Buxoro davlat universiteti «O’zbekiston tabiiy geografiyasi» fani bo’yicha ma’ruza matni


RAYON QUYIDAGI LANDSHAFTLARGA BO`LINADI


Download 1.52 Mb.
bet22/22
Sana16.06.2020
Hajmi1.52 Mb.
#119409
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Bog'liq
O`zbekiston tabiiy geografiyasi

RAYON QUYIDAGI LANDSHAFTLARGA BO`LINADI.


1. Aydar va Tuzkon ko`llari janubidagi asosan saksovul va juzg`un o`suvchi, mustakamlangan va chala (yarim) mustahkamlangan qumliklar landshafti.

2. Shuvoq, Qorabosh va qo`ng`irbosh o`simliklar o`suvchi, shag`al, qum negiziga ega bo`lgan och bo`z tuproqli tog` oldi prollyuvial tekisliklari landshafti.

3. Efemer o`simliklari va shuvoq o`suvchi, chaqirtoshli och bo`z tuproq tarqalgan tog` oldi tekisliklar landshafti.

4. Morguzar tog`ining shimolida joylashgan efemer o`simliklari o`suvchi och bo`z tuproq tarqalgan lyossli tog` oldi tekisliklar landshafti.

5. Rayonning o`zlashtirilgan qismini o`z ichiga oluvchi madaniy landshaft.

II. Mirzacho`l tabiiy geografik rayoni - o`z ichiga shu nom bilan ataluvchi hududlarni olib, sharqda Sirdaryo bilan , janubi - sharqdan Turkiston - Nurota okrugi bilan, g`arbda Qizilqum okrugi, shimoldan esa Qozog`iston bilan chegaradosh.

Rayon asosan Sirdaryo qayirlarida joylashib, uni Turkiston tog`laridan boshlanuvchi soylarning keltirma yoyilmalari qoplab olgan. Shuningdek rayonda sho`rxok ko`l botiqlari ham mavjud bo`lib, ularning eng muhimlari Shuruzak, Yettisoy, Sardoba va boshqalar rayon quyidagi landshaftlarga bo`linadi.

1. Tuzkon va Arnasoy ko`llarining sharqiy qismida joylashgan qamishzorlardan iborat o`tloq-botqoq va botqoq sho`rxok tuproqlar tarqalgan, allyuvial tekisliklar landshafti.

2. Mirzacho`lning o`zlashtirilgan madaniy landshaftlarining g`arbida va shimoli - g`arbida joylashgan yaltirbosh, qo`ng`irbosh va boyalich o`suvchi kam sho`rlangan och bo`z tuproqli, prollyuvial -allyuvial tekisliklar landshafti.

3. Shuruzak, Yettisoy va Sardoba kabi botiqlarda joylashgan sho`rxokli delta tekisliklari landshafti.

4. Mirzacho`lning janubi - sharqiy qismida joylashgan, yaltirbosh, qo`ng`irbosh va shuvoq o`suvchi, bo`z tuproqli prollyuvial- allyuvial tekisliklar landshafti.

5. Rayonning o`zlashtirilgan qismidagi madaniy landshaft.

III. Chirchiq - Ohangaron tabiiy - geografik rayoni Chirchiq vodiysini G`azalkent shahridan quyi qismini Ohangaron vodiysini esa Ohangaron shahridan quyi qismini o`z ichiga oladi.

Rayon Chirchiq va Ohangaron daryolarining yangi va eski erozion - akqumulyativ qayirlarini o`z ichiga olib, uni juda ko`p soylar va vaqtli suvlar kesib, relyefni ancha murakkablashtirib yuborgan. Shuningdek, rayonga G`arbiy Tyanshan tizimiga kiruvchi tog`larning tog` oldi allyuvial - prollyuvial tekisliklari ham kiradi.

Rayon iqlimiy xususiyatlari jihatdan Mirzacho`l rayoniga nisbatan iliqroq , qish (yanvarning o`rtacha harorati - 0,9-1,5 6 C atrofida) va salqinroq yoz (iyulning o`rtacha harorati 26,7 + 27,8 C atrofida) bilan tavciflanib, yog`in miqdori 360- 400 mm atrofida.

Rayon bo`z tuproqli mintaqada joylashib, asosan efemer, efemeroid va boshqa o`simliklar o`sadi. Chirchiq - Ohangaron tabiiy geografik rayoni quyidagi landshaftlarga bo`linadi.

1. Sirdaryoning o`ng qirg`oqdagi qayirlarda joylashgan, qurigan ko`llar botig`i hisoblangan sho`rxoklardan iborat bo`lib, bir yillik sho`ralar o`suvchi delta tekisliklar landshafti.

2. Qo`ng`irbosh va Qorabosh o`suvchi, shag`alli och bo`z tuproqli parchalangan tog` oldi tekisliklar landshafti. Bu landshaft Qurama va Mo`gultog`larning g`arbiy yonbag`rining quyi qismidagi tekisliklarni o`z ichiga oladi.

3. Chirchiq vodiysining o`ng tomondan joylashgan efemer va bug`doyik o`suvchi, bo`z tuproqli lyossli tog` oldi tekisliklar landshafti.

4. Efemer va bug`doyiq o`suvchi, bo`z tuproqli lyoss keng tarkalgan o`rta qirdan iborat bo`lgan, tog` oldi tekisliklar landshafti. Bu landshaft o`z ichiga Ohangaron - Chirchiq vodiylarining quyi qismidagi tog` oldi tekisliklari, xususan Toshkent - Olmaliq avtomobil yo`lining atrofidagi o`zlashtirilmagan hududlarni oladi.

5. Chirchiq va Ohangaron daryo vodiylarida joylashgan qamish va to`qay o`simliklar o`suvchi o`tloq, o`tloq - botqoq tuproqli yangi qayirlar landshafti.

6. Rayonning asosiy qismini qirg’oq bo’yi va xo`jalikda o`zlashtirilgan madaniy landshaft.


G`ARBIY - TYANSHAN OKRUGI

Okrug g`arbdan Toshkent-Mirzacho`l okrugi bilan o`ralgan, shimoldan, sharqdan va janubdan uning chegarasi shartli ravishda O`zbekistonning Qozog`iston, Qirg`iziston va Tojikiston bilan bo`lgan ma'muriy chegarasiga to`g`ri keladi. Bu chegara shimoli-g`arbda Qorjantog`, shimolda Talas Olatovi, sharqda Pskom tog`larining o`ng qismidan janubda esa Qurama, Mo`giltog’ tog`larining suvayirg`ich qismlari orqali o`tadi.

Okrug respublikamizda birinchi paydo bo`lgan quruqlik bo`lib, paleozoyning ohaktosh, qumtosh, slaneslaridan iborat, ular orasida granit, granidiorit va porfir kabi otqindi jinslar ham uchraydi.

Tog`larning yonbag`rida paleogen, neogen davr shag`al va gil qatlamlari bor. Okrugdagi tog`larning vujudga kelishda avvalo kaledon so`ngra esa gersen orogenetik harakatlarni roli katta. Bu bosqichdagi tektonik harakatlar ta'sirida dengiz suvi chekinib ko`p yerlar quruqlikka aylangan. Biroq Chirchiq -Ohangaron vodiylari o`rnida esa neogen davrigacha dengiz suvi turgan va qo`ltiq bo`lgan. Penepelen yerlarga alp tog` ko`tarilishi ta'sir qilib hozirgi holini olgan. Okrugning hozirgi zamon relyefini vujudga kelishida neotektonik harakatlar, muzlanishlar, daryolarning ishlari katta rol bajargan. O`zbekiston hududidagi g`arbiy Tyanshan tog`larini hammasi Talas Olatog`iga borib tutashadi.

Okrug hududiga Talas Olatog`ining Maydontol dovoni bilan Sandalash daryosining yuqori oqimi orasidagi eng baland qismi kiradi. Bu qismda tizmaning o`rtacha balandligi 3000-3500m. Eng balan cho`qqisi Manas 4488m, bu butun Talas Olatog`ining eng baland nuqtasi hisoblanadi. Tizmaning ikkinchi baland nuqtasi Maydontol cho`qqisi 3521m ga yetadi. Uni janubidan Qorjantog` Ugom, Pskom va Ko`ksuv kabi tizmalar ajralib chiqqan.

Qorjantog` tizmasi okrugning g`arbiy qismidagi chegara bo`lib, janubi-g`arbga yo`nalgan va Ugom daryosi vodiysi orqali sharqdagi Ugom tizmasidan ajralib turadi. Qorjantog` o`rtacha balandligi 2000m, eng balandi Mingbuloq (2834m) cho`qqisidir. Tog` janubi-g`arbga tomon pasayib qator - qator qirlarga aylanib ketadi. Bu qirlar orasida balandligi 1768 m bo`lgan Qoziqurt tog`i bo`lib, bu tog` shimoli- sharqqa tomon balandlashib boradi va Ugom daryosining yuqori oqimida Ugom tizmasi bilan tutashib ketadi.

Ugom tizmasi Pskom va Ugom daryolari orasida bo`lib, 115 km ga cho`zilgan. Bu tizma Manas tog` tuguni yaqinida Talas Olatog`i bilan tutashadi. Ugom tizmasining o`rtacha balandligi 3000m bo`lib, ayrim cho`qqilari 3500-4000 m ga yetadi. Eng baland joyi Sayram cho`qqisi 4238 m. Sayramdan shimoli-sharqqa borgan sari tizmadan bir qancha tarmoqlar ajraladi. Bular Tuproqbel va Maydontoldir.

Tuproqbel tog`i Onao`lgan va Ogayin daryolari orasidadir, bu tog` ancha baland bo`lib 4300 m gacha yetadi. Shu sababli, bu yerda qor uyumlari va muzliklar ko`p. Bu tog` Ugomni Pskom bilan qo`shadi.

Pskom daryosining yuqori oqimida Talas Olatog`i Ugom tizmasiga parallel yo`nalgan bo`lib, Pskom tizmasi okrugining shimoli-sharqiy chegarasi hisoblanadi. Tizmaning o`rtacha balandligi 3200m. Pskom tizmasining asosiy cho`qqilari Piyezak -3718m. Oqtuya o`lgan 4224m, Opalitog` 4216, Beshtor -4299m, tizmada 47 ta muzlik bo`lib , eng kattalari 4-5 km gacha.

Pskom tizmasi janubi-g`arbga biroz pasayib boradi va Chotqol vodiysiga yetmasdan Ko`ksuv daryosining yuqori oqimi orqali janubiy-g`arbga Ko`ksuv tizmasi ajralib chiqadi. Uning uzunligi 80 km bo`lib, Ko`ksuv tizmasi janubi-g`arbga pasayib, Alom dovoni (2700) yaqinida Mingto`qim tog`i ajralib chiqadi. Ko`ksuv tizmasi sharqdagi Sandalash tizmasidan shu nom bilan ataluvchi daryo vodiysi orqali ajraladi. Sandalash tizmasi shimoli - sharqdan, janubiy g`arbga 50-60 km cho`zilgan bo`lib, eng baland joyi 3500-4000m. U Chotqol tizmasidan shu nomli daryo bilan ajraladi.

Chotqol tizmasining faqat Chapchama davonidan janubiy-g`arbdagi qismigina G`arbiy-Tyanshan okrugiga qaraydi. Shu sababli biz shu okrugga kiradigan qismini o`rganamiz. Bu tizma janubiy g`arbga 250 km cho`zilgan, uni shu qismi O`zbekistonga qaraydi. Dovondan boshlab Ohangaron, Kosonsoy, G`ovasoy, Chimyon daryolarining yuqori oqimlari orqali bo`linib ketgan. Bular ichida eng muhimi Qumbel, Sargardon, Qizilnura, Arashon va boshqa tog`lardir. Bu tog`lar Ohangaron platosini shimoldan o`rab turadi. Bular ichida eng baland QizilNurotag`i bo`lib, uning Qirganda cho`qqisining balandligi 4045 m ga yetadi. Bu yerda morenalar trogsimon vodiylar tez-tez uchrab turadi.

Qizilnura tog`i shimolga qarab davom etadi va u katta bo`lmagan Oqsoqota platosiga tik tushadi. Bu platoni Oqsoqota va Oqbuloq daryolari bir qancha qismlarga bo`lib yuborgan. Oqsoqota platosining shimolida ohaktoshlardan iborat katta-Chimyon (3277m) tog` joylashgan. Bu tog`ning sharqida botiqsimon Chimyon vodiysi bo`lib, unda Chimyon kurorti joylashgan Chimyon vodiysining sharqida esa kichik Chimyon (2100m) tog`i bor. Chimyon tog`lari sharqda Balandxon massiviga aylanadi, janubi-g`arbga qarab yon bag`irlari yotiq archazor va mevali daraxtlar bilan qoplangan Maygashka va Suranota tog`lariga tutashib ketadi.

Ohangaron platosining sharqida kristall jinslardan tuzilgan Ko`kali tog`i joylashgan. Bu massivda eni 0,5km., bo`yi 1,5 km bo`lgan Ko`kali ko`li bor.

Ohangaron platosi paleozoy jinslaridan iborat bo`lib, balandligi 1000-2000 m, atrofidagi tog`larga borib tutashgan yerlarida balandlik 3400m ga yetadi. Platoni Ohangaron daryosi juda ham parchalab, chuqur vodiylar hosil qilgan Ohangaron platosi janubiy g`arbga qarab balandlashib boradi va Qurama tizmasiga tutashadi.

Qurama tizmasi janubi-g`arbga yo`nalgan bo`lib , uni Ohangaron daryosining chap irmoqlari (Arashonsoy, Toshsoy, Kamchisoy va boshqalar) parchalab tashlagan. Tizmaning o`rtacha balandligi 1800-2000m, baland qismi Oqshuron cho`qqisi 3745 m, Qurama tizmasini g`arbiy qismi Qoramozor tog`i deb ataladi. Bu tog` Dalvarzin cho`liga tomon pasayib 600-500 m. ga tushib qoladi.

Qurama tizmasining janubi - sharqida past, juda yemirilgan Mo`giltog` joylashgan, buning uzunligi 35 km bo`lib, Quramadan Mirzarabot botig`i orqali ajralib turadi. Uning o`rtacha balandligi 1000-1200m, eng baland joyi 1628 m yetadi. Mo`giltog` Sirdaryo vodiysi tomon davom etadi va Farxod-Shirin qirlarini hosil qiladi. Shu yerda Sirdaryo ostona hosil qilgan. Bu ostonalarda Farxod GESi qurilishi natijasida suv ostiga qolgan.

Chirchiq vodiysini atroflari tog`lar bilan o`ralib faqat janubi-g`arbiy tomoni ochiqdir. Vodiy Bo`zsuv yaqinida kengayadi va Toshkent-Mirzacho`l okrugi bilan tutashadi. Vodiy yuqori qismida Pskom, Ko`ksuv, Chotqol va Ugom vodiylariga bo`linib, juda torayadi. Xo`jakent yaqinida Chirchiq vodiysi torayadi, xuddi shu yerga Chorbog` GESi va suv ombori qurilgan Xo`jakentdan o`tib G`azalkentga kelganda vodiy kengayadi va daryo qayir hosil qiladi.

Ohangaron vodiysi ham janubi-g`arbga tomon ochiq bo`lib, yuqori qismida torayib boradi. Daryo tez oqib ostonalar hosil qilgan, vodiy Angren shahri yaqinida kengayadi.



Iqlimi - Qish sovuq, yoz esa salqin va sernam bo`ladi. Yanvarning o`rtacha harorati -3 -14 C (Chorbog`da - 2,7C, Chimyonda -4,7 C, Chotqolda-14,2 C) Qish oylarida shimoliy va shimoli-sharqiy havo massalari ta'sirida mutloq past harorat -32C, iyul oyning o`rtacha harorati 20+26 C. (Angrenda +26,4 C), eng baland harorat 30+40 C., okrugda sovuqsiz kunlar 200 kun. G`arbdan berk bo`lgan tog` yonbag`irida 1000 mm yog`in tushadi. Aksincha berk botiqlarini sharqiy yon bag`irlarida 200 mm yog`in tushadi. Yog`inning ko`pchiligi qish va bahorda yog`adi, 3000 m dan balandda yog`inning 90% qor shaklida tushadi.

Okrugning daryolari. Chirchiq va Ohangaron. Chirchiq daryosi Chotqol, Pskom daryolarning qo`shilishidan yuzaga keladi. So`ngra uning o`ng tomonidan Ugom, Qizilsuv, Qoraqiya, Oqtosh, Shorali soy chap tomonidan Qoraqumsoy, Gallavasoy, Oqsoqotasoy, Parkentsoy, Boshqizilsoy kabi irmoqlarni qo`shib oladi.

Okrugning tuproq va o`simliklari. Okrugning 500-800 m balandliklarda lyossimon qumoq jinslardan tuzilgan tipik bo`z tuproq tarqalgan bo`lib, unda lolaqizg’aldoq, rang va qo`ng`irboshlar o`sadi.

800-1200 m balandliklarda tik bo`z tuproq tarqalib, chirindi 4-6 %, o`simligi kakra, bo`tako`z, marmarak, sariqchoy ko`plab o`sadi. Butalardan do`lona, tog` olchasi uchraydi.

Okrugning 1200-2500 m balandliklarida o`tlar va butalar keng tarqalgan. Shu bilan birga keng bargli daraxtlar, ular tagida qo`ng`ir tog` - o`rmon tuproqlari yuzaga kelgan.

3000-4000 balandlikda iqlim ancha sovuq, alp, subalp o`tloqlari o`sadi. Tog` o`tlari tagida toshloq - shag`al tuproqlar, torfli tog` o`tloqli tuproqlari bo`lib, o`simligi mushukquyruq, taran, Qiziltikan, kavrak, alp lolasi, yovvoyi piyoz o`sadi. Ulardan balandda nival zona boshlanib, yalang qoyalar, doimiy qor va muzliklardan iborat.



Hayvonot olami. Okrugda qushlardan kaklik, boyqush, bulbul, lochin, kalxat, sutemizuvchilardan qorqoploni, silovsin, ayiq va boshqalar uchraydi. Okrugda Chotqol qo`riqxonasi va Oqcha buyurtMoxanasi tashkil qilingan.

Tabiiy resurslaridan mis, kumush, polimetal rudalari Olmaliqda, vismut – Pskom, Ugom tog`ida, ko`mir, kaolin Ohangaronda, marmar - Zarkentda uchraydi. Chirchiq daryosining energiya quvvati 2,3 mlrd kvt. bo`lib uni 31% dan foydalaniladi.

Chirchiq-Ohangaron vodiysining shifobaxsh yerlarida Chimyon, Oqtosh, Burchmulla, Xumson, kabi dam olish maskanlari bo`lib, shuningdek okrug hududidan turli xildagi mevalar yigib olinadi. G`arbiy Tyanshan okrugi tog`li Chirchiq va Yuqori Ohangaron tabiiy geografik rayonlarga bo`linadi.

1. Tog`li Chirchiq tabiiy geografik rayoni Chirchiq daryosi havzasining G`azalkent shahridan yuqorida joylashgan O`zbekiston hududidagi qismini o`z ichiga oladi va 6 ta landshaftga bo`linadi.

2. Yuqori Ohangaron tabiiy geografik rayoni Chotqol, Qizilnura Qurama tizmalari Ohangaron platosi va vodiysini o`z ichiga oladi. Rayonda 6ta landshaft mavjud.

MA’RUZA № 12 (21-ma’ruza)



Farg`ona okrugi.

Farg`ona okrugi O’zbekistonning sharqida, Sirdaryoning yuqori oqimida Mo’g`ultog`, Qurama, Qoramozor, Chotqol, Farg`ona, Oto’ynoq, Oloy va Turkiston tog`lari orasida joylashgan tektonik botiqning tubidan iborat bo’lib, faqat g`arb tomonda torgina (9-40 km) «Farg`ona» va «Xo’jand» darvozasi orqali Dalvarzin hamda Mirzacho’l tekisliklari bilan tutashgan. Maydoni 19,2 ming km2. Botiqning maydoni uni o’rab turgan tog`larining suv ayirg`ichdan hisoblanganda 79,7 ming km2 ga teng. Okrug hududi bodomsimon shaklga ega bo’lib, markaziga tomon va sharqdan g`arbga tomon nishab. Sharqida Uchqo’rg`on qishlog`i yaqinida yer yuzasining mutlaq balandligi 500 m bo’lsa, Norin daryosi bilan Qoradaryo qo’shilgan yerda 393 m ni, Xo’jandda 320 m ni tashkil etadi. Botiqni o’rab turgan adirlarning mutlaq balandligi 600-1200 m bo’lib, ular botiqni shimol va janub tomonlardan yoy shaklida o’rab turadi.

Farg`ona vodiysi paleozoy erasidayoq tektonik botiq sifatida tarkib topgan. Vodiyda quruqlik hamma yerda bir vaqtda paydo bo’lmagan. Vodiyni o’rab turgan tog`larda quruqlikning paydo bo’lish jarayoni paleozoyda, adirlar qismida mezozoyda, vodiyning tekislik qismida antropogenda ro’y bergan. Adirlar zaminida asosan bo’r davri jinslari tarqalgan. Vodiyning markaziy qismida asosan allyuvial-prolyuvial jinslar, ko’l, botqoqlik yotqiziqlari – qum, gil, qumoq va toshlar ko’pchilikni tashkil etadi. Farg`ona vodiysi tekislik qismi quruqlikka aylangach, atrofdagi tog`lardan boshlanadigan daryolar tekislikka oqib chiqib, o’zi bilan olib kelgan jinslarni yotqizib tosh-shag`allardan tashkil topgan bir qancha konussimon yoyilmalarni hosil qilgan. Tekislikning chekka qismlaridagi daryolar keltirgan shag`al-toshlardan tashkil topgan yotqiziqlar vaqt o’tishi bilan konglomeratlarga aylangan. So’ngra bu jinslar ustini lyoss qoplagan. Shu tarzda tog`lar oldida balandliklar vujudga kelgan. Bularni doimiy va vaqtli oqar suvlar yuvib parchalagan. Natijada vodiy atrofidagi balandliklar bo’laklarga bo’linib, adirlar hosil qilgan. Farg`ona vodiysi quruqlikka aylangach, allyuvial-prolyuvial yotqiziqlar shamol ta’sirida to’zib, ko’chma qumlar ham hosil bo’lgan.

Mezozoyda vodiy o’rtasida sayoz dengiz va botqoqliklar mavjud bo’lib, atrofida qalin o’rmonlar o’sgan. So’ngra bu o’simliklar qoldiqlaridan ko’mir qatlamlari vujudga kelgan. Paleogen davridagi suv havzalarida yashagan hayvonlar organizmlarining qoldiqlaridan neft, gaz vujudga kelgan. Shuningdek, cho’kindi jinslar bilan bog`liq holda vodiyda oltingugurt, tog` mo’mi ham paydo bo’lgan. Okrugning janubida 100 dan ortiq simob va surma konlarining belgilari aniqlangan.

Farg`ona vodiysi relefi uchun xos xususiyat uning zonalligidir. Bu erda baland tog`, tog` oldi (adir) va markaziy tekislik zonalari mavjud. Tog` oldi zonasi adirlar, konussimon yoyilmalar, adirorti botiq tekisliklar, Qoradaryo va Sirdaryoning allyuvial qayirlari kabi qismlarga bo’linadi.

Sirdaryo vodiyni 2 ta asimmetrik qismga (shimoliy va janubiy qismlarga) bo’lib turadi. Janubiy Farg`ona keng tog` oldi tekisliklari va Sirdaryoning 3 ta terrasasidan iborat bo’lib, tekisliklar uchinchi qayir usti terrasa bilan asta-sekin tutashib ketadi. Terrasalarning tekis yuzalarida botqoqlar, sho’rxok va qum massivlari uchraydi. Uchinchi terrasa 10 metrlik tik yonbag`ir orqali pastdagi (2) terrasa bilan qo’shilgan. Shimoliy Farg`onada ensiz tog` oldi tekisligini Sirdaryo vodiysi kesib o’tgan va bu tekislik balandligi 20 m li jarlik orqali ikkinchi terrasa bilan tutashgan.

Farg`ona okrugi iqlimi yozining quruq va davomli issiq, qishning mo’’tadil, havo haroratining ancha barqaror bo’lishi bilan qo’shni Toshkent, Mirzacho’l vohalaridan biroz farq qiladi. Qishda tog`lardan tushib keladigan sovuq havo Farg`ona botig`ining markazida to’planib qoladi va yanvarning o’rtacha ko’p yillik haroratining pastroq bo’lishiga (-30) olib keladi. Ba’zida qishda shimoldan va shimoliy sharqdan esayotgan sovuq havo tog`larni oshib o’tib, vodiyda havo haroratini juda pasaytirib yuboradi va yanvarda mutlaq sovuq harorat -300, -310 darajagacha pasayadi.

Okrugda bahor qisqa keladi, ob-havo, tez-tez o’zgarib turadi, yillik yog`in miqdorining 30 % dan ortig`i shu faslda yog`adi.Kechki bahorgi sovuqlar o’rta hisobda birinchi aprelgacha davom etadi. Bahorda, ayniqsa uning oxirida kuchli shamollar esib, jala va do’l yog`ishi kuzatiladi.

Yozi issiq, uzoq davom etadi. Iyulning ko’p yillik o’rtacha harorati +260, +270, eng yuqori harorat +400, +420. O’simliklarning vegetastiya davri 235-240 kun, harorat +100 dan yuqori bo’lgan davrdagi o’rtacha haroratlar yig`indisi 4400-48000 ni tashkil qiladi.

Kuzda okrugda havo harorati sezilarli pasayadi, bulutli kunlar tez-tez takrorlanib, yog`in-sochin ko’payadi. Kuzning ikkinchi yarmidan havo harorati keskin pasayadi va kuzgi sovuq boshlanadi.

Okrugda o’rtacha yillik yog`in miqdori 100-230 mm bo’lib, g`arbidan sharqqa tomon ortib boradi. Yillik yog`in miqdorining 10-16 % yozga, 36 % qishga, qolgan qismi bahor va kuz oylariga to’g`ri keladi. Qor okrugda 30-48 kun erimay turadi.

Qo’qon shamoli oktyabr oyidan mart oyigacha tez-tez qaytalanib turadi. Qishda vodiyda havoning sovub ketishi natijasida antistiklon tarkib topadi. G`arbda, Mirzacho’lda stiklon turganda vodiydan g`arbga qarab 15-20 m/sek tezlikda shamol esadi. Bu shamol Bekabod shamoli deyiladi. Bahor va kuz oylarida esa Mirzacho’ldan Farg`ona vodiysiga esgan shamol tezligi 25 m/sek ga etadi. Bu shamol Qo’qon shamoli deb ataladi.

Okrugda eng katta va sersuv daryolar Norin, Qoradaryo va Sirdaryodir. Norin daryosi Markaziy Tyanshan tog`laridan boshlanuvchi Kichik va Katta Norinning qo’shilishidan vujudga keladi. U qor va muzlarning erishidan to’yinadi. Uchqo’rg`on yonida yillik o’rtacha suv sarfi sekundiga 427 m3 ni tashkil etadi. Qoradaryo Farg`ona va Oloy tog`laridan boshlanuvchi Tor, Qorag`ulja daryolarining qo’shilishidan hosil bo’ladi, Qor va muzliklar suvlari bilan to’yinadi. Qoradaryoning Baliqchi qishlog`i yaqinida yillik o’rtacha suv sarfi 123 m3/sek ga teng. Daryolarning oqim rejimi suv omborlari qurilgandan keyin ancha o’zgardi.

Sirdaryo Norin va Qoradaryoning Baliqchi qishlog`i yaqinida qo’shilishdan vujudga keladi, Uning 300 km qismi Farg`ona vodiysidan oqib o’tadi. Daryoning yillik o’rtacha oqimi Qizilqishloq yaqinida (vodiyning eng g`arbiy qismida) 568 m3/sek ni tashkil etadi.

Farg`ona vodiysini o’rab turgan tog`lardan oqib tushadigan juda ko’p soy va kichik daryolar suvi sug`orishga sarflanishi tufayli Sirdaryoga etib kela olmaydi.

Farg`ona vodiysida 60 ta ko’l bo’lib, ularning umumiy maydoni 8,2 km2. Shu ko’llardan 30 tasi 2500 m mutlaq balandlikdan yuqorida joylashgan. Vodiyda suv resurslaridan oqilona foydalanish uchun bir qancha suv omborlari (Qayroqqum, Uchqo’rg`on, Andijon, Bozorqo’rg`on, Karkidon va boshqalar), kanallar (Katta Farg`ona, Katta Andijon, Shimoliy Farg`ona, Katta Namangan, Janubiy Farg`ona, Oxunboboev nomidagi kanal va boshqalar) qurilgan.

Farg`ona okrugi juda katta er osti suvi zahiralariga ega, ular turli tog` jinslari orasida qatlam-qatlam bo’lib joylashgan. Er osti suvlarining dinamik zahirasi katta, sekundiga 257 m3 ni tashkil etadi. Okrugda 1500-3000 m chuqurlikdan harorati 40-750S bo’lgan issiq suvlar chiqadi.

Farg`ona vodiysi O’rta Osiyodagi eng qadimgi obikor dehqonchilik o’lkasi bo’lib, tuprog`i, ayniqsa, uning tekislik qismida voha madaniy tuprog`iga aylangan. Tabiiy holdagi tuproqlarni Markaziy Farg`onadagi Qoraqalpoq dashtida, adir mintaqasida va tog`larda uchratish mumkin. Vodiy tuproqlari balandlik mintaqalarini hosil qilib, asosan uning tekislik qismidan suv ayirg`ichlarga tomon quyidagi tartibda almashinib boradi: Sirdaryo qayirida va boshqa daryolar qayirlarida sur qo’ng`ir, cho’l-qumli, sho’rtob, allyuvial-o’tloq va botqoq tuproqlar; adir va adir orti tekisliklarida bo’z tuproqlar; o’rtacha balandlikdagi tog`larda jigar rang va qo’ng`ir tog` o’rmon tuproqlari; baland o’tloq dashtlarda och tusli qo’ng`ir tuproqlar tarkib topgan.

Farg`ona vodiysining geografik o’rni, tabiati o’simlik qoplamining shakllanishiga va uning turlarga bir muncha boy bo’lishiga o’z ta’sirini ko’rsatgan. Vodiyda balandlik o’simlik mintaqalari – cho’l, adir, tog`, yaylov ko’zga yaqqol tashlanadi. Okrugning asosiy qismini egallagan cho’l mintaqasida o’simlik qoplami tabiiy holda juda kam saqlanib qolgan, asosan efemerlar uchraydi. 600-1200 m balandliklarda adir mintaqasi joylashgan. U cho’lga nisbatan o’simlikka ancha boy. Bularni 2 tipga – efemerlar va tog` dashtlari (savannalari)ga bo’lish mumkin. Tog` mintaqasi 1200-1300 m dan 2800 m gacha bo’lgan balandlikda yaxshi rivojlangan. Bu mintaqada qoratikan, na’matak, do’lana o’suvchi butazor, archazor va bargini to’kadigan tog` o’rmonlari mavjud. Yaylov mintaqasi 2700-2800 m dan doimiy qorlik va muzliklargacha bo’lgan oraliqda bo’lib, uning quyi qismini subalp, yuqori qismini alp o’tloqlari egallagan.

Farg`ona okrugining hayvonot dunyosi o’simliklari kabi kuchli o’zgartirilgan. Bu erda yovvoyi hayvonlardan quyon, tulki, bo’ri, to’ng`iz, bo’rsiq va kemiruvchilarning bir necha turi uchraydi.

Farg`ona okrugining geografik o’rni, vodiyda xalq xo’jaligi tarmoqlarining muayyan hududlarda joylashishi, demografik vaziyat ekologik sharoitning murakkablashuviga sabab bo’lmoqda.

Okrugda atmosfera havosining chiqindi gazlar bilan ifloslanishi va uni muhofaza qilish masalasi dolzarb bo’lib turibdi. Yirik sanoat korxonalari-«Azot» birlashmasi, «O’zDEU», «Quvasoystement», «Kvarst», neftni qayta ishlash korxonalari, ko’plab paxta tozalash, gidroliz, yog`-ekstrakt zavodlari atmosferaga minglab tonna zaharli chiqindilarni chiqarib, uning tarkibiga va sifatiga salbiy ta’sir ko’rsatmoqda. Atmosfera havosini ifloslanishida qishloq xo’jaligida ishlatilayotgan zaharli ximikatlarning, avto-ulovlardan chiqayotgan gazlarning ulushi ham katta bo’lmoqda. Okrug shaharlarida, ayniqsa sanoatlashgan yirik shaharlarda atmosfera havosida chang, simob, kadmiy, oltingugurt oksidi, ammiaklarning me’yori yo’l qo’yish mumkin bo’lgan normaga nisbatan ortib bormoqda.

Okrugning radioaktiv ifloslanishi xavfi hamon saqlanib qolmoqda. Bu xavfning asosiy manbai Moylisoy daryosi yaqinida ko’milgan radioaktiv qoldiqlardir.

Farg`ona okrugida er zaxiralarining cheklanganligi va tuproqlar sifatining pasayib borishi hamon saqlanib qolmoqda. Daryo, kanal, suv omborlari va er osti suvlari har tomonlama inson ta’siriga uchrab, zaxirasi kamayib (ayniqsa ichimlik suvning), ularning sho’rlanishi va ifloslanishi ortib bormoqda.

Okrug hududida tabiiy geografik sharoitining har xilligi asosida 6 ta tabiiy geografik rayon ajratilgan. Bular G`arbiy Oloy, Markaziy tekislik, G`ovasoy, Chotqol, Farg`ona va Sharqiy Oloy rayonlaridir.

G`arbiy Oloy rayoni So’x va Isfara daryolarining yoyilmalarini hamda Oloy tizmasining bu daryolar havzasiga kirgan shimoliy yonbag`rini o’z ichiga oladi. Hududining mutlaq balandligi shimolida 350 m dan janubida 5000 m gacha boradi. Landshaftlari ham shu yo’nalishda tekislik landshaftlaridan tog` landshaftlarigacha o’zgaradi. O’zbekistonga bu rayonning faqat eng past shimoliy tekislik qismi kiradi va u tekislik va tog` oldiga bo’linadi.

Tekislik qismi So’x-Isfara yoyilmalaridan iborat bo’lib, ularning janubiy chegarasi 600 m li izogipsga to’g`ri keladi.

Rayonning tog` oldi qismida Jamontog` va Qatran antiklinal strukturalari joylashgan. Ular uncha baland bo’lmagan, kenglik bo’ylab yo’nalgan tog` tepalarini hosil qilgan. Ularning mutlaq balandligi 1390 m dan 2125 m gacha boradi.

Iqlimiy jihatdan rayon hududi eng quruq hudud bo’lib, o’rtacha yillik yog`in miqdori 100 mm atrofida. Lekin rayon hududi okrugda qishining yumshoqligi, sovuqli kunlarning kamligi bilan boshqa rayonlardan ajralib turadi.

Rayonda 8 ta landshaft xili ajratiladi. Madaniy voha landshaftlar rayon hududining yarmini tashkil etadi.

Markaziy tekislik rayoni hududi Farg`ona botig`ining o’rta qismiga to’g`ri keladi va shimoldan Sirdaryo bilan, janubdan So’x, Oltiariq va Shohimardon yoyilmalarining chekka qismlari bilan chegaralanadi. Mazkur hudud Qoraqolpoq cho’li deb ataladi. Uning mutlaq balandligi shimolida Sirdaryo bo’ylarida 350 m dan janubda 500 m gacha boradi. Sirdaryo bo’ylab cho’zilgan qayir va 2 taqayir usti terrasalar ko’zga yaqqol tashlanadi. Rayon hududining katta qismi III terrasaga to’g`ri keladi.

Rayon iqlimining quruqligi, termik resurslarga boyligi, mayda ko’llari, botqoqliklari, qum massivlari, landshaft xillarining kamligi bilan boshqa rayonlardan ajralib turadi. Rayonda 3 ta landshaft xili mavjud, bular orasida delta tekisliklaridagi sho’rxoklar landshafti maydonining kattaligi bilan ajralib turadi.



G`ovasoy rayoni mutlaq balandligi 350 m bo’lgan Sirdaryo bo’ylaridan Qurama tog`ining Qamchiq davonigacha bo’lgan janubiy yonbag`rini o’z ichiga oladi. Binobarin, rayon Sirdaryo vodiysining o’ng sohili, tog` oldi tekisliklari va Qurama tog` tizmasining janubiy yonbag`ridan iborat. Rayon okrugning eng qug`oqchil, qishi sovuq hududi hisoblanadi. Unda 9 ta landshaft xili ajratilgan. Bu erda voha landshaftlari katta maydonni egallaydi.

Chotqol rayoni Chotqol tog`ining O’zbekistondagi janubiy tog` oldi qismlarini egallaydi va sharqda Norin daryosi, janubda qisman Sirdaryo bilan chegaralanadi. Bu rayon okrugning g`arbiy rayonlaridan yog`in miqdorining biroz ko’pligi, qishining G`ovasoy rayonidagiga nisbatan yumshoqroqligi, termik resurslarga boyroqligi bilan ajralib turadi. Rayonda 6 ta landshaft xili ajratilgan. Vohalar madaniy landshaftlari rayon hududining yarmini tashkil etadi.

Farg`ona rayoni Farg`ona tizmasining janubi-g`arbiy yonbag`rini va yonbag`ir etagida joylashgan Norin, Moylisoy, Qoraungur, Kugart va yassi daryolari yoyilmalarini o’z ichiga oladi. Mutlaq balandligi janubi-g`arbida 400 m dan shimoli-sharqda 3000–4000 m gacha ko’tarilib boradi. O’zbekistonda bu rayonning faqat allyuvial-prolyuvial tekisliklardan va Qoradaryo vodiysidan iborat chekka janubi-g`arbiy qismi joylashgan. Rayon okrugda boshqa rayonlarga nisbatan tabiiy nam bilan eng yaxshi ta’minlangan. Rayonda 5 ta landshaft xili ajratilgan bo’lib, eng katta maydonni madaniy landshaftlar (88 %) egallagan.



Sharqiy Oloy rayoni Oloy tog`larining Shohimardon, Isfayramsoy, Aravonsoy, Oqbura, Qurshob daryolari havzalari joylashgan shimoliy yonbag`rini o’z ichiga oladi. Rayonning faqatgina shimoliy qismi O’zbekiston tarkibiga kiradi. Bu erlar adirlardan, adir oralig`i va adir ortidan, Oltiariqsoy, Shohimardonsoy, Isfayramsoy va Aravonsoyning yuzasi tekis yoyilmalaridan iborat. Rayon hududi balandroq va shimoliy ekspozistiya bo’lganligidan okrugda yozgi termik resurslarining biroz kamligi, lekin landshaftlarining xilma-xilligi bilan ajralib turadi. Rayonda 9 ta landashft xili ajratilgan. Rayon hududining 50 % idan ko’prog`i madaniy landshaftlarga to’g`ri keladi.
Qo’shimcha:
Farg`ona tabiiy geografik okrugi O`zbekistonning eng sharqida Tyanshan va Oloy tog` tizmalari orasidagi Farg`ona vodiysida joylashgan.

Farg`ona okrugini janubdan Turkiston va Oloy, sharqdan Farg`ona va Oto'ynoqi, shimoldan Chotqol, g`arbdan Mo`g`iltog` o`rab turadi. Faqat g`arb tomondan okrug torgina (8 -9 km) "Farg`ona" yoki "Xo`jand" darvozasi orqali Dalvarzin va Mirzacho`l tekisliklari bilan tutashib ketadi.

Farg`ona vodiysining uzunligi g`arbdan - sharqqa 370 km., o`rtacha kengligi 80 - 100 km, eng keng joyi esa sharqiy qismida bo`lib, 150 km ga yetadi. Farg`ona vodiysi bodom shakliga o`xshaydi.

Farg`ona vodiysining tekislik qismi Farg`ona botig`i deyiladi, uning atrofini geologik xususiyatlari va relyefi jihatdan bir - biridan farqlanadigan adir va tog`lar o`rab turadi.

Farg`ona okrugi tektonik botiqdan iborat bo`lib, asosan prollyuvial - allyuvial jinslar bilan to`ladi. Okrugning atrofini esa yosh (angropogen) burmalardan iborat mintaqa o`rab olgan. Bu yosh strukturani "adir" yoki "adir burmasi" deb yuritadilar.

Farg`ona okrugi mezazoy erasida sayoz dengiz suvi va botqoqliklar mavjud bo`lib, atrofda qalin o`rmonlar o`sgan. So`ngra bu o`simliklar qoldiqlari asosida ko`mir qatlamlari vujudga kelgan, paleogen davridagi suv havzalarida yashagan hayvon organizmlarining qoldiqlari asosida neft, gaz vujudga kelgan.

Farg`ona okrugi markaziy qismiga tomon pasaya boradi. Okrugni o`rab olgan adirlarning balandligi 600-1200 m. bo`lsa Isfara daryosining yoyilma konusi 540 m, Andijon shahri 496 m va Namangan shahri 449 m. dir. Farg`ona okrugining markaziy pasttekislik qismida cho`l landshafti hukmron, ba'zan qum massivlari , barxanlar ham uchraydi.

Farg`ona botig`ining markaziy qismida yanvarning o`rtacha harorati 3 gr. bo`ladi. Ba'zi yillari shimol va shimoli-sharqdan sovuq havo massasi esib, tog`lardan oshib o`tadi va okrug haroratini juda pasaytirib yuboradi. Ana shunday paytlarda eng past harorat -30, -31 gr. ga tushadi. Ammo qish faslida sovuqlar bilan birga, ba'zan +15gr. issiq kunlar ham bo`ladi.

May oyining ikkinchi yarmidan boshlab, havo isib ketadi yog`in miqdori keskin kamayadi, haqiqiy issiq, quruq yoz fasli boshlanadi. Farg`ona okrugida yoz issiq - iyulning o`rtacha harorati 26-27 gr. bo`lib, uzoq davom etadi. Vegetatsiya davri 235-240 kun ijobiy haroratning yig`indisi 4000-4800gr. Bu esa okrugda paxta kabi texnika ekinlarining, anor, anjir kabi subtropik o`simliklarning o`sishi uchun qulay imkoniyat beradi. Bir yilda faqat 50-62 kun davomida harorat 0 gr. dan past bo`ladi.

Okrugda yog`in miqdori 98-226 mm. Lekin yog`in miqdori hududning hamma yerida bir xil emas. Agar okrugning g`arbiy qismida (Qo`qon) 98 mm yog`in tushsa, sharqiy qismida (Andijon) 226 mm yog`in yog`adi. Buning asosiy sababi shuki, okrug relyefi g`arbdan – sharqqa balandlashib boradi.

Okrugda kuchli shamollar tez-tez takrorlanib turadi. Bu kuchli shamollar ichida "Qo`qon" va "Bekobod" deb ataladigan shamollar xarakterlidir.

Bu shamollar oktabr oyidan mart oyigacha hukmronlik qiladi. "Bekobod" shamoli okrugdan Mirzacho`l tomonga (Bekobod) qarab sekundiga 15-40 m tezlikda esadi, bahor va kuz oylarida teskari tomondan Qo`qon shamollari esadi.

Okrugda eng katta va sersuv daryolar Norin, Qoradaryo va Sirdaryodir.

Norin daryosi markaziy Tyanshan tog`laridan boshlanuvchi Kichik va Katta Norinning qo`shilishidan hosil bo`ladi. Norin qor va muzliklarni erishidan to`yinadi. Shu sababli Uchqo`rgon shahri yonida bir yilda o`rtacha sekundiga 427 m3 suv oqsa, shuning 44,9 % mart - iyun oylariga to`g`ri keladi. Yillik oqimning 35,9 % iyul, sentabrga, 19,2 % oktabr, fevral oylariga to`g`ri keladi.

Norin daryosi Namangan viloyatining Baliqchi qishlog`idan Qoradaryo bilan qo`shilib, Sirdaryo nomini oladi. Qoradaryo Farg`ona va Oloy tog`laridan boshlanuvchi Tor va Qoragulja daryolarning qo`shilishidan vujudga keladi. Qoradaryo qor va muzliklarning erishidan to`yinadi. Uning yillik o`rtacha suv sarfi Baliqchi qishlog`i yonida sekundiga 123 m3 bo`lib, shuning 46,4% iyul, sentabr oylariga va 39,2% oktyabr - fevral oylariga to`g`ri keladi.

Sirdaryo - Norin va Qoradaryoning qo`shilishidan vujudga keladi uni 300 km qismi Farg`ona okrugi hududidan oqib o`tadi. Uning yillik o`rtacha oqimi Kalqishloq yonida sekundiga 503 m3 bo`lsa, Qizil qishloqda sekundiga 570 m3 yillik oqimni 100% desak, shundan, Kalqishloq yonida 45,3 % mart – iyun, 27,4 % iyul - sentabr oylariga to`g`ri keladi.

Farg`ona okrugining 1500-3000 m chuqurlikdan issiq mineral suvlar: Chortoq, Go`rtepa, Qiziltepa kabi joylaridan chiqadi. Bu yerdagi termal yer osti suvlarining harorati 40-75C ga yetadi. Minerallar miqdori juda ko`p. Tarkibida yod, brom, sulfid, radon va boshqa moddalar bor. Bu esa yer osti suvlaridan faqat sug`orishda, shahar, qishloqlarni komunal xo`jalikni suv bilan ta'minlashgina emas, balki davolashda ham foydalanish uchun imkon beradi.

Farg`ona okrugining adirlarga tutashgan joyida rang, qo`ng`irbosh, shayton kovush kabi o`simliklar o`sadi. Ko`p yillik o`simliklardan oqquray, oqshuvoq, mingbosh, qizil burgan kabilar ham mavjud. Okrugning markaziy qismidagi sho`rxok yerlarda baliqko`z, seta, sho`ra ko`p o`sadi. Bulardan tashqari bu qismda yulg`un va ayrim efemerlar o`sadi. Qator-qator qum tepalar bo`lgan yerlarda esa juzg`un, quyonsuyak, qizilcha, tariqbosh, qizilcho`p, urg`ochi selin o`sadi. Dehqonchilik qilinadigan hududlarda yantoq, eshaksho`ra, kakra kabi o`simlik uchraydi.

Okrugda eng ko`p uchraydigan hayvon turlaridan kalamush, ko`rsichqon, bo`rsiq, bo`ri, tulki, jayra, kaltakesaklar, qushlardan esa chugurchuk, so`fito`rg`ay. To`qay hayvonlaridan chiyabo`ri, o`rdak, g`oz, qirg`ovullarni aytib o`tish mumkin.

Farg`ona okrugining tabiati go`zal, shifobaxsh, tabiiy resurslari xilma - xil bo`lganligidan uni Turkistonning "durdona"si deb atashadi.

Farg`ona okrugi o`z navbatida markaziy Farg`ona va adirlar deb ataladigan 2 ta tabiiy geografik rayonga bo`linadi.

Markaziy Farg`ona tabiiy geografik rayoni. Markaziy Farg`ona tabiiy geografik rayoni o`z navbatida o`z ichiga vodiyning akkumulyativ tekislik qismidan o’tadi va uning atrofini adirlar o`rab olgan. Markaziy Farg`ona tabiiy geografik rayoni yer usti tuzilishi jihatidan tekislik bo`lib, unda Sirdaryoning yangi va 3 ta eski terassalari joylashgan, hamda allyuvial yotqiziqlardan shag`al, qum, lyossimon qum, qumoqlardan tashkil topgan.

Tekisliklarning markaziy qismida esa eol qumlar, taqirlar va sho`rxoklar uchraydi. Rayonda joylashgan Sirdaryoning uchinchi eski terassasi esa tog`lardan boshlanuvchi daryo va soylar keltirgan yoyilmali, prollyuvial tekisliklarda tutashib ketadi.

Iqlim sharoiti jihatidan atrofini o`rab olgan adir tabiiy geografik rayondan kam farq qilib, qishi uncha sovuq (yanvarning o`rtacha harorati -2C) emas, lekin yozi issiq (iyulning o`rtacha harorati 26-28 C) va quruq bo`lib okrugdagi eng kam yog`in tushadigan yillik yog`in miqdori 100-150 mm ga yetadi.

Markaziy Farg`ona tabiiy geografik rayonining hududida faqat Sirdaryoning yangi qayiri va Markaziy qismdagi kichik qumliklar hamda sho`rxok joylar o`zlashtirilmagan xolos.

Markaziy Farg`ona tabiiy geografik rayoni quyidagi landshaftlarga bo`linadi.

1. Markaziy Farg`ona tabiiy geografik rayonining markaziy qismida joylashgan oq saksovul va boshqa qumda o`sadigan psammofit o`simliklar mavjud bo`lgan delta tekisliklarida joylashgan eol qumlik landshaft.

2. Rayonning markaziy qismida bir yillik sho`ra o`suvchi pastqam joylardan iborat bo`lgan sho`rxokli delta tekisliklardan iborat landshaft.

3. Sirdaryoning qayirlarida joylashgan qamish va to`qay o`simliklari o`suvchi o`tloq allyuvial, o`tloq - botqoq tuproqli tekisliklar landshafti.

4. Markaziy Farg`ona tabiiy geografik rayonining asosiy qismini tashkil etgan madaniy landshaft.

II. Adirlar tabiiy geografik rayoni o`z ichiga Markaziy Farg`ona tabiiy geografik rayonining atrofini o`rab olgan adirlarni oladi. Adirlar paleogen , neogen va antropogen davrlarning tog` jinslaridan tashkil topgan bo`lib, mutloq balandliklari 400-500 metrdan 1000-1200 metrgacha boradi.

Adirlar asosan konglomerat va chaqir toshli jinslardan iborat bo`lib, ba'zi joylari lyoss bilan qoplangan. Adirlar past baland bo`lib, ko`p joylarni soy hamda jarlar kesib o`tib, alohida-alohida qismlarga bo`linib ketgan. Adirlar qurg`oqchil suvsiz xususiyatga ega bo`lib ko`p joylarda shag`al va chaqir toshli, ular ustida esa juda siyrak o`simliklar o`sadigan bedlend joylarni eslatadi.

Vodiyning janubiy qismidagi adirlarni (So`x daryosidan g`arbda bo`lganini) Qoratog`, Guzan, Burganney (So`x daryosidan sharqdagisini) Chimyon, Qopchigay, Naymon, Polvontosh, Janubiy Olamushuk nomlar bilan taniladi.


Markaziy Farg`ona tabiiy geografik rayonining shimoliy qismidagi adirlar Digmay, Ispisor, Supatog`, Oqbel, Oqchop, Chust, Pop, Namangan, Maylisoy kabi nomlar bilan ataladi. Adirlar tabiiy geografik rayonini iqlimiy xususiyatiga ko`ra vodiyning shimoliy va janubiy qismidagi adirlar bir-birovidan farq qiladi. Janubdagi adirlarda yozgi harorat shimoldagi (quyoshga qaragan adirlarga nisbatan) adirlardan bir oz past, yog`in kamroq.

Adirlar tabiiy geografik rayonida quyidagi landshaft turlari uchraydi.

1. Farg`ona vodiysining shimoliy va janubida joylashgan asosan shuvoq o`suvchi ko`p qismlarda shag`aldan iborat bo`lgan chaqir toshli va skeletli tipik bo`z tuproq tarqalgan adirlar landshafti.

2. Farg`ona vodiysining shimoli, shimoli- sharqida joylashgan efemer va efemeroid o`simliklari o`suvchi yengil mexanik tarkibga ega bo`lgan och bo`z tuproqli adirlar landshafti.

3. Farg`ona vodiysining shimoli-g`arbida joylashgan siyrak holda shuvoq o`suvchi chaqir toshli tipik bo`z tuproqlar tarqalgan adirlar landshafti.

4. Adirlar orasida joylashgan va xo`jalikda o`zlashtirilgan madaniy landshaft.




1 Р-вегитация давридаги ўртача ёg`ин-сочин миqдори.

-суткалик ўртача hарорат +100 дан юqори бўлган даврнинг hарорат йиg`индиси.


2 Qаранг: Ўзбекистон Республикасида атроф табиий муhит муhофазаси ва табиий ресурслардан фойдаланишнинг hолати тўg`рисида миллий маъруза. Chinor ENK, Тошкент, 2006. 15-24 бетлар.



Download 1.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling