Buxoro davlat universiteti pedagogika fakulteti pedagogika va psixologiya ta
Download 0.81 Mb.
|
yetuklik davrining ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini amaliy jihatdan tadqiq etish (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ekzaltatsiyalanganlik
Muvozanatsiz qo‘zg‘aluvchanlik
Ba’zida jahlingiz chiqib turganda Siz bilan gaplashmagan ma’qulmi? Jahlingiz tez chiqib, g‘azablanib ketasizmi? Sizda xavfsirash, biror yomon narsa ro‘y beradigandek ichki bezovtalik tez-tez bo‘lib turadimi? Bolalikda uydan qochganmisiz? Sizning, atayin qo‘pol holda jahlingizni chiqarishsa, o‘zingizni yo‘qotib, qo‘lingizga erk berishingiz ham mumkinmi? O‘z kelajagingizga pessimistik munosabatdamisiz? Distimlik Siz o‘ta jiddiy odammisiz? Tushkunlik kayfiyati sizda tez-tez bo‘lib turadimi? Siz uchun hayot og‘irdek tuyuladimi? Ba’zan ko‘z ko‘rib, quloq eshitmagan joylarga bosh olib ketgingiz keladimi? Suhbat davomida ba’zan kerakli so‘z topa olmay qolasizmi? Siz boshqalarga qaraganda kamroq kulasizmi? Ekzaltatsiyalanganlik Siz biror narsadan cheksiz-chegarasiz taajjublana olasizmi? Xursandchiligingiz kuchliligidan «teringizga sig‘may ketadigan» hollaringiz ham bo‘ladimi? Ba’zida shunday tushkunlikka tushasizki, hayotning ma’nosi yo‘qdek tuyuladimi? Kayfiyatingiz qisqa muddat ichida shunday keskin o‘zgaradiki, o‘ta xursandchilik chuqur qayg‘ugacha o‘zgarishi mumkinmi? Ko‘paytiruvlardan so‘ng ballar jami maksimum - 24. Ba’zi manbalarga ko‘ra 12 baldan yuqori ko‘rsatkich aksentuatsiya belgisi hisoblanadi. Boshqalar, savolnomani amaliyotda qo‘llash asosida 15 balldan 19 ballgacha bo‘lgan ko‘rsatkich u yoki bu aksentuatsiya tipiga tendensiya borligi haqida so‘z yuritadilar va faqat 19 balldan yuqori ko‘rsatkich xarakteri aksentuatsiyalangan deb ko‘rsatadi. Olingan ko‘rsatkichlar "shaxsning aksentuatsiyalangan profili" namoyon etilishi mumkin. Bu test bo‘yicha ko‘pchilikning ko‘rsatkichlari o‘rta me’yordan chetga chiqmaydi. Sizni natijangiz 19 balldan yuqori bo‘lmasa, gap sizning shaxsingiz aksentuatsiyasi haqida emas, faqatgina xarakter va temperamentning alohida xususiyatlari haqida bo‘ladi. Shu bois biror - bir aksentuatsiyaning tavsifini o‘zingizni shaxsiy tavsifnomangiz deb qabul qilmang. Esda tuting, psixologiyada shaxsning yaxshi yoki yomon xususiyatlari yo‘q. Sizni boshqalardan yoki boshqalarni sizdan farqlaydigan individual xususiyatlar bor xolos. Sizning kayfiyatingiz, ruhiyatingiz, ba’zan shu xususiyatlarning qanday qabul qilishingizdan, boshqalarga zarar etkazmasdan o‘zingizni foydangizga ishlata bilishingizga bog‘liq. Psixologik nuqtai nazardan yaxshi va yomon xususiyatlar bo‘lmaydi degan prinsipga asoslansak "ayb qilma”degan jumlani tushunishimiz mumkin. Leongard tomonidan belgilangan aksentuatsiyalangan shaxslarning 10 tipi 2 guruhga bo‘lingan: xarakter aksentuatsiyasi (namoishkor, pedantik, botib qoluvchi, qo‘zg‘aluvchi) va temperament aksentuatsiyasi (gipertimik, distimik, xavotir-qo‘rquvchan, siklotimik, affektiv, emotiv). Download 0.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling