Buxoro davlat universiteti pedagogika instituti


oladi.  III shaxs egalik qo‘shimchalari ham inson, ham jonli va jonsiz  predmetlarga nisbatan ishlatiladi. M.: bolaning qulog‘+i


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/202
Sana25.02.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1229059
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   202
Bog'liq
Ona tili (Morfologiya) o`quv qo`llanma 13-dekabr (1)

oladi. 
III shaxs egalik qo‘shimchalari ham inson, ham jonli va jonsiz 
predmetlarga nisbatan ishlatiladi. M.: bolaning qulog‘+i, quyonning 
qulog‘+i, radioning qulog‘+i. 
IZOH! I-II shaxs qo‘shimchalari badiiy adabiyotda jonlantirish 
san’ati vositasida jonli-jonsiz predmetlarga nisbatan ishlatiladi. M.:  
Bolalarim, har biringiz bu voqeadan xulosa chiqaring.(“Qunduz va 
uning bolalari”) 
 
Egalik kategoriyasi va boshqa so‘z turkumlari 
Egalik qo‘shimchalari ismlarning munosabat qo‘shimchasidir. 
Shunga ko‘ra otdan boshqa so‘z turkumlariga ham qoshilib keladi.
A. Quyidagi so‘z turkumlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘shilib, ularni 
turlab keladi.


56 
1.ov shaklidagi jamlovchi sonlarni turlab keladi. M.: 
Ikkov/ingiz/ni bilimlar sinoviga taklif qilamiz. 
 2. Fe’lning harakat nomini turlab keladi. M.: O‘qish/laringiz 
yaxshimi? 

UNUTMANG
! Egalik qo‘shimchasining -m/-im I shaxs birlik 
shakli mutlaqo jamlovchi sonlarga qo‘shila olmaydi. 
 3. Ot xarakteridagi olmoshlarni turlab keladi. M.: O‘z/ing/ga ishon, 
do‘stim. 
• 
UNUTMANG

Kishilik 
olmoshlari 
mutlaqo 
egalik 
qo‘shimchalarini qabul qilmaydi.
B. Quyidagi 
so‘z turkumlari esa otlashgandagina egalik 
qo‘shimchalarini qabul qilib turlanadi. 
1. Sifat. M.: Aziz/im, bu dunyoga erta kelibmiz.
2. Son. M.: Ikki/si/ning maqsadi bir. 
3. Olmosh. M.: Har bir/ingiz o‘qishga kirishga haqlisiz.
4. Fe’lning sifatdosh shakli. Bozchi bilgan/i/n to‘qir, Baxshi 
bilgan/i/n o‘qir. Mehnat qilib topgan/ing – Qand-u asal totgan/ing.
5. Ravish. M.: Ko‘p/imiz bu voqeadan hayratga tushdik
6. Undov sozlar. M.: Hozirdan o‘qing, keyin oh-voh/ingiz/ni hech 
kim eshitmaydi. 
7. Taqlidiy so‘z turkumi. M.: Shamolning shov-shuv/i borgan sari 
kuchayib boryapti. 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling