Sonlar narsalar, belgi-xususiyatlar, harakat-holatlarning
miqdori yoki tartibini bildiradi. Shunga koʻra dastlab ikki
guruhga boʻlinadi:
1. Miqdor sonlar. 2. Tartib sonlar.
Miqdor hamda tartib sonlar ma’lum bir xususiyatlari bilan
farqlanadi. Jadvalga e’tiborimizni qaratamiz.
Miqdor
sonlar
Tartib
sonlar
Predmetni
donalab,
taqsimlab,
chamalab,
jamlab,
sanab
koʻrsatish
xususiyatiga ega.
Tartib sonlar predmetning tartibga
koʻra, ba’zan navi-sortiga koʻra
belgisini bildiradi. M.: 11-sinf, 3-qavat,
95-choy, birinchi un.
Miqdor
sonlar
nisbatan
koʻproq,
lug’aviy shakl yasovchilarga ega: -ta, -
tadan, -tacha, -larcha, -ov, -ala.
Tartib son 1 ta qoʻshimchaga ega: -
(i)nchi: birinchi, ikkinchi,..
ESLATMA! -lamchi shaklida ham
qoʻshimcha mavjud, bu qoʻshimcha bir
va ikki saanoq sonlariga qoʻshilib
kirish soʻz sifatida keladi.
Miqdor sonlar juftlashib hamda takror
holda ham keladi. M.: uch -toʻrtta, besh-
oʻnta, ikkita-ikkita.
Tartib sonlar juftlashib ham, takror
holda ham kela olmaydi.
Miqdor sonlar birikmali holda keladi:
sakkizdan ikki, oltining yarmi.
Birikmali holda kela olmaydi.
Miqdor sonlar hisob soʻzlarga ega: dona,
nafar, kg, sm, km.
Hisob soʻzlarga ega emas.
Miqdor sonlar koʻplik qoʻshimchasini
qabul qilmaydi.
ESLATMA! Miqdor sonlardan sanoq
sonlarga koʻplik qoʻshimchasi qoʻshilib,
gumon ma’nosini ifodalaydi. M.: soat
sakkizlarda uyda boʻlaman.
Koʻplik qoʻshimchasini qabul qilib,
otlashadi. M.: Birinchi/lar/ga hamma
havas qiladi.
Miqdor sonlar ma’no va munosabatiga
koʻra boʻlinadi.
( Quyiga qaralsin.)
Ichki ma’noviy guruhga boʻlinmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |