Turdosh otlarning birlik shaklda predmetning birini yoki
to‘dasini ifodalashiga ko‘ra tasnifi
Mazkur xususiyatga ko‘ra turdosh otlar ikkiga bo‘linadi.
1. Yakka ot.
2. Jamlovchi ot.
Yakka ot – bir turdagi predmetni o‘zinigina ifodalaydi. M.:
odam, inson, qush, ot, tuya, qo‘y, olma, askar, saldat, navkar
Jamlovchi ot – birlik shaklda ham bir turdagi predmetning
jamini (to‘dasini) ifodalaydi. M.: xalq, el, ulus, olomon, xaloyiq,
to‘da, gala, uyur, poda, meva, armiya, qo‘shin.
Xususiyatlari.
1. Yakka otlar -lar ko‘plik qo‘shimchasini qabul
qiladi ( odamlar, qushlar, saldatlar), mavhum otlar esa qabul
qilmaydi.
2. Yakka ot oldidan oldidan son kelib, uning miqdoriy belgisini
izohlab keladi ( ikkita tuya, beshta olma, o‘ttiz oltitadan test),
mavhum otlar oldidan esa son kela olmaydi.
Kim? nima? qayer? so‘rog‘iga javob bo‘lishiga ko‘ra
otlarning tasnifi
Mazkur xususiyatga ko‘ra otlar uchga bo‘linadi.
1. Shaxs otlari. Shaxs otlari kim? so‘rog‘iga javob bo‘ladigan
otlardir.
Shaxs otlariga atoqli ot ( Abdulla Qodiriy) hamda turdosh otlar
(ona, ota, singil, o‘qituvchi, murabbiy) kiradi.
2. Narsa otlari. Narsa buyum otlari – nima? so‘rog‘iga javob
bo‘ladigan jonli va jonsiz narsalardir. M.: daftar, kitob, gul, mushuk,
it, sichqon, bulbul, to‘ti. Xuddi shunday narsa-buyum otlariga atoqli
otlar ham kiradi. M.: “Darakchi” gazetasi, “Sinfdosh” jurnali.
3.O‘rin-joy otlari. Bu otlarga qayer? so‘rog‘iga javob
bo‘ladigan atoqli hamda turdosh otlar kiradi. M.: Buxoro, Guliston,
gulzor, tokzor, toshloq, oromgoh, shifoxona.
Do'stlaringiz bilan baham: |