68
Tushum kelishigi
Tushum kelishigidagi so‘z harakatni o‘zida qabul qilgan
predmet, narsa, voqea-hodisalarni ifodalaydi. M.: kitobni o‘qimoq,
olmani yemoq, qalamni bermoq, suvni ichmoq,.
Yodda
tuting!
Tushum
kelishigidagi
so‘zlar
doim
o‘timli(obyektli) fe’llarga bog‘lanadi.
Tushum kelishigidagi fe’lni boshqaradigan fe’l o‘timli fe’ldir.
Qo‘shimchalari:
Asosiy qo‘shimchasi -ni: Vatan/ni sevmoq, ota-ona/ni qadrlamoq.
She’riyatdagi shakli -n:
Shifoyi vasl qadri/
n, hajr ila bemor o‘landan so‘r,
Zuloli zavq-shavqi/
n tashnai diydor o‘landan so‘r.
(Fuzuliy)
Yodda tuting. Qaratqich hamda tushum kelishigining she’riy - n
shkllari o‘zaro shakldoshdir. M.: Yer kurra/si/
n bosh/i/
n tang‘idik.
Izoh: Mazkur shakllar III shaxs egalik qo‘shimchasidan keyin
keladi.
Mumtoz adabiyotdagi shakli -i: Adl qulog‘i-la eshit holim/
i,
Zulm qilur, baski, menga zolimi.
Jonli til va shevalardagi shakli –di/ -ti: pichoqdi ber, suvdi sepdi.
Sintaktik vazifasi. Tushum kelishigi shalkidagi so‘z gapda kimni?
nimani? qayerni?
so‘roqlariga javob bo‘lib, faqat vositasiz
to‘ldiruvchi
vazifasida keladi. M.:
Har bir inson
fikrlash/ni, xulosa
chiqarish/ni bilishi kerak.
Do‘stlarim bilan
Toshkent/ni mazza qilib aylandik.
Izoh! Unutmaslik lozimki, kengaygan birikmalar tarkibida tushum
kelishigidagi so‘z vositasiz to‘ldiruvchi vazifasida kelavermasligi
mumkin. M.: 1. Vatan/ni sevmoq – iymondandir. 2.
Ota-ona
Do'stlaringiz bilan baham: