Buxoro davlat universiteti pedagogika instituti


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/202
Sana25.02.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1229059
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   202
Bog'liq
Ona tili (Morfologiya) o`quv qo`llanma 13-dekabr (1)

Konversiya usuli yordamida sifat, son, fe’l va taqlid so‘zlarning 
quyidagi ko‘rinishlari otga ko‘chgan: 
1. Rang-tus, maza-ta’m, holat va xil-xususiyat bildiruvchi 
sifatlar: ko‘k (osmon, nasha, dollar), issiq, sovuq, achchiq-chuchuk


41 
yosh, qari, yosh-u qari, o‘g‘il, qiz (siyoh so‘zi ham aslida sifatdan 
ko‘chgan). 
2. Ta’ziya va to‘y marosimlari bilan bog‘langan sonlar: uch, etti, 
yigirma, qirq, to‘qqiz-to‘qqiz. 
3. O‘zak holidagi fe’llar: kurash, shish, yuq, ich, el, kengash, 
ko‘ch, qir (kelsin). 
4. O‘zak holidagi juft va takroriy fe’llar: ur-yiqit, ur-sur, baqir-
chaqir, yasan-tusan, supur-sidir, yugur-yugur, chopa-chop. 
5. Harakat nomining -v//-uv, -sh//-ish, -r//-ar, -maslik 
Qo‘shimchalarini olgan sodda va juft fe’llar hamda ko‘makchi 
fe’lli so‘z qo‘shilmalari: saylov, ishlov, qurshov, qatnov, qistov, 
tanlov, tintuv, maqtov, to‘lov, o‘quv, tergov, qalov, qarov, to‘ntarish, 
o‘zgarish, qiziqish, o‘tirish, qarash, muyulish//burilish, burilish 
(o‘zgarish ma’nosida); yozuv-chizuv, yurish-turish, borish-kelish, 
bosar-tusar; ko‘rolmaslik, kiraverish. 
6. Aniq yoki yaqin o‘tgan zamon shaklidagi sodda, juft va 
takroriy fe’llar hamda fe’lli sintaktik birliklar: chaqirdi, chorlandi, 
ko‘rdi; keldi-ketdi, qo‘ydi-chiqdi, oldi-berdi, oldi-sotdi; dedi-dedi, 
mindi-mindi (bolalar o‘yinining nomi); joy yig‘di, qozon to‘ldi. 
7. Takroriy va juft shakldagi taqlid so‘zlar: ququ (qush), dudut 
(engil mashina), popop (asli: pop-pop, tikuv mashinkasi), tutu (tovuq), 
patpat (motostikl), shapshap (magazkushak) [5.36]
Affiksastiya yo‘li bilan otlar quyidagi so‘z turkumlaridan yasalishi 
mumkin: 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling