Buxoro davlat universiteti pedagogika instituti
Download 1.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Ona tili (Morfologiya) o`quv qo`llanma 13-dekabr (1)
so‘z turkumlari.
1. Fe’lning harakat nomi. M.: Bolalar, o‘qish/ni emas, uqish/ni o‘rganing. 2.Ot xarakteridagi barcha olmoshlar. M.: Men/dan me/ni so‘rama. 3. -ov shaklidagi jamlovchi son. M.: Ikkov/i/ning maqsadi bir. Eslatma.Bilish lozimki, jamlovchi sonlarga kelishik qo‘shimchalari egalik qo‘shimchlaridan keyin qo‘shilib keladi. B. Quyidagi so‘z turkumlari otlashganda kelishik qo‘shimchalarini qabul qilib, turlanadi. 1. Sifat. M.: Yaxshi/ga yondash, yomon/dan qoch. 2. Son. M.: Birniki mingga, mingniki tumanga. 3. Olmosh. M.: Hamma/ning ko‘zi sen/da. 4. Fe’lninfg sifatdosh shakli. M.: Maqtangan/ning uyini ko‘r, Kerilgan/ning to‘yini. 5. Ravish. M.: Ko‘p/ni ko‘rib fikr qil, oz/ni ko‘rib shukur qil. 6. Undov. M.:Salomi/ga yarasha javob. 7. Taqlid. M.: Bidir-bidir/dan foyda yo‘q. 8. Modal. M.: Bor/dan yo‘q bo‘lmaydi, yo‘q/dan bor. Kelishik qo‘shimchalarining sinonimiyasi Kelishik qo‘shimchalari gap tarkibida ma’lum sintaktik vaziyatga ko‘ra o‘zaro ma’nodosh bo‘lib keladi. 1. -ning affiksi -dan affiksi bilan ma’nodosh bo‘ladi. Bunda qaralmish otlashgan so‘z bo‘lishi zarur. M.: o‘quvchilar/ning savodlisi - o‘quvchilar/dan savodlisi, mahsulot/ning ko‘pi - mahsulot/dan ko‘pi. Eslatma: -ning -ni bilan ma’nodosh bo‘la olmaydi. “Kamolaning kitobi” birikmasini “Kamolani kitobi” tarzida qo‘llash uslubiy xatodir. 2. -ni tushum kelishigi qo‘shimchasi -ga, -da, -dan qo‘shimchalari bilan ma’nodosh bo‘ladi. M.: mavzu/ni tushunmoq – mavzu/ga tushunmoq, non/ni oling – non/dan oling, shahar/ni aylanmoq– shahar/da aylanmoq. 3. Jo‘nalish kelishigi qo‘shimchasi -ga tushum (-ni), chiqish (-dan), o‘rin-payt(-da) kelishiklarining qo‘shimchasi bilan sinonim 63 bo‘ladi. M.: mavzu/ga tushunmoq – mavzu/ni tushunmoq, bekat/ga tushmoq – bekat/da tushmoq – bekat/dan tushmoq. 4. -da o‘rin-payt kelishigi qo‘shimchasi -ni, -ga, -dan affikslari bilan sinonim bo‘ladi. M.: shahar/ni aylanmoq– shahar/da aylanmoq, bekat/ga tushmoq – bekat/da tushmoq – bekat/dan tushmoq. 5. Chiqish kelishigi to‘rtta kelishik bilan ham ma’nodosh bo‘la oladi. M.: o‘quvchilar/dan savodlisi – o‘quvchilar/ning savodlisi, non/dan oling – non/ni oling, bekat/dan tushmoq– bekat/ga tushmoq – bekat/da tushmoq. Kelishik qo‘shimchalarining ko‘makchilar bilan sinonimiyasi 1. -ni tushum kelishigi qo‘shimchasi haqida, to‘g‘risida, xususida ko‘makchilari bilan sinonim bo‘ladi. M.: o‘qigan asari/ni so‘zlab berdi - o‘qigan asari haqida so‘zlab berdi. 2. Jo‘nalish kelishigining -ga qo‘shimchasi uchun, sari, tomon, qarab, sababli, tufayli, vajdan, haqida ko‘makchilari bilan ma’nodosh bo‘ladi. M.: uy/ga ketmoq – uy sari ketmoq, yurt/ga xizmat qilmoq – yurt uchun xizmat qilmoq, mavzu/ga to‘xtalmoq – mavzu haqida to‘xtalmoq, shun/ga xafa bo‘ldi – shu sababli(tufayli, vajdan) xafa bo‘lmoq. 3. -da qo‘shimchasi bilan, orqali, uzra ko‘makchilari bilan sinonim bo‘ladi. M.: bo‘r/da yozmoq – bo‘r bilan yozmoq, osmon/da samolyot ko‘rindi – osmon uzra samalyon ko‘rindi. 4. -dan chiqish kelishigi qo‘shimchasi bilan, orqali, haqida ko‘makchilari bilan ma’nodosh bo‘ladi. M.: Samarqand/dan bormoq – Samarqand orqali bormoq, test/dan gapirmoq – test haqida gapirmoq, shu yo‘l/dan bordi – shu yo‘l bilan (orqali) bordi. Albatta, kelishik qo‘shimchalari bilan ko‘makchilarning ma’nodoshligi bu bilan cheklanmaydi, balki matndagi sharoitga ko‘ra xilma-xil namoyon bo‘ladi. Bosh kelishik Bosh kelishik predmet, narsa, voqea-hodisani ifodalaydi. Ismlarning bosh kelishik shakli maxsus qo‘shimchaga ega emas. So‘rog‘i: kim? nima? qayer? 64 Bosh kelishik gapda otni (umuman ismlarni) fe’lga bog‘lab, gap hosil qiladi. Formula: Bosh kelishikdagi ot + fe’l = Gap. M.: Azizbek keldi. Sintaktik vazifasi. 1. Kim? nima? qayer? so‘rog‘iga javob bo‘lib, ega vazifasida keladi. M.: Bolalar mavzuni yozishyapti. Kitob – bilim bulog‘i. Toshkent – O‘zbekiston Respublikasining poytaxti. 2. Kim(-dir)? nima(-dir)? qayer(-dir)? so‘roqlariga javob bo‘lib, ot kesim vazifasida keladi. M.: Men o‘quvchiman. O‘zbekiston Respublikasining poytaxti – Toshkent. IZOH ! Mazkur misollarimizda bosh kelishikdagi so‘z sodda ot kesimdir. Ta’kidlash lozimki, bosh kelishikdagi so‘z murakkab ot kesimning ot qismi bo‘lib ham keladi. M.: Alisher talaba bo‘ldi. 3.Undalma vazifasida keladi. M.: O‘quvchilar, o‘z ustingizda ko‘proq ishlang. Toshkent, munchalar go‘zalsan. 4.Bosh kelishikdagi ot sifat vazifasida kelib, qanday? qanaqa? qaysi? so‘roqlariga javob bo‘lib, sifatlovchi aniqlovchi vazifasida keladi. M.: Qizlarimizga adras kiyim juda yarashadi. Usta Mopalmo po‘lat qilich yasay oldi. 5.Bosh kelishikdagi ot fe’l kesimga bog‘lanib, qay tarzda? so‘rog‘iga javob bo‘ladi va tarz holi vazifasida keladi. M.: Bolalar, mavzularni takror va takror o‘qib boring, keyin qon yig‘lab yurmang. Kumush hovli yuziga gul-gul suv sepa boshladi. 6. Izohlovchi vazifasida keladi. M.: Adabiyotshunos H.Boltaboyev o‘quvchilarga dars o‘tyapti. QO‘SHIMCHA MA’LUMOT ! Bosh kelishik shaklidagi so‘z ko‘makchilar bilan kelib, hokim so‘zga tobe munosabat asosida bog‘lanadi va quyidaagi gap bo‘laklari vazifasida kelishi kuzatiladi. 1. Kim bilan? nima bilan? so‘roqlariga javob bo‘lib, vositali to‘ldiruvchi vazifasida keladi. M.: Humoyun Kamola bilan dars qilyapti. 2. Qanday? qanaqa? so‘roqlariga javob bo‘lib, sifatlovchi aniqlovchi vazifasida keladi. M.: Otabek kabi yigitlar o‘z zamonasida kam uchrardi. 3. Qayerdan? qayer orqali? so‘roqlariga javob bo‘lib, o‘rin holi bo‘ladi. M.: Bobur tog‘ orqali Afg‘onistonga o‘tib ketdi. 4. Nima uchun? so‘rog‘iga javob bo‘lib, sabab holi vazifasida keladi. M.: Homid tuban gunohlari uchun jazo oldi. 65 5.Nima maqsadda so‘rog‘iga javob bo‘lib, maqsad holi vazifasida keladi. M.: Kelajakda ma’rifatli bo‘lish uchun o‘qiyapman. Qaratqich kelishigi Bu kelishik bir predmetni, boshqa bir predmet yoki shaxsga qarashliligini ifodalab keladi. Qaratqich kelishigidagi so‘z – qaratqich, qaratqich bog‘lanib kelgan so‘z esa qaralmish deyiladi. Qaratqich kelishigi qaratqichni qaralmishga tobelashtirib bog‘lab keladi va qaralmishda ifodalangan narsa-hodisa, belgi-xususiyat, harakat- holatlarning qaratqich shaklidagi ismlarga qarashli ekanligini bildiradi. Qaratqich kelishigining qo‘shimchalari Asosiy qo‘shimchasi –ning: Humoyin/ning kitobi, sinfning eshigi,.. She’riy shakli -n: Har oila o‘chog‘i/n o‘z qutlug‘ tarixi bor, Har boshpana kishilar mehnati/n obidasi. -im: O‘zbekiston – Vatanim man/im.(A.O.) -ing I va II shaxs birlikdagi kishilik – men, sen olmoshlariga qo‘shiladi: men + ing = mening, sen + ing = sening. Shevadagi shakli -i: bizz/i uy, oshsh/i ta’mi, Izoh: Mazkur shakl undosh bilan tugagan so‘zlarga qo‘shiladi va asos oxiridagi undosh ikkilantiriladi. M.: bahor+i= bahorr/i havosi. Download 1.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling