Buxoro davlat universiteti pedagogika instituti
Download 1.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Ona tili (Morfologiya) o`quv qo`llanma 13-dekabr (1)
-gʻoq: fe’ldan – toʻlgʻoq;
- shunos: otdan – tilshunos, tabiatshunos, uslubshunos; - ch//-inch: fe’ldan – sevinch, quvonch, yupanch, qo‘rqinch; - cha: fe’ldan – tushuncha; sifatdan – qizilcha, olacha; otdan – qalamcha; -chak//-choq: fe’ldan – belanchak, emchak, burchak, ovunchoq, taqinchoq; otdan – o‘yinchoq; - chi: otdan – ishchi, temirchi, gulchi, bosqinchi; sifatdan – qiziqchi; fe’ldan – suyunchi, tilanchi, tomchi; undov so‘zdan – haybarakallachi; 45 - chilik: otdan – hunarmandchilik, o‘zbekchilik, dehqonchilik; sifatdan – pishiqchilik, arzonchilik; ravishdan – ko‘pchilik, ozchilik; - chiq: fe’ldan – suyanchiq, yopinchiq; Otning tuzilishiga koʻra turlari Otlar ham tuzilishiga sodda, juft, takroriy va qo‘shma bo‘ladi. Sodda otlar. Sodda otlar tub sodda (quyosh, gul, tosh, Buxoro) va yasama sodda (tinchlik, gulzor, toshloq, namgarchilik) kabi turlarga bo‘linadi. Juft otlar. Juft otlar ham qismlarining yakka holda ishlatilishi yoki ishlatilmasligiga ko‘ra uch xil bo‘ladi: 1. Har ikki qismi yakka holda ishlatiladi. 2. Faqat bitta qismi yakka holda ishlatiladi. 3. Har ikki qismi yakka holda ishlatilmaydi. Juft otni bu uch guruhdan biriga kiritish ba’zan bir oz nisbiy bo‘lishi mumkin. Chunki til ham, birinchidan, doimiy tarzda o‘sib-o‘zgarib boradi, ikkinchidan, uning turli qismlari, qatlamlari bir-biridan farq qilishi mumkin. Masalan, tavba-tazarru, etim-esir kabi juft so‘zlarning ikkinchisi ko‘pchilik tomonidan yakka holda ishlatilmaydi, lekin ular adabiy tilda yakka qullanib qolishi mumkin, "esir" so‘zi esa qipchoq lahjasida ko‘p ishlatiladi. I. Har ikki qismi yakka holda ishlatiladigan juft otlar tarkibidagi so‘zlar ham ma’no munosabatiga ko‘ra asosan uch xil bo‘lishi mumkin: 1. O‘zaro sinonim. 2. O‘zaro antonim. 3. Ma’nosi yaqin. Tilimizda juft otlarning barcha ko‘rinishlariga ham misollar ko‘plab topiladi: Download 1.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling