Buxoro davlat universiteti pedagogika instituti


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/202
Sana25.02.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1229059
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   202
Bog'liq
Ona tili (Morfologiya) o`quv qo`llanma 13-dekabr (1)

tilla uzuk, kumush qoshiq, zumrad bahor to‘n, adras mato, oltin 
kuz. 
 
2. Sifat xarakteridagi olmosh: shu kitob, o‘sha odam, har 
qanday ish. 
 
3.Fe’lning sifatdosh shakli: o‘qigan odam, oqar suv, qizargan 
pomidor. 
 
4. Sifat vazifasida kelgan ravish: g‘olibona qarash, otalarcha 
mehr. 
 
5. Taqlid soʻz turkumi: shivir-shivir ovoz, qisir-qisir non. 
• 
Mazkur so‘zlar otga bog‘lanib, sifatning so‘roqlariga javob 
bo‘lyapti. 
 
Morfologik xususiyati 
 
I. Sifatning asosiy xususiyati otga bog‘lanib, predmetning 
belgisini ifodalashdir. M.: go‘zal manzara (xususiyat belgisi), 
nordon anor (ta’m belgisi), katta uy (hajm belgisi), xushbo‘y gul  
(hid belgisi), bahorgi kiyim (payt belgisi). 
U
NUTMANG
! Bilish lozimki, ayrim sifatlar nafaqat otning, balki
harakat-holat, ya’ni fe’lning ham belgisini ifodalashi mumkin. 
Qiyoslang
yaxshi 
odam 
(ot) 
–yaxshi 
gapirdi 
(fe’l), 
chiroyli gul (ot) – chiroyli yozdi (fe’l), samimiy inson (ot) – samimiy 
gapirdi (fe’l), dardli odam (ot) – dardli jilmaydi (fe’l). 
 
II. Sifat otning turlovchi hamda ko‘plik qo‘shimchalarini 
to‘g‘ridan to‘g‘ri qabul qilmaydi, chunki bu qo‘shimchalar sifat 
bog‘langan otlarga qo‘shiladi. M.: yangi hovli/miz/da, savodli 
bola/lar/imiz. 


79 
ESLATMA
. 1. Sifatlar qachonki, otlashsa, otning egalik
kelishik va ko‘plik qo‘shimchalarini qabul qiladi. M.: Aziz/lar/im/ni 
sog‘indim. 
 
2. Xuddi shunday, sifat tuslovchi – shaxs-son qo‘shimchalarini 
ham qabul qilmaydi, chunki bular sifat bog‘langan felga qo‘shiladi. 
M.: to‘g‘ri gapirdi/ng, yolg‘on gapira/di.
III. 
Sifat so‘z yasovchi qo‘shimchalarga ega (Sifat yasalishiga 
qaralsin). 
IV. 
Sifat so‘z turkumi yasalish xususiyatiga ega.
Yasama sifatlar ikki xil usul bilan yasaladi:
1. Affiksatsiya usuli bilan yasaladi. M.: shira+li, mazmun+dor
ser+unum, bahor+gi, sez+girbe+xabar. 
2. Kompozitsiya usuli bilan yasaladi. M.: xom/semiz (sifat + sifat); 
kul/rang, sher/yurak, dev/qomat (ot+ot); erk/sevar, jon/kuyar, 
til/yog‘lama (ot+fe’l );  hozir/javob, kam/qon, kam/gap  (ravish + ot). 
 
BILIB OLING.
 
Sifatlar tarkibiga ko‘ra tub va yasama sifatlarga 
bo‘linadi. Tarkibida so‘z yasovchi qo‘shimchalar bo‘lmagan sifatlar 
tub sifatlar, asos va yasovchi qismdan iborat bo‘lgan sifatlar yasama 
sifatlar hisoblanadi. Yasama sifatlar asosga qo‘shimchalar qo‘shish 
yoki so‘z qo‘shish yo‘li bilan hosil qilinadi . 
 V. Sifatlar tuzilishiga ko‘ra 4 ga bo‘linadi. 
 1. Sodda sifatlar – bir asosdan iborat. Ayni paytda soda sifatlarning 
o‘zi ikkiga bo‘linadi:
a) tub sodda:  oq, qoramtir, go‘zal, yaxshiroq.
b) sodda yasama: chiroy/li, bilim/li, ser/suv, bo‘y/dor, tin/iq, 
sovu/q, ulug‘/vor. 
2. Qo‘shma sifat – ikki va undan ortiq asosdan iboratdir. M.: 
erk/sevar, och/ko‘z, sher/yurak, jigar/rang, shirin/so‘z, ospon/o‘par, 
kalta/fahm, baland/parvoz, mehnat/sevar, ish/yoqmas, tosh/bag‘r, 
sof/dil.
3. Juft sifat – o‘zaro yaqin yoki zid ma’noli ikki qismdan iborat. M.: 
qing‘ir-qiyshiq, egri-bugri, katta-kichik, turli-tuman, baland-past, 
sarg‘ish-qo‘ng‘ir. 
4. Takroriy – bir asosning takroridan iborat. M.: katta-katta, yangi-
yangi, uzun-uzun. 


80 
• 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling