Buxoro davlat universiteti pedagogika instituti


SLATMA ! Bunda egalik qo‘shimchasi otlashgan so‘zlarga qo‘shilgan bo‘ladi.    •  Y


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/202
Sana25.02.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1229059
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   202
Bog'liq
Ona tili (Morfologiya) o`quv qo`llanma 13-dekabr (1)

SLATMA
! Bunda egalik qo‘shimchasi otlashgan so‘zlarga
qo‘shilgan bo‘ladi. 
 
• 
Y
ODDA TUTING
! Turg‘un otli birikmalarda, ya’ni davlat, viloyat
shahar, tuman, korxona, muassasa nomlarida III shaxs egalik 
qo‘shimchasi qaratqich kelishigidagi so‘zga emas, bosh kelishigidagi 
so‘zga bog‘langan bo‘ladi, lekin bunda qarashlilik ma’nosi emas, xoslik
umumdan ajratilganlik ma’nosini ifodalaydi. M.: Boburning bog‘i 
emas; “Bobur” bog‘i ; Orolning dengizi emas; Orol dengizi bo‘ladi. 
O‘zbekistonning Respublikasi  emas, O‘zbekiston Respublikasi bo‘ladi. 
• 
Unuta ko‘rmang! Bunda egalik qo‘shimchasi morfemaga 
ajratilmaydi! 
 
 
Egalik qo‘shimchalarining yuzaga keltiradigan fonetik 
o‘zgarishlar 
Egаlik qo‘shimchаlаri tilimizdagi ayrim so‘zlargа qo‘shilsа, 
quyidаgi fоnetik o‘zgаrishlаr kuzаtilаdi: 
1) sanoqli ikki (ochiq-yopiq) bo‘g‘inli so‘zlarda ikkinchi 
bo‘g‘indаgi i, u, a unlilari tushаdi. Masalan, og‘iz
+
i
=
оg‘zi, 
o‘g‘il
+
im
=
o‘g‘lim burun
+
im
=
burnim, shahar+im=shahrim. 


58 
2) O‘zаk охiridаgi jаrаngsiz q, k undоshlari g‘, g jаrаngli undоshigа 
o‘zgaradi. Masalan, qishlоq
+
im
=
qishlоg‘im, o‘rtоq
+
ing
=
o‘rtоg‘ing, 
istаk
+
im
=
istаgim, eshik
+
ing
=
eshiging. 
IZОH:  Ayrim q, k tоvushlаri bilаn tugаgаn o‘zlashgan so‘zlаrda 
fоnetik o‘zgаrish yuz bermаsligi mumkin: ittifоqimiz, idrоki, noki, 
ocherki.
3) e, o, o‘ tоvushlаri bilаn tugаgаn аyrim arabiy-forsiy so‘zlаrni 
egalik shakllari turlaganda y tоvushi оrttirilаdi: mavqe – mavqeyim, 
obro‘ – оbro‘yim, pаrvо – pаrvоyim, аvzо – аvzоyim. 
Egalik qo‘shimchalarining belgisiz ishlatilishi 
I, II shaxs ko‘plikdagi egalik qo‘shimchasi belgisiz ishlatilishi 
mumkin. Qachonki, ular oldidan I, II shaxs ko‘plikdagi biz, siz 
kishilik olmoshi qaratqich kelishigi shaklida kelsa. M.: biz/ning 
mahalla, siz/ning oila. 
 
Egalik qo‘shimchalarining shakldoshlari 
Unlidan 
keyin 
qo‘shiladigan 
egalik 
qo‘shimchalarining 
shakldoshlari: 
1. -m: ot yasovchi (to‘pla/m, ho‘pla/m), sifat yasovchi (qara/m), 
shaxs-son qo‘shimchasi(keldi/m). 
2. -ng: buyruq-istak maylining II shaxs ko‘plik qo‘shimchasi 
(ishla/ng, qara/ng, so‘ra/ng). 
3. -si: olmosh va sifatdan fe’l yasovchi qo‘shimcha (men/simoq, 
garang/simoq). 
4. -miz: I guruh shaxs-son tuslovchisining I shaxs ko‘plik 
qo‘shimchasi (bora/miz, o‘qiy/miz). 
5. -ngiz: buyruq-istak maylining II shaxs ko‘plik qo‘shimchasi 
(ishla/ngiz, qara/ngiz
Undoshdan 
keyin qo‘shiladigan egalik qo‘shimchalarining 
shakldoshlari: 
1. -im: ot yasovchi qo‘shimcha (bil/im, ter/im), qaratqich 
kelishigining qisqargan shakli (O‘zbekiston Vatanim man/im). 
2. -ing: buyruq-istak maylining II shaxs ko‘plik qo‘shimchasi 
(yoz/ing, ayt/ing, bor/ing).
3. -i: sifat yasovchi (iroq/i do‘ppi, kobul/i osh), fe’l yasovchi (tinch/i
ranj/i, boy/i), tushum kelishigining sheva mumtoz adabiyotdagi shakli 
(holim/i so‘r), qaratqich kelishigining shevadagi shakli (bizz/i uy). 
4. -imiz: shakldoshi yo‘q. 


59 

5. -ingiz: buyruq-istak maylining II shaxs ko‘plik qo‘shimchasi 
(hissangizni qo‘sh/ingiz). 
 
Egalik qo‘shimchasining so‘z birikmasidagi o‘rni 
 
Ma’lumki, egalik qo‘shimchasini olgan so‘z qaratqich 
kelishigidagi so‘zga bog‘lanib gapda moslashuvli so‘z birikmasini  
hosil qiladi.
Bunda egalik qo‘shimchasining o‘rni quyidagicha 
bo‘ladi: 
1. Egalik qo‘shimchasi odatda hokim so‘z tarkibida bo‘ladi: 
nay/ning navo/si, Anvar/ning do‘st/i, men/ing tilag/im, Kumush/ning
muhabbat/i
2. Egalik qo‘shimchasi ham hokim, ham tobe so‘z tarkibida 
bo‘ladi: Amma/m/ning o‘g‘l/i, qo‘shni/miz/ning hovli/si, ota-
ona/m/ning orzu/si. 
3. Egalik qo‘shimchasi hokim so‘z tarkibida belgisiz kelishi, ya’ni
shaklan ifodalanmasligi mumkin, ergash gap tarkibida esa ifodalanishi 
mumkin. M.: o‘z/imiz/ning mahsulot. 
4. Ham hokim, ham tobe so‘z tarkibida ifodalanmasligi – belgisiz 
kelishi mumkin. M.: bizning mahalla, sizning qo‘shiq. 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling