Buxoro davlat universiteti pedagogika fakulteti pedagogika va psixologiya ta


Muammoning o`rganilganlik darajasi


Download 0.81 Mb.
bet2/41
Sana16.06.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1488378
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41
Bog'liq
yetuklik davrining ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini amaliy jihatdan tadqiq etish (1)

Muammoning o`rganilganlik darajasi. Xorij tadqiqotchilari yetuklik davrini o`rganishda bir qator muvaffaqiyatlarga erishganlar. Ayniqsa, psixologlardan B.G.Ananyev, N.V.Kuznina, N.F.Talizina, V.Y.Lyandus, L.S.Kon, O.T.Lisovskiy, A.A.Badalov, A.V.Petrovskiy, M.G.Davletshin, I.I.Ilyasov, A.V.Dimitriyeva, Z.F. Esarova, A.A. Verbitskiy, V.A.Tokarova, M.G.Davletshin, E.G’.G’oziyev, M.Karimova, B.Shoumarov, B.R.Qodirovlar va boshqalarning tadqiqotlarida o`rganilgan.
Bitiruv malakaviy ishining maqsadi - yetuklik davrining o`ziga xos psixologik xususiyatlarni o’rganishdan iborat.
Bitiruv malakaviy ishining vazifalari quyidagilar:
- yetuklik davrining psixologik adabiyotlarni o’rganilganlik darajasi va adabiyotlar tahlili;
- yetuklik davrining o’ziga xos psixologik jihatlarini o’rganish;
- pedagog shaxsining ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini o’rganish.
Bitiruv malakaviy ishining predmeti – yetuklik davrining o`ziga xos ijtimoiy-psixologik jihatlarini tadqiq etish.
Bitiruv malakaviy ishining obyekti – Buxoro davlat universiteti Pedagogika kafedrasi o`qituvchilari tanlab olindi.
Bitiruv malakaviy ishimiznig metodlari: Kuzatish, suhbat, test, “Qadriyatlar yo‘nalishlari” (I.G.Senin), “Pedagog xarakteridagi aksentuatsiyani o‘rganish” savolnomasidan foydalanildi.
Bitiruv malakaviy ishining metodologik asosi sifatida yetuklik davrining psixologik o`ziga xosligini tadqiq etishda kompleks yondashuvlardan B.G.Ananyev, P.K.Anoxin, S.L.Rubinshteyn, A.N.Leontevlarning ilmiy izlanishlari asos bo`lib xizmat qildi. Shuningdek, sharq mutafakkirlarining komil inson to`g’risidagi ta'limotlari, Prezidentimiz I.A.Karimovning asarlaridan foydalanildi.
Bitiruv malakaviy ishimizning yangiligi: Yetuklik davrining xos xususiyatlarini ma’lum bir tizimga solish va olingan natijalar asosida tavsiyalar ishlab chiqish.
Bitiruv malakaviy ishimizning nazariy ahamiyati: Yosh davrlari psixologiyasini nazariy jihatdan boyitish va ushbu soha bilan qiziquvchilarga uslubiy jihatdan yordam ko’rsatadi. Izlanishlarimiz davomida o`rganilgan adabiyotlar tahlili va olingan empirik natijalar asosida ilgari surilgan ilmiy-nazariy g’oyalar, umumlashma ilmiy-amaliy xulosa va tavsiyalar umumiy psixologiya, ontogenez psixologiya, ijtimoiy psixologiya, etnopsixologiya, oila psixologiyasi, sohalaridagi bilimlarni boyitishga xizmat qiladi.

Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling