Buxoro davlat universiteti pedagogika instituti


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet87/202
Sana25.02.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1229059
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   202
Bog'liq
Ona tili (Morfologiya) o`quv qo`llanma 13-dekabr (1)

ancha, picha kabi ravish, uncha, buncha, shuncha, qancha, kabi 
olmosh, savat-savat, quchoq-quchoq, rasta-rasta, qop-qop kabi 
otlar ham otga bog’lanib, miqdor ma’nosini bildirishi yoki unga 
ishora qilishi mumkin. Lekin bu koʻplik mavhumdir.
Xuddi shunday sonlar ifodalayotgan ma’nosiga koʻra ham dastlab 
ikkiga boʻlinadi: 
1. Aniq ma’noli son. Agar son otga bog’lanib, konkret bir 
predmetning miqdorga koʻra belgisini ifodalasa, aniq ma’noli 
sanaladi. M.: uch farzand, 2 tup koʻchat, 3-qavat, ikkitadan olma. 
• 
Mazkur sonlar tilshunoslikka xos sonlardir, chunki predmetning 
belgisini ifodalayapti. 
2. Mavhum ma’noli son. Agar son hech qanday otga 
bog’lanmasdan kelsa, mavhum ma’noli boʻladi. Sababi bunda 
predmetning belgisini ifodalay olmaydi. M.: 2 X 2 = 4; 5 X 5 = 25; 
20+25=45. Ikki oʻnbesh – bir oʻttiz . 
Mazkur sonlar matematik ifoda deb ham yuritiladi.
 
Sonning yozuvda ifodalanishi 
Hozirgi oʻzbek adabiy tilida sonlar yozuvda uch xil ifodalanadi. 
1. Harf bilan: bir, oʻn, oʻn sakkiz, yigirma olti… 
2. Arab raqami: 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9, 0 


95 
3. Rim raqami bilan:  
BirliklarI, II, III, IV, V, VI, VII, VIII, IX 
OʻnliklarX, XX, XXX, XL – 40, L – 50, LX – 60, LXX – 70, LXXX 
– 80, XC – 90; 
Yuzliklarlar100 – C, 200 – CC, 300 – CCC, 400 – CD, 500 – D, 
600 –DC, 700 –DCC, 800 – DCCC, 900 – CM; 
Minglik1000 – M. 
 
Morfologik belgisi 
 
I. Sonning asosiy morfologik xususiyati otga bog’lanib, 
predmetning miqdor va tartibga koʻra belgisini ifodalash bilan 
izohlanadi. M.: 
ikkitadan kitob, yuzlab oʻquvchi, birinchi oʻrin, toʻqson beshinchi 
choy. 
• 
Eslatma. Son otdan tashqari quyidagi soʻz turkumlariga 
bog’lanib keladi: 1. Fe’lga bog’lanib, harakat va holatning belgisini 
izohlab kelishi mumkin. M.: Soat yettida kelaman. Ikki soat yurdi. 
Bitta-bitta tushuntirmoq. 
2.Ba’zan payt ravishlariga bog’lanib keladi. M.: 5000 yil 
muqaddam, oʻn yil oldin. 
3. Otlashganda sifatga bog’lanib, unning belgisini izohlab keladi
M.: bittasi zoʻr, beshtasi qoloq. 
II. Sonning yasalishi. Son soʻz turkumi soʻz yasovchi 
qoʻshimchalarga ega emas. Demak, son soʻz turkumida sodda yasama 
sonlar ham yoʻq.

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling