Izoh: Modal so‘z turkumida so‘zlarning juftlashishi deyarli yo‘q.
➢ Bilib oling! Yordamchi so‘z turkumlarida juft so‘zlar yo‘q,
lekin bog‘lovchi so‘z turkumida bitta juft so‘z bor: ammo-lekin. Bu
istisnoli holatdir.
O‘qing qiziq! O‘rni kelganda ta’kidlash lozimki, sanoqli bo‘lsa-
da, ayrim juft so‘zlarning qismlari ikkita so‘z turkumiga mansub
bo‘lishi mumkin. M.: ur-kaltak (fe’l-ot), shirin-shakar (sifat-ot),
oh-nola (undov-ot), bor-bisot (modal-ot).
6.Juft so‘zlarning ikkinchi qismiga grammatik shakllar
qo‘shiladi. M.: ota-ona+m+ga, o‘g‘il-qiz+lar+im=ga, asta-
sekin+roq, yiqilib-turibdi;
7. Ayrim juft so‘zlarning qismi almashib kela oladi. Qiyoslang:
omon-eson – eson-omon,
sekin-asta – asta-sekin,
qishin-yozin – yozin-qishin,
kun-tun – tun-kun;
zavq-shavq – shavq-zavq,
do‘st-yor – yor-do‘st.
8. Juft so‘zlarning qismlari tub-yasamaligiga ko‘ra tahlil qilinsa,
quyidagi holat namoyon bo‘ladi:
A. Tub-tub: aka-singil, uy-joy, daftar-kitob, avval-keyin, sekin-
asta;
B. Yasama-yasama: issiq-sovuq, qo‘llab-quvvatlamoq, esli-
hushli, qishin-yozin, ilmiy-ommabop.
C. Tub-yasama: uy-joyli, obro‘-etiborli, or-nomusli, bor-yo‘qlik.
➢ Eslatma. Mazkur juft so‘zlar XGM emas, balki yangi ma’no
ifodalaydi. Chunki, yasovchi qo‘shimchalar juft so‘zlardan yangi so‘z
yasayapti.
9. Juft so‘zlar gap tarkibida bitta so‘roqqa javob bo‘lib, bitta gap
bo‘lagi vazifasida keladi. M.: Ota-ona farzandlarining baxtini
o‘ylaydi. Gulrux daftar-kitobini qoldirib ketibdi. Ma’ruzani asta-sekin
yozyapmiz.
18
Do'stlaringiz bilan baham: |