Buxoro davlat universiteti Pedagogika fakulteti pedagokika va psixologiya ta’lim yo’nalishi bitiruvchisi Ergasheva Shalola Erali qizining “O’smirlarda diniy


Download 31 Kb.
Sana09.09.2020
Hajmi31 Kb.
#128938
Bog'liq
BMI ga taqriz


Buxoro davlat universiteti Pedagogika fakulteti pedagokika va psixologiya ta’lim yo’nalishi bitiruvchisi Ergasheva Shalola Erali qizining “O’smirlarda diniy aqidaparastlikka qarshi mafkuraviy immunitetni rivojlantirishning pedagogik asoslari” mavzusidagi bitiruv malakaviy ishiga

TAQRIZ

Davlatimiz siyosatining ustuvor yo’nalishlaridan biri bo’lgan yosh avlodni jismonan va ruhan sog’lom, Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularni kelajagimizning munosib vorislari etib voyaga yetkazishga ko’maklashishdan iborat ekan, bu borada yurtimizda ham muayyan ishlar amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, yoshlarning bilim olishi va kasb tanlash borasidagi huquq va imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida oliy o’quv yurtlari, kasb-hunar kollejlari, maktab va maktabgacha ta’lim muassasalari, sport inshootlari zamon talablari darajasida bunyod etilib, yetarli shart-sharoitlar bilan to’liq ta’minlanmoqda.



Inson salomatligini saqlash va mustahkamlash, qolaversa, uzoq umr ko’rishning yagona yo’li sog’lom turmush tarzi ekanligi endilikda hech kimga sir emas. Shu bilan birga yoshlar va jamoatchilik o’rtasida tibbiy savodxonlikni oshirish maqsadida turli xil profilaktika ishlarini olib borish pedagok xodimlarning muhim vazifalaridan biri hisoblanadi. Ushbu nuqtai nazar bilan qaraganda Buxoro davlat universiteti Pedagogika fakulteti pedagokika va psixologiya ta’lim yo’nalishi bitiruvchisi Ergasheva Shalola Erali qizining “O’smirlarda diniy aqidaparastlikka qarshi mafkuraviy immunitetni rivojlantirishning pedagogik asoslari” mavzusida yozgan bitiruv malakaviy ishi dolzarbligi bilan xarakterlanadi.

Tadqiqot ishining kirish qismida mavzuning dolzarbligi, ob’yekti, predmeti, maqsadi va vazifalari, ilmiy va amaliy ahamiyati, ilmiy yangiligi, adabiyotlar sharhi va natijalarning nazariy va amaliy ahamiyatining tavsifi keltirilgan.

Bitiruv malakaviy ishining birinchi bobida zararli odatlar haqida tushunchalar keltirilgan bo’lib, uning sabab va oqibatlaridagi muammolar yechimlari nazariy jihatdan yoritib berilgan.

Tadqiqotning ikkinchi bobida zararli odatlarga qarshi kurashish chora-tadbirlar ishlab chiqish asosida o’quv-tarbiya jarayonida muvaffaqiyatga erishtiruvchi tajribalar va yoshlarni komil inson qilib tarbiyalash uchun tavsiyalar amaliy jihatdan yoritib berilgan.

Ishning xulosa va tavsiyalar qismida yoshlarni komil inson qilib tarbiyalashda ilmiy xulosa va tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib shuni aytish mumkinki, SH. E. Shalolaning “O’smirlarda diniy aqidaparastlikka qarshi mafkuraviy immunitetni rivojlantirishning pedagogik asoslari” mavzusidagi bitiruv malakaviy ishini himoyaga tavsiya etaman.


Taqrizchi
Download 31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling