Buxoro davlat universiteti pedagogika fakulteti pedagogika va psixologiya ta
Download 0.81 Mb.
|
yetuklik davrining ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini amaliy jihatdan tadqiq etish (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- MAVZU: YETUKLIK DAVRINING IJTIMOIY-PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARINI AMALIY JIHATDAN TADQIQ ETISH Ilmiy rahbar: Psixologiya kafedrasi o`qituvchisi Sh.Sh. Ostonov
- I BOB. YETUKLIK DAVRINING O`ZIGA XOS PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARINI NAZARIY JIHATDAN O’RGANISH
- II BOB. YETUK SHAXS PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARINI TEKSHIRISH USULLARI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI PEDAGOGIKA FAKULTETI PEDAGOGIKA VA PSIXOLOGIYA TA’LIM YO‘NALISHI IV KURS TALABASI ODILOVA DILDORA RUSTAM QIZINING BITIRUV MALAKAVIY ISHI MAVZU: YETUKLIK DAVRINING IJTIMOIY-PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARINI AMALIY JIHATDAN TADQIQ ETISH Ilmiy rahbar: Psixologiya kafedrasi o`qituvchisi Sh.Sh. Ostonov Buxoro - 2016 MAVZU: YETUKLIK DAVRINING IJTIMOIY-PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARINI AMALIY JIHATDAN TADQIQ ETISH REJA: KIRISH I BOB. YETUKLIK DAVRINING O`ZIGA XOS PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARINI NAZARIY JIHATDAN O’RGANISH Xorijiy va mahalliy olimlar tomonidan yetuklik davrining o’rganilganlik darajasi Yetuklik davri va uning o`ziga xos psixologik xususiyatlari Yetuk shaxs faoliyatiga ta’sir etuvchi ijtimoiy-psixologik omillar II BOB. YETUK SHAXS PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARINI TEKSHIRISH USULLARI 2.1. Shaxsning individual psixologik xususiyatlari psixodiagnostikasi va psixokorreksiyasi 2.2. Shaxsning psixologik xususiyatlari empirik tekshirish natijalari XULOSA ADABIYOTLAR RO‘YXATI ILOVA KIRISH Mavzuning dolzarbligi. Respublikamizda o`ziga xos izchillik bilan amalga oshirilayotgan barcha islohotlarning tub markazida shaxs va uning ijtimoiy taraqqiyotini ta`minlashga qaratilgan qator chora-tadbirlar yotadiki, bu jarayonda psixologik yondashuvlar muhim ahamiyat kasb etadi. Zero, har bir shaxs va uning ijtimoiy muhit bilan bog`liq o`ziga xos psixologik imkoniyatlariga yetarlicha baho bermay turib shaxsning taraqqiyotiga hozirgi zamon talablariga mos tarbiyaviy ta`sir etish juda mushkuldir. Prezidentimiz I.A.Karimov «Yuksak ma`naviyat - yengilmas kuch» asarida “Odobli, bilimdon va aqlli, mehnatsevar, iymon-e`tiqodli farzand nafaqat ota-onaning, balki butun jamiyatning eng katta boyligidir” – deb ta`kidlaganlar. Rivojlanib borayotgan jamiyatimizda sog`lom avlodni, komil insonlarni voyaga yetkazish masalasiga katta e`tibor berilmoqda. Ta`lim jarayonida pedagog bilan o`quvchilarning o`zaro hamkorlik faoliyatiga xos ijtimoiy psixologik uyg`unlikni tashkil etish, ta`lim subyektlarini mustaqil, ijodiy fikrlashga o`rgatish ularning kasbiy tayyorlash muhitini takomillashishi va yuksalishiga olib keladi. Zero, ontogenetik rivojlanishning o`smirlik davri eng murakkab hamda psixologik inqirozlar bilan uyg`unlashib ketgan, quvvati yuqori, shijoatli, yangilikka chanqoq, olamni o`zlashtirishga intiluvchan, mustaqillikka moyil, egiluvchan, xulq-atvorida ijtimoiy me`yorlarning shakllanishi jadal sur`at bilan kechadigan davr bo`lib hisoblanadi. Respublikamizda izchillik bilan amalga oshirilayotgan “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da mazkur muammoga alohida e`tibor qaratiladi. Xuddi shu sababli, ta`lim jarayonida o`qituvchi bilan o`quvchilar o`rtasidagi munosabatlar hamda psixologik hamkorlik faoliyatining yangi bir bosqichga o`tib borayotganligini ta`kidlash mumkin. Barkamol avlod kamoloti g`oyasini turmushga tatbiq etish uchun istiqlolning dastlabki kunlaridanoq milliy ma`naviyat, milliy ta`lim va tarbiya masalalari yetakchi muammolardan biri hisoblanmoqda. Ma`lumki, ta`lim-tarbiya ongning mahsuli va ongning darajasi bo`lish bilan birga ongning rivojini ham belgilaydigan omildir. Mamlakatimizdagi mustaqil, huquqiy demokratik davlat, erkin fuqarolik jamiyat qurish yo`lidagi ulkan ishlar inson mohiyatini yangidan kashf qilishga, uning o`zligini anglashdagi imkoniyatlarini ro`yobga chiqarishga va ma`naviy barkamol, intellektual hamda aqliy-amaliy jihatdan mukammal yetuk kadrlarni tayyorlash uchun yangi shart-sharoitlar yaratib bermoqda. O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining ikkinchi chaqiriq to`qqizinchi sessiyasida I.A. Karimovning “O`zbekistonda demokratik o`zgarishlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirishning asosiy yo`nalishlari” mavzuidagi qilgan ma`ruzalarida O`zbekistonda fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirishning asosiy yo`nalishlarida yetakchi ustuvor vazifa sifatida “barcha islohotlarning bosh yo`nalishi va pirovard natijasini belgilab beradigan inson omili va mezoni” ekanligi ta`kidlangan edi. Mustaqillik boy ma’naviyat va psixologiya ilmidan oqilona va omilkorlik bilan foydalanishni taqozo etmoqda. Hozirgi kunda yosh psixologiyasida umr davrlari bo’yicha qimmatli-amaliy ma’lumotlar to’plangan bo’lib, endigina asosiy vazifa ana shu ma’lumotlarni ijtimoiy hayotning barcha sohalarida qo’llashdan iborat. Har bir davrning psixologik xususiyatlarini hisobga olgan holda ta’lim-tarbiyaviy ta’sir o’tkazish insonda o’z vaqtida o’zini-o’zi anglashni vujudga keltiradi. Bolada o’zini o’zi anglash tuyg’usi qancha erta uyg’onsa, shaxsiy nuqtai nazar, o’z huquqini o’zi his etish o’zining aqliy va jismoniy imkoniyatlarni baholash shunchalik tez paydo bo’ladi. Buning natijasida odamlarda e’tiqod, dunyoqarash, ideal, muomala muloqot, mustaqil xulq-atvor samarali shakllanadi. Yosh psixologiyasida yetuklik davri eng muhim umri hisoblanib, bu davrda o’gil-qizlar jismonan baquvvat, o’qishni tugatgan, mustaqil mehnat qila oladigan, oliy maktabda o’zini sinab ko’radigan imkoniyatga ega bo’ladi, ma’naviy jihatdan yetuklikka erishadi. Bu davrda odam fuqaro sifatida ijtimoiy jihatdan voyaga yetishi, hayotda o`z o’rnini topishi, o’z taqdirini o`zi hal qilishi va yetuk shaxs sifatida ma’naviy o’sish uchun jamiki shart-sharoitlarni yaratadi. Hozirgi eng dolzarb muammolardan biri oliy o’quv yurtlardagi ta’lim-tarbiya ishlari samaradorligini keskin oshirishdan iboratdir. Chunki respublikamizning rivoji ravnaqi va istiqboli ko’proq oliy maktab tayyorlayotgan mutaxassislarning mahoratiga bog’liqdir. Mamlakatimizni rivojlangan mamlakatlar qatoriga qo’shishi ko’p jihatdan ma’naviy yetuk barkamol shaxslarga bog’liqdir. Bu esa bugungi ta’lim-tarbiyaning asosiy vazifasidir. Bunda har tomonlama ma’naviy yetuk shaxsni tarkib toptirishda ayniqsa yetuklik davri eng muhim davr hisoblanadi. Muhtaram Prezidentimiz I.A. Karimov yoshlarimiz ma’naviy tarbiyasi haqida shunday qimmatli fikrlarni aytib o’tgan. “Biz xalqimizning dunyodagi hech kimdan kam bo’lmasligi, dono va albatta baxtli bo’lib yashash uchun bor kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etayotgan ekanmiz, bu borada ma’naviy masalasi hech shubhasiz, beqiyos ahamiyat kasb etadi. Agar biz bu masalada hushyorlik va sezgirligimizni qat’iyat va ma’suliyatimizni yo’qotsak, bu o’sha muhim ishni o’z xohishiga, o’zi bo’larchilikka tashlab qo’yadigan bo’lsak, muqaddas oziqlangan ma’naviyatimizdan, tarixiy xotiramizdan ayrilib, oxir-oqibatda o’zimiz intilgan umumbashariy tarraqiyot yo’lidan chetga chiqib qolishimiz mumkin”. Bugungi kunda ta’lim tarbiyaning asosiy vazifasi ma’naviy yetuk barkamol shaxsni tarbiyalashga qaratilgan. Inson omili, komil inson psixologiyasining bosh vazifasiga aylanib, uning xususiyatlari, fazilatlari, sifatlari, ichki imkoniyatlari, iste’dod alomatlari, qancha erta ro‘yobga chiqarilsa, demak taraqqiyotning yuzaga keltiruvchi barkamol shaxslarni shakllantirish shunchalik tezlashadi. Shaxs komillik sari qanchalik tezkor harakat qilinsa, u kamolotni ertaroq egallaydi, taraqqiyotni esa jadallashtirishga ko‘proq hissa qo‘shadi. Bunday barkamol shaxslarni tarbiyalab yetishtirish shundaki, hozirgi paytda jamoada sog‘lom ruhiy muhit yuritish san’atini egallagan odamlarga katta ehtiyoj sezilmoqda. Ana shunday jamoa hamjihatligi malaka va ko‘nikmalari ko‘p jihatdan maktabda shakllantiriladi. Download 0.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling