92
2. Morfologik usul.
Rang-tus bildiruvchi ayrim sifatlarga
quyidagi lug‘aviy shakl yasovchi qo‘shimchalar qo‘shilib,
ozaytirma darajani hosil qiladi.
-
ish:
ko‘kish qalam, oqish mashina.
-mtir/ -imtir:
qoramtir, ko‘kimtir.
-g‘ish:
qizg‘ish.
-
chil:
koʻkchil.
-
tob:
yashiltob, qo‘ng‘irtob.
M.:
Kalishlarni kiyib olaman. – Sag‘al katta-ku! – deyman
sevinganimdan entikib. (Oybek).
Qora/mtir osmon asta-sekin yorisha
boshladi.
Orttirma daraja
Belgining me’yordan ortiq ekanligini
bildirgan sifat shakli
orttirma daraja shakli deyiladi.
M.: juda shirin olma, juda katta bino, top-toza suv, bus-butun
idish.
Orttirma darajadagi sifatlar quyidagi usullar bilan yasaladi:
1. Leksik-sintaktik usul. Bunda oddiy darajadagi sifat oldidan
belgining me’yordan ortiq ekanligini ifodalovchi quyidagi so‘zlar
keltiriladi:
eng, g‘oyat, juda, nihoyatda, bag‘oyat, bag‘oyatda, g‘irt,
jiqqa, tim, behad, beqiyos . M.: eng go‘zal, g‘irt axmoq, jiqqa ho‘l,
tim qora, bag‘oyat xursandman, behad uzun.
UNUTMANG
. Mazkur so‘zlar doim sifatlardan ajratib yoziladi.
2. Fonetik usul.
Bu usulga ko‘ra sifatning orttirma darajasi
quyidagicha hosil bo‘ladi:
A.
Ohang vositasida, ya’ni sifat tarkibidagi unli cho‘ziq talaffuz
qilinadi. M.:
balaaand bino, keeeng xona. [achchiq – a:chchiq, uzun
– u:zun, chiroyli – chiro:yli.
B.
Oddiy darajadagi sifatlarning birinchi bo‘g‘ini yoki bir
Do'stlaringiz bilan baham: