Buxoro davlat universiteti pedagogika instituti


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/202
Sana25.02.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1229059
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   202
Bog'liq
Ona tili (Morfologiya) o`quv qo`llanma 13-dekabr (1)

 
Oddiy daraja
Predmetning belgisini odatdagi normal, me’yorda ekanligini 
bildiradigan sifat shakli oddiy daraja shakli deyiladi.
M.: shirin olma, katta bino, toza suv. 
Sifatning oddiy darajasi hech qanday usul bilan yasalmaydi. 
Maxsus grammatik ko‘rsatkichi – qo‘shimchasi ham yo‘q. 
Sifatning oddiy darajasi boshqa darajalar uchun asos bo‘lib 
xizmat qiladi.  
M.: Zamonamga sadoqatli, dili sof, toza iymonman. 
 
Qiyosiy daraja 
Belgining meyordan biroz kam ekanligini qiyosan ifodalaydigan 
sifat shakliga qiyosiy daraja shakli deyiladi.
Qo‘shimchasi-roq: mazali/roq, hashamatli/roq, kalta/roq. 
Tilimiz dag‘al/roq lekin juda boy, rangli, ohori to‘kilmagan ertak, 
doston va qo‘shiq ko‘p. (Mirtemir). Uning nazarida bundan 
suyumli/roq, bundan ham zavqli/roq ish yo‘q edi. 
Izoh. Manbasi ko‘rsatilgan fikr biroz bahsli, qiyosiy daraja 
shakli nafaqat belgining kam ekanligini, balki ko‘pligini ham qiyoslab 
ko‘rsatadi. M.: Anvarning bo‘yi, yoshi Ra’nodan katta/roq. 
➢ 
BILIB OLING!
roq  qo‘shimchasi biroz, sal, nim, och so‘zlari 
bilan sinonim bo‘lib keladi, shuning uchun ularni ko‘pincha 
birining o‘rnida ikkinchisini qo‘llash mumkin. M.: qizil/roq – sal 
qizil, biroz qizil, och qizil. 
 
Ozaytirma daraja 
 
Belgining me’yordan kam ekanligini bildiruvchi shakl sifatning 
ozaytirma daraja shakli hisoblanadi.
Ozaytirma daraja 2 xil usul bilan yasaladi: 
1. Leksik-sintaktik usul – bunda sifat oldidan belgining 
me’yordan kam ekanligini ifodalovchi maxsus so‘zlar keltiriladi. 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling