Buxoro davlat universiteti pedagogika fakulteti pedagogika va psixologiya ta
Download 0.81 Mb.
|
yetuklik davrining ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini amaliy jihatdan tadqiq etish (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Reaktik qarshilik yoki ta’sir ko‘rsatish madaniyati
Nonkonformizm-chi? Kimlar o‘zgalar fikriga ergashmaydi? Shunday insonlar toifasi borki, ular ko‘pchilikka, qolaversa, ikkilanuvchilarga ergasholmaydi. Ular haqida ba’zan liderlar termini, ba’zida esa, “qo‘shilmaslar” iborasi ishlatiladi. Bu yaxshimi yoki yomonmi? O‘zbeklarda “Podadan ajraganni bo‘ri yeydi” degan maqol bo‘lishiga qaramay, aynan ana shunday yagonalar, kamchilikni tashkil etuvchi “qo‘shilmaslar” tarixiy shaxslar yoki jamiyatda tub islohotlarni boshlovchilar bo‘lib chiqadi. Agar bunday qobiliyat tug‘ma – xarizmatik bo‘lib, buni odamlar qalban his qilsalar, ular norasmiy liderlarga aylanadi, agar bunday intilish ataylab, boshqalarga ko‘rsatib qo‘yish uchun namoyish etilsa, ular rasmiy liderlarga – rahbarlarga aylanib qoladilar. Nima bo‘lganda ham liderlik va rahbarlik muammolari ham ijtimoiy psixologiyaning ustivor yo‘nalishlaridan hisoblanadi.
Reaktik qarshilik yoki ta’sir ko‘rsatish madaniyati Mafkuraviy tarbiya mafkuraviy kurashlar tajribasi shuni ko‘rsatadiki, odamlarga ataylab, qo‘pol tarzda tazyiq ko‘rsatilsa, ularda teskari reaksiya, reaktiv qarshilik (reaktivnoe soprotivlenie) sodir bo‘ladi. Agar ana shunday qarshilik bir vaqtda ko‘pchilik tomonidan namoyon etilsa, bunda isyon, g‘alayon paydo bo‘ladi. Aslida bizning tabiatimiz shundayki, biz kimlardandir juda keskin farq qilgimiz kelmaydi, shu bilan birga o‘zimizga xosligimizni saqlashga ham urinamiz. Ana shu o‘zimizga xosligimizni anglash uchun ham bizga odamlar, guruhlar, tengdoshlarimiz jamiyati kerak. Bunday holatlarning o‘rganilishi aslida inson va jamiyat e’tiqodlarining uyg‘unligi muammosining bizda mavjudligini ham ma’lum ma’noda izohlaydi. Tabiiy, bizda u yoki bu xususda e’tiqodiy ishonchning bo‘lishiga turli ma’lumotlar sabab bo‘ladi. Ijtimoiy psixologiyada shunday qonuniyat borki, agar birlamchi ma’lumot ijobiy bo‘lsa, o‘sha ma’lumotga bog‘liq barcha hodisa yoki jarayonlar ham ijobiy baholanadi. Masalan, agar biror narsa to‘g‘risida qarorga kelishdan oldin aniq faktlar keltirilgan bo‘lsa, va bu narsa o‘sha jarayonning noto‘g‘ri idrok etilishiga olib kelsa, shu faktdan kelib chiqqan har qanday fikr ham bizning xotiramizda qoladigan ma’lumotlar xarakterini salbiylashtiradi. Bugun yoshlarda sog‘lom e’tiqod va dunyoqarashlarni shakllantirish muammosi o‘ta dolzarb ekan, odamning qanday ma’lumotlarga o‘chligi, bunda kimlar ko‘proq ta’sirli rol o‘ynashi masalasi ham ijtimoiy-psixologik muammo ekanligini alohida ta’kidlash mumkin. Bizning ijtimoiy-madaniy xududimizda odamlar eng avvalo asosli, argumentlarga asoslangan ma’lumotlardan ko‘ra, tasodifiy ma’lumotlarga, mish-mishlarga tezroq ishonadilar. Ayniqsa, bu narsa xususida ularda aniq shakllangan fikr bo‘lmasa, masalan, diniy bilimlar cheklangan sharoitda har qanday manbadan kelgan, har qanday ma’lumotlarga yoshlarimiz va ayollarning ishonishlarini o‘zimiz guvohi bo‘ldik. Aslida, bu o‘rinda odamlarning ma’lumotliligi darajasi katta rol o‘ynaydi. Masalan, ma’lumotli odamlar uchun o‘zida ham tasdiqlovchi, ham inkor etuvchi, ham ijobiy, ham salbiy xarakterli fikrlarni mujassam etgan agrumentlar ishonchliroq hisoblanadi. Chunki agar suhbat jarayonida tinglovchi fikringizni ma’qullayotganligini ko‘rib, hadeb yana chaynab, umumiy opponentga qarshi fikrlarni aytaversangiz, uning sizning fikringizga nisbatan so‘hbat boshida shakllangan ishonchi va e’tiqodini yo‘qotib qo‘yish hech gap emas. Dyuma yozgan ekan: “Qanchalik yaxshi gapirmang, agar Siz juda ko‘p gapirsangiz, fikringiz bema’nilashib boraveradi”. Umuman, bizda odamlarning bir-birlariga ta’sir ko‘rsatishlarining asosiy vositasi so‘z, hukm, ta’sirli gaplar hisoblanadi. Lekin bizda bolalarni yoki xotin-qizlarni biror narsaga astoydil ishontirgimiz kelsa, qo‘rqitish metodidan ham foydalanamiz, ya’ni ularning aqliga, e’tiqodiga emas, balki hissiyotlariga ta’sir qilamiz. Albatta, aytilgan kontingientda bu o‘ziga xos samara beradi. Lekin shu narsa ham borki, va bu juda nozik ijtimoiy-psixologik fenomen hisoblanadi, hadeb qayta-qayta beriladigan o‘git, nasihat, tanbeh yoki majburiy reklama odamlarda, yuqorida ta’kidlaganimizdek, reaktiv qarshilikni (Reaktivnoe soprotivlenie) keltirib chiqaradi. Shuning uchun bo‘lsa, kerak, qattiq nazoratda o‘qigan bola befikr, no‘noq va bilimi kuchsiz bo‘lib qoladi, hadeb qaynonasining tanbehi va qaytarishlaridan bezor bo‘lgan kelin ishning teskarisini qila boshlaydi. Fikrdagi mantiqsizlik va uzuq-yuluqlikni his qilgan tinglovchida ham ana shunday teksari himoya refleksi shakllanadi. Ijtimoiy psixologiya e’tiqodni shaklanganligini turli yo‘llar bilan tekshirishi mumkin. Masalan, hozir, bevosita ta’sirlanishning vizual aniqlash vositalari ham borki, ularni ko‘z bilan joyida ilg‘ab olasiz: ijobiy, ma’qul fikrlarga odam beihtiyor boshini vertikal tarzda, mos kelmaydiganiga gorizontal tarzda harakatlantiradi. Demak, agar bugun biz yoshlar e’tiqodi va dunyoqarashini milliy istiqlol qoyalari, ularning asosiy tushuncha va tamoyillari orqali ongga singdirar ekanmiz, uning samaradorligi monitoringini ham olib borish kerak. Chunki yoshlar jamiyat istiqboli, rivoji, Vatan ravnaqining omillari, ijtimoiy fikrning holati xususida biz bilan hamfikr, tengfikr, hattoki, qaysidir jihatdan, o‘tkirroq ham bo‘lishi mumkin Bu o‘rinda yana bir nozik sir bor. Agar odam o‘z xohish-irodasi bilan, bajonidil bajarayotgan ishiga haq to‘lashsa, ya’ni dunyoqarashning xarakterini baholashsa, maqtashsa, rag‘batlantirishsa, hattoki, pul to‘lashsa, u o‘z harakatlarini tashqaridan boshqariladigan, deb hisoblab, o‘zini boshqacha, sun’iy tutishi mumkin, hattoki, fikridan qaytishi ham mumkin. Bu o‘rinda amerikalik olimlar o‘tkazgan eksperiment juda o‘rinli: ko‘chada bir to‘p bola har kuni o‘ynaydi. Ma’lumki, o‘yin inson faoliyatining eng tabiiy ko‘rinishi bo‘lib, uni bolalar bajonidil, tazyiqsiz, kerak bo‘lsa, umuman, kattalarning aralashuvisiz amalga oshiradilar. O‘sha eksperimentda kattalardan biri birinchi marta o‘ynayotganlari uchun bolalarning har biriga 50 sentdan pul bergan. Keyingi safar u yana bolalar o‘yinini ma’qullab, 40 sentdan bergan, keyingisida – 25 sent, undan keyin – 15 sent va oxiri 10 sentga tushirganda, bolalar o‘sha ko‘chada o‘ynamay qo‘yishgan ekan. Ya’ni, tashqi nazorat va tobelik tabiiy faoliyatga ziddir. Demak, bolaning ichki ehtiyoji, motiviga aylangan narsa uchun uni maqtash, bahosini oshirish, undagi ichki motivatsiyani tormozlaydi, aytilayotgan gaplar yoki o‘gitlar “begonaning” e’tiqodiga aylanishi mumkin. Shuning uchun e’tiqod masalasida insonlar o‘rtasidagi shunday munosabatlar zarurki, u shaxsga fikrlash imkoniyatini bersin. Download 0.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling