M.: Birniki mingga, mingniki tumanga.
Sintaktik belgisi
1. Sonnig asosiy sintaktik vazifasi. Otga bog’lanib, qancha? necha?
nechanchi? kabi soʻroqlarga javob boʻlib, sifatlovchi-aniqlovchi
vazifasida kelishi bilan izohlanadi. M.: Sizlarni koʻrsam koʻnglimdan
ikki tilak oʻtadi: biri sizlarni talaba sifatida koʻrish, ikkinchisi
farzandlarimni sizlar kabi oʻqib yurishini koʻrish.
2. Ot kesim vazifasida keladi. M.: Men oilada farzandlardan
ikkinchisiman.
3. Hol vazifasida keladi. Hol vazifasida kelgan sonlar fe’lga
bog’lanadi.
a) tarz holi: Men mavzularni bitta-bitta oʻzlashtirishim shart.
b) daraja-miqdor holi: Kitoblar oʻn mingdan sotildi. Polvonlar
davrani ikki aylandi.
Otlashganda, otga xos koʻrsatkichlarni qabul qilib, otning quyidagi
vazifalarida keladi.
Ega: Biri boshqasiga aytdi.
Toʻldiruvchi: Biri ikkinchisiga sodiq.
Qaratqichli-aniqlovchi: Toʻrtning yarmi ikki boʻladi.
Undalma. Toʻrtinchi, yigirmanchiga aloqaga chiqing.
Soʻz birikmasidagi oʻrni.
Son
odatda
bitishuvli
soʻz
birikmasida tobe soʻz sifatida keladi, hokim soʻz sifatida esa asosan ot
keladi. M.: beshta guldon, uchinchi farzand, uchala farzand.
Shuningdek, boshqaruvli ( Ikkini beshga koʻpaytir.) hamda
moslashuvli soʻz birikmasida (Ikkining yarmi) tobe soʻz sifatida
kelishi mumkin.
98
Sonllarning ma’no guruhlari
Do'stlaringiz bilan baham: |