqda. Mavjud 13 ta atlatxonada hozir 7-8 mln tonna axlat to’plangan. Yuqorida keltirilgan ma’lumotlar tabiatni muhofaza qilish masalasiga alohida e’tibor qaratishni taqozo qiladi. Quyi Zarafshon okrugida 4 ta tabiiy geografik rayon ajratilgan: Gazli, Buxoro–Qorako’l, Sandiqli va Konimex tabiiy geografik rayonlari. Gazli tabiiy geografik rayoni Janubi-g`arbiy Qizilqumning allyuvial-delta tekisliklarini o’z ichiga oladi. Bu tekislik qadimgi Zarafshon keltirgan yotqiziqlardan tashkil topgan. U yerda shamol ta’sirida vujudga kelgan botiqlar, eol qum massivlari, qoldiq balandliklar ham anchagina. Rayon nisbatan sovuq qishi (yanvar oyining o’rtacha havo harorati -1,50), issiq, quruq uzoq davom etadigan yozi (iyul oyining o’rtacha havo harorati q310), okrug rayonlari ichida eng kam yog`in-sochin (95 mm) tushishi bilan boshqalardan ajralib turadi. Rayonda 6 ta landshaft turi mavjud. Shulardan rayon hududining 55 % ini asosan juzg`un, oq saksovul o’suvchi qumli tuproqli delta tekisliklari landshafti tashkil etadi Bu tekisliklar yer yuzasi eol jarayonlar ta’sirida o’zgargan. Singrenli ko’p tarqalgan qumoq tuproqli delta tekisliklar landshafti esa 31% hududni egallaydi. Buxoro–Qorako’l tabiiy geografik rayoni okrug markazida joylashgan bo’lib, uning asosiy qismini Buxoro va Qorako’l deltalari tashkil etadi. Rayon hududining asosiy qismi o’zlashtirilgan yerlardan iborat bo’lganligi sababli havoning yozgi harorati atrofdagi cho’llardagidan salqinroq bo’ladi. Iyuldagi o’rtacha harorat 29,50 ga teng, mutlaq maksimum 450 atrofida. Qishi nisbatan iliq (yanvar oyining o’rtacha havo harorati -0,50), vegetastiyali qishlar 52 % ni tashkil etadi, o’rtacha sutkalik harorat +100 dan yuqori bo’lgan davrdagi haroratlar yig`indisi atrofdagi cho’llarga nisbatan kamroq (50000). Yillik yog`in miqdori Gazli tabiiy geografik rayonidagiga nisbatan ko’proq bo’lib, 120 mm atrofida. Rayon hududida 4 ta landshaft xili mavjud. Shundan rayon hududining 64 % ini sug`oriladigan o’tloq-allyuvial tuproqli delta tekisliklari landshafti, 15 % ini bir yillik sho’ralar o’suvchi sho’rxok-botqoq tuproqli delta tekisliklar landshafti egallagan. Sandiqli tabiiy geografik rayoni okrugning sharqiy va janubi-sharqiy qismi joylashgan va mutlaq balandligi 200-300 m atrofida. Uning hududiga Qashqadaryoning hozirgi va yuqori to’rtlamchi davr allyuvial-delta tekisliklarining chekka qismi, Kogon tepaliklari va janubda Sandiqli qumliklariga tutashgan Dengizko’l platosi kiradi. Rayon janubda joylashganligi uchun okrugda qishining iliqligi (yanvar +10), vegetastiyali qishlarning ko’pligi (70 %), o’rtacha sutkalik harorat +100 dan yuqori bo’lgan davrdagi haroratlar yig`indisining kattaligi (52000), yog`in-sochinning biroz ko’proq ekanligi (125 mm) bilan ajralib turadi. Rayon okrugdagi boshqa rayonlardan landshaftining xilma-xilligi bilan ham ajralib turadi. Bular sho’rxokli botiqlar, eol qumlari, pliosten-qadimgi to’rtlamchi davr platolari, balandliklar, taqir tuproqli delta tekisliklaridagi madaniy landshaftlar va boshqalardir. Konimex tabiiy geografik rayoni okrugning shimoli-sharqiy qismida Qoratog` chekkasiidan Quljuqtog`gacha bo’lgan oraliqda joylashgan, mutlaq balandligi 150-400 m, deyarli suvsiz hududdir. Rayon okrugning chekka shimolida joylashganligidan qishi okrugda eng sovuq, yanvarning o’rtacha harorati -20 (minimum -280), manfiy haroratlar yig`indisi 1500 ga boradi. Vegetastiyali qish 37 % . Bu – okrugdagi eng kam ko’rsatkich. Yozi esa quruq, garmselli kunlar 51 kun bo’lib, okrugda eng ko’p hisoblanadi. Yog`in miqdori butun okrugdagi kabi 122 mm. Rayon hududida mezokaynozoy yotqiziqlaridan tashkil topgan past tog`lar, eol qum massivlari uchraydi. Rayonda landshaftlardagi farq ancha kam, atigi 3 ta landshaft xili ajratilgan. Bular sur-qo’ng`ir tuproqlarda o’suvchi shuvoqli past tog`lar landshafti (7 %), tog` oldi prolyuvial tekisliklar landshafti (63 %), Qizilqum tipidagi oq saksovulli eol qumliklari landshafti (30 %). Qo’shimcha: Bu okrug Zarafshon daryosining quyi qismidagi Buxoro – Qorako`l deltalarini o`z ichiga olib, sharqda O`rta Zarafshon okrugidan kengligi 2-4 km keladigan Xazora yo`lagi orqali ajralib turadi. Quyi Zarafshon okrugini shimoldan va g`arbdan Qizilqum okrugi, janubdan Eshakchi qumligi, sharqdan Qiziltepa, Azkamar, Quyimozor, Qaynag`och, Qushtepa va Qumsulton balandliklari o`rab turadi, okrugda eng qadimiy bu paleozoy yotqiziqlari bo`lib ular 1200-1300 m chuqurliklarda joylashib, ustini so`nggi davr jinslari qoplab olgan. Quyi Zarafshonda eng ko`p tarqalgan yotqiziq bu kaynozoy davrining jinslaridir. Lekin paleogen yotqiziqlari okrugda neogenga nisbatan yupqa bo`lib, asosan Gazli atrofida, Jarqoq, Saritosh va Qiziltepa balandliklarida ochilib qolgan bo`lib, ohaktosh, liomit, qumtosh va gillardan iborat. Quyi Zarafshon okrugida eng ko`p tarqalgan yotqiziqlar to`rtlamchi davrga xos bo`lib, ular genetik jihatdan allyuvial prolyuvial delta - prolyuvial, allyuvial- prolyuvial, ko`l yotqizigi, eol va madaniy irrigatsiya yotqiziqlaridir. Okrug atrofidagi balandliklarda va Buxoro-Qorako`l deltasining chetlarida ellyuvial va prolyuvial yo`li bilan vujudga kelgan shag`al, qum, qumoq jinslar mavjud. Okrugdagi Dengizko`l va boshqa kichik ko`llar atrofida ko`l yotqiziqlari-to`q sur rangli gil va qumoq jinslar uchraydi. Buxoro va Qorako`l atrofida eol yo`l bilan vujudga kelgan qumliklar joylashgan. Quyi Zarafshon okrugini rel'yefi bir xil emas. U Xazora yo`lagida torayib so`ng Abumuslim tepaligidan Zarafshon vodiysi kengayib, Shoptoli Qishlog`ida janubi g`arbga qarab kengayib Buxoro deltasini hosil qiladi. Buxoro deltasining uzunligi 102 km, o`rtacha kengligi 50-55 km, eng keng yeri 70 km ga yetadi. Bu qismida Zarafshon vodiysining balandligi g`arbida 200 m, sharqida esa 250 m atrofida o`zgaradi. Buxoro deltasining sharqida ham bir qancha botiqlar joylashib, ular hozir suv bilan to`lib, To`dako`l va Quyimazor suv omboriga aylangan. Buxoro deltasi janubi-g`arbga qarab pasayib, torayib boradi va Qorako`l platosiga yaqinlashib boradi. Uni nisbiy balandligi 15 m. ga yetadi. Zarafshon daryosi platoni kesib Qorako`l yo`lagini hosil qilgan. Buxoro deltasini janubi-g`arbida Ogar Qishlog`i yonida Zarafshonni qadimiy quruq o`zani Moxandaryo ajralib chiqib, Lukli ko`ligacha taxminan 80 km. ga cho`zilgan. Moxandaryo o`zanida bir qancha botiqlar joylashib, ular hozir zovur suvlari bilan to`lib, Chuqurko`l, Moxanko`l, O`rtako`l va Chandir ko`llar hosil bo`lgan. Moxandaryo o`zanidan Moxanko`l yonida Xo`jayli o`zani ajralib chiqib , g`arbga qarab davom etadi va Qorako`l platosini kesib o`tib, Zamonbobo ko`ligacha davom etadi. Hozir bu eski o`zanlar zovur vazifasini o`taydi. Zarafshon vodiysi Qorako`l yo`lagidan o`tgach janubi -g`arbga qarab yana kengayadi va Qorako`l deltasini hosil qiladi. Qorako`l deltasini uzunligi 48-50 km, o`rtacha kengligi esa 26-27 km ba'zi joylarda 35-36 km ga yetadi. Mutloq balandligi shimoli-sharqda 197 m, janubi-g`arbda Chekkako`l yonida 185 m, Amudaryo vodiysiga tutashgan joyda 178 m. ga tushib qoladi. Qorako`l deltasida Zarafshon daryosining ikkita qadimiy qayiri joylashgan. Bu qayirlarning ko`p qismi qishloq xo`jaligi ishlarida tekislanib yuborilgani uchun chegaralarni aniqlash ancha qiyin. Quyi Zarafshon okrugi o`ta arid iqlimiy sharoitga ega bo`lib, juda qisqa va beqaror Qish bilan quruq, seroftob, jazirama yoz tavsiflanadi. Quyi Zarafshon O`zbekiston hududining eng issiq qismlaridan biri hisoblanib, o`rtacha yillik harorat +14,2+15 gr. atrofida o`zgaradi. Quyi Zarafshon okrugida bahorgi oxirgi sovuq tushishning o`rtacha muddati 24-30 martlarga, kuzgi birinchi sovuq tushishning o`rtacha muddati esa 22-25 oktyabr kunlariga to`g`ri keladi. Sovuq bo`lmaydigan davr 204-214 kun bo`lib, effektiv haroratning yig`indisi 2640-2668 gr. ga, vegetatsiya davridagi haroratning yig`indisi esa 5000 gr. ga yetadi. Yog`in asosan mart, aprel oylarida ko`p yog`ib, qishloq xo`jalik ekinlariga zarar keltiradi. Qor har yili yog`sa ham uzoq turmay erib ketadi. Qor dekabr-fevral oylarida yog`ib, 3-5 kun ba'zan 10-15 kun erimay turadi. Quyi Zarafshonga Qizilqum tomondan quruq qizigan shamollar esib, qumlarni uchirib ekinlarga zarar keltiradi. Bu shamol ayniqsa Qorako`l, Gijduvon, Shofirkon kabi tumanlarga katta ta'sir etadi. Quyi Zarafshon okrugining asosiy suv manbai Zarafshon va Amudaryo hisoblanadi. Okrug hududiga Zarafshon daryosining quyi oqimi kiradi. Bu daryo Buxoro deltasida Vobkent daryo va Qorako`l daryo deb nomlanib ikkita tarmoqqa bo`linadi. Zarafshon daryosi muz-qorlarning erishidan to`yinadi. Zarafshon deltasi okrugidagi yerlarni sug`orish ishlarini yaxshilash maqsadida Amu-Buxoro kanali (uzunligi 268 km. yillik suv sarfi sekundiga 235 m3) orqali Amudaryo suvi keltirilgan. Amudaryo suvi Olot, Qorako`l va Hamza nasos stansiyalari yordamida ko`tarib beriladi. Amu-Qorako`l mashina kanalining uzunligi 40 km, suv sarfi sekundiga 50 m3. Bu kanallardan Vobkentdaryo, Shoxrud, Romitan, Jondor, Shofirkon kabi 54 ta yirik va yuzlab mayda tarmoqlarga bo`linib sug`orishga foydalaniladi. Yerlarni meliorativ holatini yaxshilash maqsadida 60 dan ortiq (eng muhimlari Dengizko`l, Sho`rariq, Yomonjar, Shimoliy Buxoro, Moxon va boshqalar) zovurlar qazilgan. Zarafshon deltasi okrugida eski o`zanlarda vujudga kelgan Dengizko`l, Chuqurko`l, Somonko`ldan tashqari zovur suvlarini tashlash tufayli Kattako`l, Moxonko`l, Porsonko`l, Zamonbobo, Qoraqir, Og`itma kabi ko`llar vujudga kelgan. Bu ko`llarda yiliga 0,8-1,0 km3 zovur suvlari to`planadi. Bu ko`llardan har yili 510 mln. m3 suv bug`lanadi. Amu-Buxoro kanali orqali To`dako`l suv ombori (suv sig`imi 1,0 km3), Quyimozor suv ombori (suv sig`imi 350 mln. m3, maydoni 6 kv. km, o`rtacha chuqurligi 16,8 m, eng chuqur joyi 22,8 m) o`tadi. Okrugni yer osti suvlari 1-60 m chuqurliklarda joylashgan, vohalarda 2-3 m. dan 10 m. gacha chuqurliklarda bo`lsa, Toshquduq, Qorako`l, Gazli va boshqa platolarda grunt suvi sho`r bo`lib, 60 m. chuqurliklarda joylashgan. Buxoro - Qorako`l deltasida har yili 1 km3 grunt suvi vujudga kelib, shuning 77 % i bug`lanishga, 9 % i zovurlar orqali vohadan chiqarib yuboriladi. 1 % i Zarafshon, Amu-Buxoro o`zaniga va ko`llarga siljiydi, 13 % i delta atroflariga tarqaladi. Okrugda yura, bo`r va paleogen davr yotqiziqlari orasida bosimli mineral suvlar joylashib, Buxoro-Qarshi artezian havzasiga kiradi. Gazli, Jarqoq, Toshquduq kabi joylardan bug`lanish orqali sekundiga 20 litr mineral suvlar oqib chiqmoqda. Buxoro shahri atroflarida bu suvlardan davolanish va ichimlik suvlari tayyorlanmoqda. Okrugda eng ko`p tarqalgan tuproqlar- sur-qo`ng`ir, qumloq, taqir, sho`rxok, o`tloq-taqir, sug`oriladigan o`tloq-allyuvial, o`tloq botqoq tuproqlardir. Sur - qo`ng`ir tuproqlar Qiziltepa, Dengizko`l, Azkamar, Toshquduq, Qoraqir, Qorako`l kabi platolarda tarqalgan. Kemirak, Sandiqli, Eshakchi kabi qumli massivlarda qumoq tuproq, taqir tuproqlar qadimgi daryo yo`lida, qadimgi sug`oriladigan tuproqlarda sho`rxoklar, voha atroflarida shu bilan birga ko`llar atrofida (Dengizko`l, To`dako`l, Xojakob) Gurdush, Moxandaryo, Quruq o`zanlarda keng tarqalgan. Vohalarda o`tloq –allyuvial tuproqlar bo`lib, ularga ishlov berish natijasida tabiiy xususiyatini yo`qotgan, o`tloq voha tuproqlariga aylangan. Quyi Zarafshon okrugidagi sug`oriladigan tuproqlar yer osti suvlarining yuzaligi, bug`lanishning kattaligi tufayli u yoki bu darajada sho`rlangan bo`lib, o`z navbatida ularning meliorativ holatini doimo yaxshilab turishni talab etadi. Quyi Zarafshon okrugining o`simligi ham tabiat unsurlariga (iqlimi, yer osti suvlari va tuproq qatlami xususiyatiga, rel'yefiga) bog`liq holda bir xilda tarqalgan emas. Qumli cho`llarda juzg`un, quyonsuyak, saksovul, shuvoq, sho`ralar, cherkez, iloq kabi o`simliklar uchraydi. Okrugning gipsli cho`llarida singren, partek, shuvoq, boyalish, keyruq, titr kabi o`simliklar farmatsiyasi uchraydi. Quyimazor suv omborining sho`rxok joylarida sho`rxok cho`lga moslashgan o`simliklar-sarsazan, jing`il, yermak kabilar o`sadi. Quyi Zarafshon hayvonlari cho`lga xos bo`lgan vakillar bilan tavsiflanib, uzoq davom etgan jazirama, quruq, seroftob yozga moslashgan. Okrugda kallamushlar, sichqonlar, qo`shoyoqlar, ilonlar, kaltakesak, echkiemar har qadamda uchraydi. Shuningdek tulki, bo`ri, bo`rsiq, jayron, jayra, to`ngiz, to`qay mushugi, qirg`ovul kabilar yashaydi. Quyimozor suv havzalarida va ko`llarda esa baliqlar qushlar (o`rdak, g`oz) yashaydi. Quyi Zarafshon okrugi boy hudud hisoblanib gaz, tuz, har xil qurilish xom ashyolari tabiiy resurslari mavjud. Ayniqsa okrug qulay iqlimiy resurslarga ega bo`lib, vegetasion davridagi harorati +10 gr dan yuqori bo`lgan kunlaridagi haroratning yig`indisi 4600-5150 gr. gacha sovuqsiz kunlar o`rtacha 212-214 kunga yetadi. Quyi Zarafshon okrugi o`z navbatida Buxoro - Qorako`l, Gazli, Sandiqli tabiiy geografik rayonlarga bo`linadi. Buxoro-Qorako`l deltasi va uning birinchi va ikkinchi qayirlarini o`z ichiga oladi. Bu rayon hududining ko`p qismi sug`orilib, vohaga aylantirilgani tufayli okrugning yozi eng salqin, qishi esa nisbatan iliq hududli hisoblanadi. Vegetatsiyali qish 50% ga yaqin, +10gr dan yuqori bo`lgan davrdagi haroratning yig`indisi 5150 gr. ga yetadi. 1. Sug`oriladigan o`tloq allyuvial tuproqlar tarqalgan landshafti. Bu landshaft Buxoro va Qorako`l deltasidagi sug`oriladigan yerlarni o`z ichiga oladi. 2. To`qay o`simliklari o`sadigan o`tloq - taqir tuproqli delta tekislikli landshaft. Bu landshaft o`z ichiga Moxandaryo, Gudjayli o`zanlarni va Qorako`l deltasining atrofidagi berk botiqlarini oladi. 3. Cho`l qum tuproqli juzg`un o`suvchi eol jarayonlarida o`zgartirilgan landshaft. 4. Buxoro - Qorako`l deltasining kichik berk botiqlarini o`z ichiga oluvchi bir yillik sho`ralar o`suvchi sho`rxok – botqoqlik delta tekisliklar landshafti hisoblanadi. II. Gazli tabiiy geografik rayoni okrugning janub - g`arbiy qismidagi Zarafshonning qadimiy allyuvial - akkumlyativ tekisliklarini o`z ichiga oladi. Rayon nisbatan sovuq qish lekin quruq, issiq yozi bilan tavsiflanadi. Vegetatsiyali qish esa 41% ga boradi. Harorati +10 gr. bo`ladigan davrdagi haroratning yig`indisi 5130 gr. ga yetadi. Rayonda quyidagi landshaft turlari mavjud. 1. Shuvoq o`suvchi sur - qo`ng`ir tuproqli, mezokaynazoy negizli balandliklar landshafti. 2. Shuvoq tarqalgan, sur- qo`ng`ir tuproqli negizi pliosen - eski to`rtlamchi davr jinslaridan iborat bo`lgan platoni o`z ichiga oladi. 3. Singren o`suvchi, cho`l qumoq tuprog`i tarqalgan delta tekisliklar landshafti. Bu landshaft asosan Kimirek qumligini o`z ichiga oladi. 4. Juzg`un va oq saksovul o`suvchi cho`l qumli tuprog`i tarqalgan, eol jarayonida o`zgartirilgan delta tekisliklar landshafti. 5. Ko`l atroflarida va kichik botiqlardagi sho`rxoklarda o`suvchi bir yillik sho`ralar tarqalgan delta tekislik sho`rxoklar landshafti. III. Sandiqli tabiiy - geografik rayoni, rayon okrugning janubi - sharqiy va sharqiy qismi va u yerdagi Setaltepa, Jar-qoq, Qoravulbozor, Dengizko`l kabi platolarini hamda Sandiqli qumligining bir qismini oladi. Quyi Zarafshon okrugidagi qishi iliq rayoni bo`lib, vegetatsiyali qish 70% ga yetadi. Yozi esa issiq bo`lib, +10gr dan yuqori bo`lgan davrdagi haroratni yig`indisi 5200 gr. Rayon tarkibida quyidagi landshaft turlari uchraydi. 1. Sarsazanli sho`rxoklardan iborat, negizi mezokaynazoy jinslardan tashkil topgan berk botiqlar landshafti. Bu landshaft Dengizko`l botig`ini, Qorako`l shahri sharqidagi botiqni o`z ichiga oladi. 2. Oq saksavul tarqalgan eol qumli landshafti. Bu landshaft do`ng va barxan qumli joylarni o`z ichiga oladi. 3. Singren o`suvchi, sur qo`ng`ir tuproq eol jarayonlar tufayli qayta o`zgargan pliosen - eski to`rtlamchi davr platolar landshafti. Bu landshaftga Dengizko`l platosi va uning janubidagi qumli yerlar kiradi. 4. Shuvoq tarqalgan, sur-qo`ng`ir tuproqli pliosen – eski to`rtlamchi davr platolar landshafti. 5. Shuvoq o`suvchi, sur - qo`ng`ir tuproqli, negizi mezokaynazoy jinslaridan tashkil topgan balandliklar landshafti. Bu landshaftga Kogon ko`tarilmasi, Jarqoq, Qoravulbozor, Saritosh platolari kiradi. 6. Sug`oriladigan taqir tuproqli delta- tekislik madaniy landshafti. MA’RUZA № 7 (16-ma’ruza)
Zarafshon vodiysining o’rta qismi havzasida joylashgan. Unga O’zbekistonda Samarqand va Sangzor-Nurota botiqlari to’g`ri keladi. Okrug g`arbda Hazar yo’lagi orqali Quyi Zarafshon okrugidan ajralib turadi. Sharqdan Chumqartog`, shimoldan Nurota va Sangzor tizma tog`lari bilan, janubdan esa Qoratepa, Ziyovuddin va Zirabuloq tog`lari bilan o’ralgan. Sharqiy chegarasi shartli ravishda Tojikiston bilan bo’lgan davlat chegarasi orqali o’tadi. Shimoliy va Janubiy Nurota tog` tizmalari oralig`ida Sangzor-Nurota botig`i joylashgan. Uni Zarafshon botig`idan Janubiy Nurota tog` tizmalari ajratib turadi. Shimoliy Nurota tog`lariga Qo’ytosh va Nurota tog`lari kiradi. Nurota tog`lari balandligi chekkalarida 600 m atrofida markazi Xayotboshi cho’qqisi 2169 m ga boradi. Okrugning shimoliy chegarasi Nurota tog`i suvayrig`ichi orqali o’tadi. Janubiy Nurota tog` tizmalari sharqida kenglik bo’ylab 35 km ga cho’zilgan, eng baland eri 1600 m ga teng bo’lgan G`o’bdintog`dan boshlanadi. Undan shimoli-g`arbda Qorasuv vodiysidan keyin Qoracha tog` tizmasi boshlanadi. Qorachatog` Oqsoy daryosi vodiysigacha davom etadi. Undan g`arbdagi tog`lar Oqtog` deb ataladi. Bu tizma Lyangar cho’qqisidan (1993 m) biroz g`arbda ikki tarmoqqa ajratiladi; shimoliy (Bahitog`) va janubiy (Qoratog`) tarmoqlarga bo’linadi. Bu ikki tarmoq orasida prolyuvial yotqiziqlaridan tashkil topgan tog` oralig`i tekisligi Arnasoy joylashgan. Uning mutlaq balandligi sharqida 800 m dan g`arbida tomon 400 m gacha pasayib boradi. Sangzor-Nurota botig`i Sangzor, G`allaorol va Nurota tekislik botiqlaridan tashkil topgan. Sangzor botig`i shimolda Morguzar va janubda Turkiston tog` tizmasining g`arbiy chekka qismi bo’lgan Chumqortog` tog`lari oraligida joylashgan. Uning o’rta qismidan Sangzor daryosi oqib o’tadi. Sangzor vodiysining kengligi botiqning g`arbida 17 km ni, sharqida esa, ya’ni yana daryoning yuqori oqimida 5-6 km ni tashkil etadi. Botiqning shimoli-g`arbga davom etgan qismi G`allaorol tekisligi deb ataladi. Bu tekislikdan g`arbda Nurota botig`i joylashgan bo’lib, u Qizilqumga (g`arbga) tomon kengayib boradi. Janubda Nurota-Sangzor botig`iga parallel holda Zarafshon botig`i joylashgan. Uning o’rta qismidan Zarafshon daryosi oqib o’tadi. Zarafshon botig`ini shimoldan va janubdan o’rab turgan tog` tizmalari botiqning sharqida – Panjikent yaqinida bir-biriga juda yaqinlashib keladi. G`arbga tomon esa tog` tizmalari bir-biridan uzoqlashib, mutlaq absolyut balandligi pasayib boradi. Botiqning kengligi uning sharqida, Panjikent yaqinida 15 km bo’lsa, Samarqand shahri meridianida 60 km, Xatirchi yaqinida 40 km, Karmana meridianida esa 35 km ni tashkil etadi. Botiqning eng past yeri daryo o’zaniga to’g`ri keladi. Uning mutlaq balandligi Panjikentda 900 m, Samarqandda 680 m, Kattaqo’rg`onda 470 m, Navoiyda 350 m ga teng. Zarafshon botig`i, ayniqsa uning markaziy qismi tekislikdan iborat, faqat Samarqand yaqinidagi Cho’ponota balandliklari tekislikdan biroz ko’tarilib turadi. Zarafshon vodiysini o’rab turgan tog`lar etaklarida qiya tekisliklar mintaqasi alohida ajratib turadi. Ular prolyuvial jinslardan iborat konussimon yoyilmalardan tashkil topgan. Vodiyning janubi-sharqida Qoratepa va Choqilqalon tog` etaklarida shakllangan yoyilmalar hamma yerda keng va tekis prolyuvial tekisliklarni hosil qilgan. Ular o’rta to’rtlamchi davr lyossimon jinslaridan tarkib topgan. Bu tekisliklar Kattaqo’rg`on shahrigacha davom etadi. Zarafshon vodiysida Panjikentdan g`arbroqdan boshlab 3 ta asosiy terassa ko’zga yaqqol tashlanadi. Qayir, I va II qayir usti terrasalari Zarafshon vodiysini hosil qiladi. Bular ichida maydoni jihatdan eng kattasi lyossimon gillardan tashkil topgan II qayir usti terrasasidir. O’rta Zarafshon okrugi iqlimi o’ziga xos xususiyatlarga ham ega. Bu yerda havoning mutlaq minimum harorati Quyi Zarafshon okrugidagiga nisbatan pastroq, haqiqiy qishli kunlar ko’proq kuzatiladi. Iyul oyining o’rtacha harorati pastroq bo’lib, +25-28 0S ni tashkil etadi. Mutlaq maksimum harorat ham pastroq, asosan +420 S atrofida bo’ladi. Natijada vegetastiya davridagi musbat haroratlar yig`indisi ham kamroq bo’lib, 4200-46000 ni tashkil etadi. Yillik yog`in miqdori okrugning tekislik va tog` oldi hududlarida 300-400 mm bo’lib, tekislik okruglaridagiga nisbatan 2-3 hissa ko’pdir. Okrugni Zarafshon daryosi suv bilan ta’minlaydi. Daryo oqimining asosiy qismi okrugdan tashqaridagi tog`larda shakllanadi. Daryo havzasi tog`li qismining maydoni Zirabuloq–Ziyovuddin tog`larisiz 17710 km2 ni tashkil etadi va shu hududda shalklangan umumiy oqim miqdori 190 m3/sek ga teng. O’rtacha oqim moduli 10,7 l/sek/km2 ga tengdir. Daryo havzasining tog`lik qismidan chiqishi bilan uning suvi ko’p sonli kanallarga olinib, sug`orishga sarflanadi. Okrugdagi yirik daryolardan yana biri Sangzor daryosidir. Uning Nushkent yonida o’rtacha ko’p yillik suv sarfi 2,96 m3sek ga va oqim moduli 3,25 l/sek/km2 ga teng. Uning suvi to’liq sug`orishga sarflanadi. Okrugda, ayniqsa uning shimoliy qismida soylar ko’p (50 dan ortiq), ular suvi ham sug`orishga sarfanadi. Okrugda daryo qayirlarida gidromorf, adirda bo’z, tog`larda jigarrang tuproqlar keng tarqalgan. O’simlik dunyosi ham xilma-xil bo’lib, to’qay o’simliklaridan, efemer-efemeroidlardan, butalardan, tog`larida keng bargli yakka daraxtlar va archalardan tashkil topgan. Okrugda bargli o’rmonlar, shuningdek, alp o’tloqlari deyarli kuzatilmaydi. Okrugda cho’l, tog` oldi cho’l-dasht va quruq dasht, o’rtacha balandlikdagi tog`larga mansub o’rmon-o’tloq dasht mintaqalarini ajratish mumkin. O’rta Zarafshon okrugida ham respublikamizning ko’p joylaridagi kabi tabiatni muhofaza qilish, inson bilan tabiat o’rtasidagi munosabatni yaxshilash kishilar ongida ekologik madaniyatni shakllantirish masalalari dolzarb bo’lib qolmoqda. Okrug hududida qazilma boyliklarning katta zahiralari mavjud, ular asosida ko’plab sanoat korxonalari faoliyat ko’rsatmoqda. Navoiy shahri va uning atrofida sanoatning rivojlanishi 1965 yillardan kimyo, tog`-metallurgiya va energetika korxonalari qurilib ishga tushirilishidan boshlangan. Ushbu korxonalarning atrof-muhitga qanday ta’sir etishi yetarli darajada o’rganilmagan, natijada ular ekologik xavfli bo’lsalar ham, qishloq va shaharlar yaqiniga joylashtirilgan. Hozirgi vaqtda bu korxonalar va avtotransport vositalaridan atmosfera havosiga ko’plab zaharli moddalar chiqarilmoqda. Navoiy shahri respublikada atmosfera havosi ancha ifloslangan shahar hisoblanadi. Shahar havosida chang, oltingugurt II oksidi, azot II oksidi, fenol, ammiak miqdori normaga nisbatan ancha (1-3,5 martagacha) ko’p2. Okrugda, ayniqsa Navoiy zonasida suv manbalari sifati sanitariya-gigiena talablariga to’liq javob bermaydi. Zarafshon daryosining suvi bu zonaga ma’lum darajada ifloslangan holda kelada. Buning ustiga daryoga oqava suvlar tashlanishi oqibatida daryo suvi yanada ifloslanmoqda. Suv tarkibida yod, kalstiy, magniy, xlor va boshqa elementlarning miqdori me’yoridan yuqori ekanligi kuzatilmoqda. Okrugda qishloq xo’jaligida foydalanib kelinayotgan yerlar holatining yomonlashuvi davom etmoqda, tuproq qatlamining buzilishi (degredistiyasi) kuzatilmoqda. Yerdan oqilona foydalanishning qoida va chora tadbirlarini bilmaslik yoki ularga yetarlicha rioya qilmaslik ham qishloq xo’jalik yerlari sifatiga salbiy ta’sir etmoqda. Okrugda, xususan uning g`arbiy qismida sug`oriladigan yerlarning sho’rlanish darajasi yildan-yilga kuchayib bormoqda. Okrugda tuproqning unumdorligiga putur yetkazuvchi asosiy salbiy geoekologik omillarga suv va shamol eroziyasini, kimyoviy o’g`itlardan, gerbistid, petistid va defolyantlardan me’yoridan ortiqcha foydalanishni, radioaktiv ifloslanishni kiritish mumkin. Okrugda o’simlik va hayvonot dunyosining holati ham talab darajasida emas, yer osti boyliklarini muhofaza qilish ham dolzarb bo’lib qolmoqda. Tog`-kon sanoatida yo’l qo’yib kelinayotgan xatolar ular joylashgan yerlarda tabiiy landshaftlarning buzilishiga, atrof-muhit ekologik holatining yomonlashuviga sabab bo’lmoqda. Okrug hududi turli qismining tabiatidagi tafovutlarga qarab unda 5 ta tabiiy geografik rayon ajratilgan. Bular Kattaqo’rg`on, Samarqand, Nurota, G`allaorol va Sangzor rayonlaridir. Kattaqo’rg`on tabiiy geografik rayoni Ziyovuddin-Zirabuloq tog`larining shimoliy yonbag`rini va unga tutash Zarafshon vodiysini o’z ichiga oladi. Rayonga vodiyning eng past qismi to’g`ri keladi. Bu rayonda qayir va qayir usti I hamda II terrasalari mavjud. Zarafshon daryosining chap sohilida, Ziyovudin-Zirabuloq tog`larining etaklarida yuqori to’rtlamchi davrda shakllangan tog` oldi prolyuvial tekisliklari joylashgan, uni janubdan paleozoyning cho’kindi va intruziv jinslaridan tashkil topgan Ziyovudin-Zirabuloq tog`lari o’rab turadi.Bu tog`lardan sharqda o’rta to’rtlamchi davrga mansub lyosslardan tarkib topgan to’lqinsimon tekislik joylashgan. U Zarafshon vodiysiga tik jarlik hosil qilib tushadi. Rayonning asosiy qismi dengiz sathidan 400 m dan 500-600 m gacha balandda joylashgan. Faqat Zirabuloq tog`larining balandligi 600 dan 800-1000 m gacha etadi. Kattaqo’rg`on rayoni okrugda eng past mutlaq balandlikda joylashgan va yog`in-sochin miqdorining eng kamligi bilan ajralib turadi. Tekislik qismida yillik yog`in miqdori 180 mm bo’lib, toqqa ko’tarilgan sari biroz ortadi. Rayon okrugda termik resurslarga boyligi, yozda qurg`oqchil kunlarning ko’pligi (18-20 kun), manfiy haroratlar yig`indisining, eng kam ekanligi bilan ajralib turadi. Botiqlarda manfiy harorat yig`indisi – 1100 bo’lsa, eng past harorat -350 gacha tushsa, tog` oldi qiya tekisliklarida, tog` etaklarida manfiy haroratlar yig`indisi 65-700 xolos, mutlaq past harorat -240 ni tashkil etadi. Rayonda yanvar oyining o’rtacha harorati -0,50 -20, vegetastiyali qish 37-53 % ni, iyul oyning o’rtacha harorati +27+280, mutlaq yuqori harorat +440 ni tashkil etadi. Rayon hududining geologo-geomorfologik jihatdan har xilligi, u bilan bog`liq holda gidrogeologik, tuproq-botanik sharoitning va makroiqlimning har xilligi turli xil landshaftlarining tarkib topishiga olib kelgan. Rayonda 7 ta landshaft xili ajratiladi. Samarqand rayoni Kattaqo’rg`on rayonidan yuqoriroqda janubi-sharqda joylashib, Zarafshon vodiysini, Chiqilqalon va Qoratepa tog`larining shimoliy yonbag`rini va prolyuvial tekisliklarni o’z ichiga oladi. Rayon hududining mutlaq balandligi g`arbida 500 m dan, sharqida 900 m ga va shimolida 600 m ga janubida esa 2000 m ga boradi. Balandlikka bog`liq ravishda yillik yog`in miqdori 300 dan 400 mm gacha etadi. Yanvar oyining o’rtacha harorati +10 -0,50 orasida, vegetastiyali qishlar 44-52 % ni tashkil etadi, iyul oyining o’rtacha harorati 24-270 ga teng. Rayonning asosiy suv resurslari Zarafshon daryosi suvi va Qoratepa hamda Choqilqalon tog`laridan oqib tushadigan soylar suvidantarkib topadi. Soylar suvlari asosan tog` oldi tekisliklaridagi yerlarni sug`orishga sarf qilinadi. Rayon huduidagi mutlaq balandlikdagi farq 7 ta landashft xillarining shakllanishiga olib kelgan. Bulardan sug`oriladigan tipik bo’z tuproqli voha landshaftlari rayon hududining 30 % nitashkil etadi. Nurota rayoni tarkibiga Oqtog`, Qoratog` tizmalari va uning etaklari, Nurota botig`i, Nurota tizmasi va uning janubiy yonbag`ri kiradi. Tog` tizmalari, botiq va tog` oldi tekisliklari kenglik bo’ylab cho’zilgan. Tog` tizmalari paleozoy erasining cho’kindi va intruziv jinslaridan, botiqlar hamda tog` oldi tekisliklari to’rtlamchi davrning prolyuvial jinslaridan tashkil topgan. Rayon hududining mutlaq balandligi 400-900 m dan to 2000 m gacha boradi. Rayonda Zarafshon kabi yirik daryolar yo’q, sug`orish manbai tog`lardan oqib tushadigan soylar va er osti suvlari hisoblanadi. Rayon iqlimi qishning qattiqligi, yozining issiq va quruqligi bilan boshqa rayonlardan ajralib turadi. Yanvar oyining ko’p yillik o’rtacha harorati -10, eng past harorati -290 bo’lgan. Vegetastiyali qishlar 46 % ni, manfiy haroratlar yig`indisi – 1400 ni tashkil etadi. Iyul oyining ko’p yillik o’rtacha haroarti +280, eng yuqori harorat 430 ni, harorat +100 dan yuqori bo’lgan davrdagi o’rtacha haroratlar yg`indisi 44400 ni tashkil etadi. Yillik yog`in miqdori esa 200 mm atrofidadir. Rayon hududida 7 ta landshaft xili ajratiladi. G`allaorol rayoniga Nurota botig`ining sharqiy qismi, Shimoliy Nurota tog`ining janubiy yonbag`irlarini, G`obduntog` va Qorachatog`larni va ularning janubiy yonbag`irlariidagi prolyuvial qiya tekisliklar kiradi. Tog`li qismi asosan metomorfiklashgan slanestlardan, ohaktoshlardan, granodiorit va dioritlardan, tekislik qismi to’rtlamchi davrning prolyuvial jinslaridan tarkib topgan. Rayon huduini soylar meridian yo’nalishda kesib o’tgan. Ulardan eng kattalari Qorasu (0,5 m3/sek), To’sin (0,9 m3/sek) va boshqalar. Rayon okrugda yillik yog`in miqdorining ko’pligi bilan ajralib turadi. O’rtacha yillik yog`in miqdori (400 mm) tuproqda iyun oyining boshigacha namning saqlanib turishini ta’minlaydi. Bu esa bahorikor donli har yili yetarli miqdorda hosil olish imkonini beradi. Qish rayonda Nurota, Samarqand, Kattaqo’rg`on rayonlaridagiga nisbatan qattiqroq bo’lib, manfiy haroratlar yig`indisi -1500 ga, yanvarning ko’p yillik o’rtacha haroarti -20 ga, mutlaq manfiy harorat -300 ga teng. Vegetastiya davom etadigan qishlar 38 % ni tashkil etadi. Iyulning ko’p yillik o’rtacha harorati +270, eng yuqori harorat +420 gacha ko’tariladi. Rayon hududida 3 ta landshaft xili ajratilgan.
Sangzor vodiysi to’rtlamchi davr yotqiziqlaridan tashkil topgan. Vodiyning kengligi g`arbida 17 km ni, sharqida esa torayib 5-6 km ni, mutlaq balandligi g`arbida 500-600 m ni, sharqida 1700-2300 metrni tashkil etadi. Sangzor rayoni okrugda ancha balanda joylashganligi va g`arbga ochiq bo’lganligi sababli yillik yog`in miqdori ko’pligi (400-500 mm), qishining ancha sovuqligi (yanvarning o’rtacha haroarti -30) , yozining salqinligi (iyulning o’rtacha harorati +230) va termik resurslarining kamroqligi (33500) bilan ajralib turadi. Landashftlari ham xilma-xildir. Rayonda 7 ta landshaft xili ajratilgan.
Zarafshon vodiysi deyarli kenglik bo`yicha sharqdan g`arbga 766 km cho`zilgan bo`lib, g`arb tomoni ochiq va nishobdir. Bu qismida okrug aniq tabiiy chegaralar bilan o`ralgan bo`lib, g`arbda Quyi Zarafshon okrugidan Xazora yo`lagi orqali ajralib turadi. O`rta Zarafshon okrugi shimol tomondan Chumkartog`, Gubdintog`, Qaroqchitog`, Oqtog`, Qoratog`, janubdan-Qoratepa, Ziyovuddin, Zirabuloq tog`lari bilan o`ralgan, sharqiy chegarasi esa,Tojikiston bilan bo`lgan chegara orqali o`tdik. Okrugning yer yuzasi asosan paleogen, neogen va antropogen davr cho`kindi jinslaridan tarkib topgan. Bu jinslarning ustki qismini esa Zarafshon daryosi va uning irmoqlari olib kelgan allyuvial yotqiziqlar qoplab olgan. Bu yer neogen davrigacha dengiz bo`lgan. Neogen davridagi alp orogenetik jarayon ta'sirida vodiy quruqlikka aylangan. Zarafshon daryosi o`z o`zanini chuqurlashtirib, okrugning sharqiy qismida 6 ta qayirni hosil qilgan. Zarafshon daryosi neolit davrining oxirigacha hozirgi Moxandaryo va Xo`jayli o`zanlari orqali Amudaryog`a qo`shilib turgan. Hozirgi Zarafshon suvi Samarqand vohasida, shuningdek Tuya tortar arigi orqali Sangzor vodiysida, Eski Anxor arigi orqali Qarshi cho`lida sug`orishga sarflangani tufayli Buxoro vohasiga yetmasdan tugab qolmoqda. O`rta Zarafshon okrugining relyefi asosan yassi tekislik bo`lib sharqdan g`arbga tomon nishabdir. Samarqand shahri yaqinida mutloq balandlik 727 m, Kattaqo`rg`onda 430 m, Navoiy 347 m ikkinchi tomondan okrug markaziy qismidan shimolga va janubga - vodiyni o`rab turgan tog`larga tomon balandlasha boradi. Zarafshon vodiysining ana shunday kengaygan joyida Samarqand botig`i ancha keng, relyefiga ko`ra o`rta qirlardan iborat bo`lib, g`arbdan Xazora yo`lagigacha 220 km ga cho`zilgan. Botiqning janubida uncha keng bo`lmagan Qoratepa, Ziyovuddin, Zirabuloq tog`lari, shimolda esa Qaroqchitog`, Oqtog`, Qoratog`lar joylashgan. O`rta Zarafshon okrugining hozirgi relyefini vujudga kelishida Zarafshon daryosi va uning shimoliy hamda janubiy qismidagi tog`lar katta rol o`ynaydi. Zarafshon daryosi okrugining o`rta qismida qator qayirlar hosil qilgan tog`lardan boshlanadigan vaqtli daryochalar va soylar Zarafshon qayirini perpendikulyar kesib, ko`p jarliklar hosil qilgan hamda parchalab yuborgan. Okrugning iqlimi Turkistonning tekislik qismiga o`xshash yozi jazirama issiq va quruq, qish sovuq, yog`in kam bo`ladi. Yanvar oyining o`rtacha harorati - 0 gr. -1,3gr. bo`ladi. Ba'zan Arktika havo massasi kirib kelganda eng past harorat -24gr. -35 C gacha pasayadi. Yozda esa, aksincha, havo ochiq bo`lib, juda isib ketadi. Natijada iyulning o`rtacha harorati 26 -28C atrofida bo`lib, eng yuqori harorat esa 40 gr - 44C ga yetadi. Okrugda bir yilda 213-215 kun sovuq bo`lmaydi. Harorat +10C dan yuqori bo`lgan kunlar soni 212-215: vegetatsiya davridagi ijobiy haroratning yig`indisi esa 4300- 5050 gr. ni tashkil etadi. O`rta Zarafshon okrugida yog`in kam - g`arbdan, sharqka tomon ortib boradi. Navoiyda yillik yog`in miqdori 177 mm, Kattaqo`rg`onda 282 ml, Samarqandda 328 mm. Yillik yog`inning eng ko`p qismi 144-484 mm bahor va qishga to`g`ri keladi. Yozda bor-yo`gi 2,0-4,0 % yog`in tushadi. Zarafshon daryosi okrug hududida sekin oqib, kengligi 3-4 km keladigan qayirlar hosil qilgan. U Samarqand shahridan 8 km o`tgach , Oqdaryo (uzunligi 130 km) va Qoradaryo (uzunligi 127 km) nomi bilan ikki tarmoqqa bo`linadi. Xatirchi qishlog`ida esa bu ikki tarmoq yana birlashib, orasida hosildor Miyonqala orolini hosil qiladi. Orolning uzunligi 100 km. kengligi 15 km, maydoni esa 1200 km2 dir. Okrugda suvlardan oqilona foydalanish natijasida Kattaqo`rgon suv ombori qurildi. Kattaqo`rgon shahri yaqinidagi tektonik botiqda barpo etilgan. U Zarafshon daryosining tarmog`i Oqdaryodan suv oladi. Bu kanaldan sekundiga 100 m3 suv oqishi mumkin. Suv omborining suv sig`imi 1 mlrd. m3 ni tashkil etadi. Vegetatsiya davrida ekin dalalarini sug`orish uchun kanaldan sekundiga 140 m3 suv chiqadi. Natijada 65 ming gektar yangi yerni sug`orib, 384 ming gektar yerning suv ta'minoti yaxshilanadi. Shuningdek suv omboridan yiliga 240-250 sentnergacha baliq ovlanadi. O`rta Zarafshon okrugining tog` oldi tekisliklarida asosan och bo`z tuproq tarqalgan, ba'zi yerlarda esa oddiy bo`z tuproqlar ham uchraydi. O`rta Zarafshon okrugining tabiiy o`simliklari kishilarning faoliyati tufayli ancha o`zgartirilgan. Zarafshon daryosining quyi qayirlarida va eski qayirlarida qamish, ruvak, jing`il, tol, yovvoyi jiyda, yantoq, yulg`un o`sadi. O`rta Zarafshon okrugidagi to`qay landshaftini va u yerdagi o`simliklarni, xususan jirganoqni va hayvonlarini tabiiy holida saqlab qolish maqsadida 1975 yili Bulung`ur va Jonboy tumanlari hududida maydoni 2,5ming gektar keladigan Zarafshon Qo`riqxonasi tashkil etildi. Bu qo`riqxonada muhofazaga olingan jirganoq (chakanda) o`simligining maydoni qisqarib ketgan edi. Bu o`simlikning mayda mevasidan tibbiyotda ishlatiladigan oblepixa moyi olinadi. O`rta Zarafshon okrugi o`z navbatida Kattaqo`rg`on va Samarqand tabiiy geografik rayoniga bo`linadi. I. Kattaqo`rg`on tabiiy-geografik rayoni okrugning markaziy va g`arbiy qismini ishg`ol qiladi. Rayon janubda Ziyovuddin, Zirabuloq tog`larining quyi etaklari bilan, g`arbda Buxoro Qorako`l rayoni, shimolda Oqtog` va Qoratog`larning quyi qismi, sharqda esa Samarqand tabiiy geografik rayoni bilan chegaralanadi. Rayon o`z ichiga Zarafshon daryosining yangi va eski qayirlarini va yuqorida qayd qilingan tizmalarning tog` oldi tekisliklarini o`z ichiga oladi. Rayon, okrugdagi qishi eng sovuq (yanvarning o`rtacha harorati -0,5-2C) , yozi esa issiq (iyulning o`rtacha harorati 27-28gr. ) yog`in eng kam (yilliga 180-280 mm) tushadigan qismi. +10 gr. li harorat yig`indisi 4500-4600 gr. vegetatsiyali qish 40-50%. Rayonda quyidagi landshaft turlari uchraydi. 1. Zarafshon qayirlarida joylashgan ochbo`z, o`tloq, botqoq- o`tloq tuproqli madaniy landshaftlar. 2. Qamish va to`qay o`simliklari o`suvchi, o`tloq-botqoq tuproqli qayirlar landshafti. 3. Efemer va shuvoq-efemer, o`suvchi bo`z tuproqli tog` oldi lyossli tekisliklar landshafti. Bu landshaft Zirabuloq, Ziyovuddin hamda Oqtog` va Qoratog`larning tog` oldi lyossli tekisliklarini o`z ichiga oladi. II. Samarqand tabiiy geografik rayoni okrugning sharqiy qismida joylashib, shimolda Gubdintog`, Qaroqchitog` va Oqtog`larni janubiy yon bag`irlarining quyi qismi, sharqda Tojikiston davlat chegarasi, g`arbda Kattaqo`rgon rayoni, janubda esa Chaqilkalon va Qoratepa tog`larining etaklari bilan chegaralanadi. Rayon o`z ichiga Zarafshon daryosining yangi va eski qayirlarini, tog` oldi lyossli tekisliklarini olib qishning nisbatan iliqligi (yanvarning o`rtacha harorati -0,2 -0,5 gr. ), yozning esa nisbatan salqinligi (iyulning o`rtacha harorati +24,5 +25,9 gr. ) yog`inlarning ko`pligi (yillik yog`in miqdori 450-500 mm) bilan Kattaqo`rgon rayonidan farq qiladi. Rayon o`z navbatida quyidagi landshaftlarga bo`linadi: 1) Chaqilkalon, Qoratepa tog`larining prollyuvial tekisliklarida joylashgan efemer o`simliklar o`suvchi, tipik bo`z tuproqli tekisliklar landshafti. 2) Gubdintog`, Qaroqchitog` va Oqtog`larning efemer o`simliklari o`suvchi, bo`z tuproqli tog` oldi lyossli tekisliklar landshafti. 3) To`qay o`simliklari mavjud bo`lgan, o`tloq, botqoq-o`tloq tuproqli qayirlar landshafti. 4) Sug`oriladigan o`tloq-allyuvial, o`tloq-botqoq tuproqli yangi qayirlardagi madaniy landshaftlar. 5) Sug`oriladigan bo`z tuproqlar tarqalgan tekisliklardagi va Zarafshonning ko`hna qayirlaridagi madaniy landshaftlar. Download 1.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling