nomlariga bo‘linadi.
Ehtiyot bo‘ling! Biz matnda kim? so‘rog‘iga javob bo‘ladigan
sh a x s n o m l a r i bilan sh a x s o t l a r i n i farqlashimiz
shart!
Yodda tuting! Shaxs nomlari kim? so‘rog‘iga javob beradigan
a t o q li otlardir. M.: Abdulla Qahhor, Abdulla Oripov, Otabek,
Humoyun.
Shaxs otlari esa kim? so‘rog‘iga javob bo‘ladigan t u r d o sh o
t lardir.
Ta’rif. Shaxs otlari kim? so‘rog‘iga javob bo‘lib, shaxslarning
yoshiga, yashash joyiga, mansab unvoniga, kasb-koriga, iytimoiy
holatiga, qarindoshlik darajasiga, nasl-nasabiga ko‘ra nomlab
keladi. M .: ota-ona, bobo, xola, amaki, o‘qituvchi, abituriyent,
chol, yigit, kampir, qiz, shaharlik, zargar.
Turdosh otlar
Turdosh otlar atoqli otdan farqli ravishda bir turdagi
predmetlar – shaxs, narsa, o‘rin-joy, faoliyat-jarayonlarning
umumiy nomini ifodalaydi.
Qarang!
Turdosh otlar
Atoqli otlar
mamlakat, kitob, shahar, daryo,
mashina,
O‘zbekiston, “Qiyomat” romani,
Parij, Amudaryo, “Matiz”
38
Xususiyatlari
I. Turdosh otlarning asosiy qismi semantik xususiyatiga ko‘ra
ko‘p ma’nolidir. M.: Qaddi rost shamning tilidan o‘rtanur parvona
ham.
II. Gap boshidan boshqa o‘rinda odatda kichik harf bilan yoziladi.
Eslatma! Qachonki o‘quvchining e’tiborini qaratish lozim bo‘lsa,
ya’ni uslubiy talabga ko‘ ra turdosh ot gap o‘rtasida bosh harf
Do'stlaringiz bilan baham: |