Buxoro davlat universiteti pedagogika instituti


M.:  Nodirshoh, Boburshoh.  5


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/202
Sana25.02.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1229059
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   202
Bog'liq
Ona tili (Morfologiya) o`quv qo`llanma 13-dekabr (1)

M.:  Nodirshoh, Boburshoh. 
5. Tarixiy sana va bayram nomlarining yozilishi. Tarixiy sana va 
bayram nomlarining tarkibidagi birinchi so‘z bosh harf bilan yoziladi. 
M.: 1-yanvar – Yangi yil bayrami, 8-mart – Xotin-qizlar kuni, 
21-mart – Navro‘z bayrami, 9-may – Xotira va qadrlash kuni, 
1-sentabr – Mustaqillik kuni, 21-oktabr – Til bayrami. 
 
Qanday atoqli otlar qo‘shtirnoq ichiga olinadi?
 
Turli korxonalar, mahsulotlar, inshootlar, transport vositalari 
kabilarga berilgan shartli nomlar qo‘shtirnoq (“”) ichida bosh harf 
bilan (birikmali holatlarda faqat bir so‘z) yoziladi. M.: “Xalqlar 
do‘stligi” saroyi, “Buxoro” mehmonxonasi, “Bahor” konsert zali
“Alisher Navoiy” kutubxonasi… 
 
 Atoqli otlarning so‘z turkumlaridan hosil bo‘lishi. Atoqli otlar 
quyidagi so‘z turkumlaridan hosil bo‘ladi: 
1. Turdosh otlardan: Shabnam, Shuhrat, Bahor, Lola. 
2. Sifatdan atoqli ot hosil bo‘ladi: Aziz, Azamat, Oqil, Ulug‘, 
Go‘zal, Botir. 


37 
3. Sondan hosil bo‘ladi: Beshim, Sakson, To‘qson. 
4. Olmoshdan hosil bo‘ladi: Kimsan
5. Fe’ldan hosil bo‘ladi: Turdi, To‘xtasin, Sotiboldi, Unsin, 
Ochil, Olloberdi, Xudoyberdi, Berdi
6. Ravishdan hosil bo‘ladi: Bultur, Ortiq, Muqaddam
7. Undovdan hosil bo‘ladi: Salom, Shukur. 
ESLATMA
Atoqli otlar ham turdosh otga aylanadi, bunda ayrim 
shaxslarning nomi o‘zlari kashf etgan hodisani ifodalaydi. M.: 
amper, rengen, nyuton, paskal, volt, joul
 
Atoqli otlar nimani atab kelishiga ko‘ra sh a x s nomlari va joy 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling