Psixologiya fanlari nomzodi, dotsent D.SH. Barotova
Buxoro davlat universiteti Pedagogika fakulteti Pedagogika va psixologiya ta`lim yo`nalishi bitiruvchisi Odilova Dildoraning “Yetuklik davrining ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini amaliy jihatdan tadqiq etish” mavzusidagi bitiruv malakaviy ishiga ilmiy rahbar
XULOSASI
Mustaqillik boy ma’naviyat va psixologiya ilmidan oqilona va omilkorlik bilan foydalanishni taqozo etmoqda. Hozirgi kunda yosh psixologiyasida umr davrlari bo’yicha qimmatli-amaliy ma’lumotlar to’plangan bo’lib, endigina asosiy vazifa ana shu ma’lumotlarni ijtimoiy hayotning barcha sohalarida qo’llashdan iborat.
Har bir davrning psixologik xususiyatlarini hisobga olgan holda ta’lim-tarbiyaviy ta’sir o’tkazish insonda o’z vaqtida o’zini-o’zi anglashni vujudga keltiradi. Buning natijasida odamlarda e’tiqod, dunyoqarash, ideal, muomala muloqot, mustaqil xulq-atvor samarali shakllanadi.
Yosh psixologiyasida yetuklik davri eng muhim umri hisoblanib, bu davrda o’gil-qizlar jismonan baquvvat, o’qishni tugatgan, mustaqil mehnat qila oladigan, oliy maktabda o’zini sinab ko’radigan imkoniyatga ega bo’ladi, ma’naviy jihatdan yetuklikka erishadi. Bu davrda odam fuqaro sifatida ijtimoiy jihatdan voyaga yetishi, hayotda o`z o’rnini topishi, o’z taqdirini o`zi hal qilishi va yetuk shaxs sifatida ma’naviy o’sish uchun jamiki shart-sharoitlarni yaratadi.
Bitiruv malakaviy ishining maqsadi - yetuklik davrining o`ziga xos psixologik xususiyatlarni o’rganishdan iborat. Bitiruv malakaviy ishining predmeti – yetuklik davrining o`ziga xos ijtimoiy-psixologik jihatlarini tadqiq etilgan.
Bitiruv malakaviy ishining metodologik asosi sifatida yetuklik davrining psixologik o`ziga xosligini tadqiq etishda kompleks yondashuvlardan B.G.Ananyev, P.K.Anoxin, S.L.Rubinshteyn, A.N.Leontevlarning ilmiy izlanishlari asos bo`lib xizmat qildi. Shuningdek, sharq mutafakkirlarining komil inson to`g’risidagi ta'limotlari, Prezidentimiz I.A.Karimovning asarlaridan foydalanildi.
Bitiruv malakaviy ishi o`rnatilgan talablar asosida tayyorlangan va himoyaga tavsiya etaman.
Psixologiya kafedrasi o`qituvchisi Sh.Sh. Ostonov
Do'stlaringiz bilan baham: |