Buxoro davlat universiteti pedagogika fakulteti pedagogika va psixologiya ta
Download 0.81 Mb.
|
yetuklik davrining ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini amaliy jihatdan tadqiq etish (1)
Xarakterning tarkib topishi
Psixologiyada irsiyat bilan xarakterning munosabati to‘g‘risida xilma-xil (Krechmer, Sheldon va boshqalarning) qarashlar mavjud. Aksariyat psixologlarning etishlaricha, organizmning nasliy xususiyatlari xarakter xislatlarining paydo bo’lishidagi shartlaridan biri hisoblanadi, xolos. Ma’lumki xarakter xususiyatlari irsiyatning biologik qonuniyatlari bilan emas, balki ijtimoiy qonuniyatlari bilan tavsiflanadi. Ushbu masalani irsiyatga bog’lab tushuntirish gomozigot egizaklarni o‘rganish orqali inkor qilinadi, chunki ularning nasliy xususiyatlari aynan bir xildir. Ular temperament xususiyatlariga ko’ra tubdan o’xshash bo’lsa-lar-da, ammo xarakter xislatlariga ko’ra bir-biridan keskin farq qiladilar. Shuning uchun xarakter shaxsning turmush sharoitiga bog’liqligini: a) uning fiziologik asosi ham; b) tashqi taassurotlar tizimi tufayli vujudga keladigan shartli reflektorning funksional holati ham tasdiqlaydi. Xarakter tarkib topishi muayyan qonuniyatlar ta’sirida amalga oshadi. Xarakterning har bir xususiyati shaxsning munosabatlariga bog’liq bo’lib, ular o‘z navbatida ijtimoiy munosabatlar bilan belgilanadi. Nasliy xususiyatlari bir xil bo’lgan egizaklarda, turlicha ijtimoiy muhitda xarakter xislatlari har xil shakllanadi. Shu sababdan, ijtimoiy tuzumni tavsiflovchi keng ijtimoiy munosabatlar, shaxsning ijtimoiy tipik xususiyatlarinigina emas, balki xarakterning individual xususiyatlari tarkib topishiga ham katta ta’sir o’tkazadi. Ijtimoiy munosabatlarga bevosita yoki bilvosita bog’liq tarzda, oilada va mehnat jamoalarida — xayrixoxlik, urtoklik, o‘zaro yordam, xamkorlik yoki, aksincha, johillik, zolimlik, badjahllik kabi shaxslararo munosabatlar tarkib topa boshlaydi. Oilaviy muxit, undagi shaxslararo munosabatlar, farzandlarning ko’p-ozligi, yoshidagi farqi, nizoli vaziyatlar va ularning ko’rinishi, ota-ona munosabatiga asoslangan holda xarakterning o‘ziga xos xususiyatlari shakllanadi. Bolalar bog’chasidagi, maktabdagi shaxslararo munosabatlar ham xarakterning maxsus xislatlarini tarkib toptiradi. Taraqqiyot va tarbiyaning ijtimoiy sharoitlari hamda ularning psixikaning irsiy-individual xususiyatlari bilan o‘zaro munosabati xarakter xislatlarini to’g’ridan-to’g’ri tavsiflamay, balki shaxsning faoliyati orqali belgilanadi. Uning faoliyatiga taalluqli aynan bir xil ijtimoiy sharoitda ham bir xil irsiy xususiyatlardan turli xarakter xislatlari shakllanadi. Xarakterning tarkib topishida taqlidchanlikning o’rni katta bo’lib, u harakat usullari avtomatlashuvining bosh manbai hisoblanadi. Tarkib topish jarayonida taqlidchanlikning ahamiyati ko’p jihatdan ifodali xatti-harakatlarning shaxs emotsional kechinmalariga ta’siri bilan belgilanadi. Taqlidchanlik xatti-harakat namunasiga taqlid qilishga mo’ljallangan shaxs munosabatlari tomonidan motivlashtirilgandagina xarakter xislatlari shakllanishining shartiga aylanadi. Xarakterning shakllanishida muayyan psixik faoliyatga yaxlit obyektiv va subyektiv mayllik tarzidagi ko’rsatma berish psixologik mexanizm negizida yuzaga kelgan avtomatlashish uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Ustanovka odatlardan farqli o’laroq, muayyan harakatlarga tayyor turishgina bo’lmay, balki bilish jarayonlariga, hissiy va irodaviy reaksiyalarga ham tayyor turishdir. Xarakterning hosil bo’lishida nizoli vaziyatlar alohida ahamiyat kasb etadi. Xarakter faqat murakkab va keskin vaziyatlarda aniq namoyon bo’lib qolmay, balki u mazkur holatlarda ham tarkib topadi. Odatda, xarakter xislatlarning o‘zgarishidagi individual farqlar shaxsning nizoli vaziyatdan chiqish uchun qanday yo’l topishiga, binobarin, inson sharoitdan kelib chiqib, qanday xatti-harakatni amalga oshirishga qaror qilishiga bog’liq. Shunday qilib, shaxs o‘zining butun hayoti va faoliyati davomida o‘z xatti-harakatlari, odatlari bilan o‘z xarakter xislatlarini o‘zi yaratadi va ularni boshqarishga odatlanadi. Download 0.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling