57
Kamtarlik ma’nosini ifodalaydi. M.: “Asar/imiz nashriyotdan
chiqdi”, – dedi Abdulla Oripov.
II shaxs ko‘plik egalik qo‘shimchasi ham o‘z ma’nosidan
tashqari II shaxs birlik o‘rnida kelib,
hurmat ma’nosini ifodalaydi.
M.: Oyijon bayram+ingiz bilan tabriklayman.
Egalik qo‘shimchalarining kelishiklarga munosabati
Egalik kelishigidagi so‘zlar odatda qaratqich kelishigidagi otga
bog‘lanadi.
Bunda qaratqich kelishigidagi so‘z – qaratuvchi,
egalik kelishigidagi so‘z – qaralmish deb yuritiladi. M.: men/ing
tilag/im, sening orzu/ing, Nasiba/ning kitob/i.
Bilish lozimki, III shaxs egalik shaklidagi so‘z qaratqich
kelishigining sinonimi sifatida kelgan chiqish kelishigidagi so‘zga
bog‘lanadi. M.:
abituriyentlar/ning zo‘r/i – abituriyentlar/dan zo‘r/i, kitob/ning
yaxshi/si – kitob/dan yaxshi/si.
E
Do'stlaringiz bilan baham: