Buxoro davlat universiteti pedagogika instituti
Download 1.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Ona tili (Morfologiya) o`quv qo`llanma 13-dekabr (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Buxoro/dan/man
- Chiqish kelishigining ma’nolari. 1. Harakatning boshlanish nuqtasi ma’nosini. M.: Litsey/dan
Qiyoslang: Uzum/ni yemoq – uzum/dan yemoq, non/ni olmoq –
74 non/dan olmoq, suv/ni ichmoq – suv/dan ichmoq, tort/ni oling – tort/dan oling. Sintaktik vazifasi. 1. Shaxs va narsa otlariga qo‘shilib, kimdan?, nimadan? so‘rog‘iga javob bo‘lib, vositali to‘ldiruvchi vazifasida keladi. M.: Iymonsiz odam/dan yaxshilik kutma. 2. Kimdan(-dir)?, nimadan(-dir)?, qayerdan(-dir)? so‘rog‘iga javob bo‘lib, ot kesim vazifasida keladi. M.: Vatanni sevmoq iymon/dan/dir (Hadis). Men Buxoro/dan/man. 3. Hol vazifasida keladi. M.: 1) payt otlariga qo‘shilib, qachondan? so‘rog‘iga javob bo‘ladi va payt holi vazifasida keladi. M.: Tarbiya bolalik/dan boshlanadi. 2) o‘rin-joy otlariga qo‘shilib, qayerdan? so‘rog‘iga javob bo‘ladi va o‘rin holi vazifasida keladi. M.: Akam Toshkent/dan keldi. 3) Sanoq sonlarga qo‘shilsa, qanchadan? so‘rog‘iga javob bo‘lib, daraja-miqdor holi vazifasida keladi. M.: Kitob 1000 so‘mdan sotildi. 4) nima sababdan? So‘rog‘iga javob bo‘lib, sabab holi vazifasida keladi. M.: Ravshan yosh va tajribasizligi/dan asirga tushdi.(“Ravshan”) O‘qing qiziq! Ot-kesim sifatida bor, yo‘q modal so‘zlari kelsa, chiqish kelishigidagi so‘z nima? so‘rog‘iga javob bo‘lib, ega vazifasida keladi. M.: Bu kitobdan menda bor. Chiqish kelishigining ma’nolari. 1. Harakatning boshlanish nuqtasi ma’nosini. M.: Litsey/dan keldim. 2. Predmetning nimadan ishlanganini. M.: Qilich po‘lat/dan tayyorlangan. 3. Qiyoslash ma’nosini ifodalaydi. M.: Asal qand/dan shirin. 4. Harakatning bajarilishiga vosita ma’nosini ifodalaydi. M.: Deraza/dan shamol kiryapti. 5. Harakat qaratilgan predmetni ifodalaydi. M.: Javobni Mohinur/dan eshitamiz. 6. Ish-harakatning belgisini ifodalaydi. M.: Yurak/dan o‘qish kerak. 75 Otning nokategorial shakllari – vazifadosh shakllari Otning nokategorial shakllari – XGM ning shakl yasovchi – lugʻaviy shakl yasovchi qoʻshimchalar, juft-takroriy hamda yordamchi soʻzlar bilan ifodalanishidir. Ular quyidagi uch shaklda kuzatiladi: 1. Sintetik shakl. 2. Analitik shakl. 3. Juft-takroriy shakl. Juft-takroriy shakllar otning tuzilishiga koʻra turlari mavzusida berildi. Analitik shakl, ya’ni XGM ning yordamchi soʻz turkumlari bilan ifodalanishidir. Bevosita koʻmakchi soʻz turkumi bilan bogʻliqligi uchun shu mavzuga qaralsin. Otning sintetik shakllari Kichrаytirish shаkli -chа: kitоbchа, dаftаrchа, uychа, qizchа. Izoh: Bu qo‘shimcha polisemantik qo‘shimcha bo‘lib, shахs vа predmetlаrning kichikligini ifodalashdan tashqari ayrim shахs оtlаrigа qo‘shilsа, uslubiy ma’no – kаmsitish, mensimaslik, masxaralash hamda hurmat ma’nolarini ifodalab keladi. Masalan: Shuhrаt chа, Gulbаhоr chа, Оynisа chа аhvоllаr qаlаy? -chоq: tоychоq, qo‘zichоq. Download 1.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling