Buxoro davlat universiteti pedagogika instituti


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/202
Sana25.02.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1229059
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   202
Bog'liq
Ona tili (Morfologiya) o`quv qo`llanma 13-dekabr (1)

 
Chiqish kelishigi 
 
 
Ish harakatning boshlanish nuqtasini (uydan kelmoq), obyektini 
(nondan yemoq), manbasini 
(kitobdan o‘qidim), shuningdek, paytini
(yoshlikdan tayyorlanmoq) va sababini, bir-
biriga o‘xshashligi, 
qiyoslanishini ifodalab keladi.
 
Qo‘shimchasi:
-dan: Toshkent/dan kelmoq, temir/dan qattiq, shamol/dan tez.
Mumtoz adabiyotdagi shakli: -din. Jondin seni ko‘p sevarmen, ey 
umri aziz.(A.N.)
Sheva va folklordagi shakli: -tin/ -tan/ -nan.
Chiqish kelishigining so‘zlarni bog‘lab kelishi.  
1. Chiqish kelishigidagi so‘z ko‘proq o‘timsiz fe’lga bog‘lanadi. 
M.: ish/dan qaytmoq, uy/dan kelmoq, maktab/dan jo‘namoq.
2. Qaratqich kelishigi bilan sinonim bo‘lganda, III shaxs egalik 
shaklidagi otlashgan so‘z bilan bog‘lanadi. M.: o‘quvchilar/dan bir/i
testlar/dan qiyin/i
UNUTMANG

Ayrim so‘zlarga qo‘shilganda, o‘z grammatik ma’nosini 
yo‘qotib, ravishga o‘tadi va morfemalarga ajratilmaydi.
M.: bexosdan 
(yiqilmoq), birdan (hujum qilmoq), shu ondan, o‘sha vaqtdan. 
Yodda tuting!  Chiqish kelishigi mutlaqo belgisiz ishlatilmaydi. 
So‘z birikmasidagi o‘rni. Chiqish kelishigi boshqaruvli so‘z 
birikmasida tobe so‘z tarkibida bo‘ladi. M.: ko‘cha/dan o‘tmoq, 
maktab/dan kelmoq, mashina/dan tushmoq. 
Bilib oling. 
Ba’zan tushum kelishi o‘rnida chiqish kelishigi shakli 
ishlatilishi mumkin. Lekin ularning ma’nosida ma’lum farq bor. Tushum 
kelishigidagi so‘z butunni, chiqish kelishigidagi so‘z qismni bildiradi.
 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling