Maza-ta’m sifatlari: achchiq, nordon, shirin, sho‘r, chuchuk,
taxir, kakra, laziz, xushta’m, chuchmal, suchuk(shirin), talxa, laziz.
Hid bildiruvchi sifatlar – predmetning hidini bildiruvchi
sifatlar. Ular: xushbo‘y, muattar, ifor, sassiq, badbo‘y, qo‘lansa.
Asliy va nisbiy sifatlar
Sifatlar belgini to‘g‘ridan-to‘g‘ri ifodalash ifodalamasligiga
ko‘ra, hamda darajalanish-darajalanmasligiga ko‘ra ikkiga
bo‘linadi:
1. Asliy sifatlar.
85
2. Nisbiy sifatlar.
Belgini to‘g‘ridan-to‘g‘ri ifodalaydigan va uni darajalab
ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘lgan sifatlar asliy sifatlar sanaladi.
M.: go‘zal – juda go‘zal, go‘zalroq; chiroyli juda chiroyli,
chiroyliroq; shirin – juda shirin; oq – oqroq, oppoq, mazali/roq,
go‘zal/roq, juda sermeva, erksevar/roq, eng so‘nggi, juda yuzaki,
juda qora, qizil/roq, sal xushbichim, beor/roq, juda serg‘alva.
Qo‘shimcha ma’lumot
.
Asliy sifatlarga deyarli barcha tub
sifatlar kiradi. Qolaversa, darajalanish imkoniyatiga ega bo‘lgan
yasama sifatlar ham kiradi. M.: badavlat, omilkor, yumaloq,
vijdonli, erksevar, hozirjavob.
Belgini to‘g‘ridan-to‘g‘ri emas, balki boshqa bir tushunchaga
nisbatlagan holda ifodalaydigan va daraja ko‘rsatish imkoniyatiga
ega bo‘lmagan sifatlarga nisbiy sifatlar deyiladi . M.: qishki,
ko‘chma, derazali, devoriy, ro‘molli, tonggi, kuzgi, soyaki...
Sifatning yasalishi
Sifatlar yasalish xususiyatiga ega. Ular affiksastiya, kompozistiya,
konversiya hamda leksik-semantik va fonetik usullar yordamida
yasaladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |