93
D.
Ayrim sifatlarning birinchi qism yoki bo‘g‘ini takror
keltiriladi. M.:
yum-yumaloq, dum-dumaloq, pak-pakana.
QO‘SHIMCHA MA’LUMOT!
Orttirma
darajadagi sifat gapda
quyidagicha ifodalanishi mumkin.
Sifat oldidan chiqish kelishigi shaklidagi jamlash olmoshlari
keltiriladi. M.:
barcha/dan go‘zal, hamma/dan mehribon.
Ayrim sifatlar chiqish kelishigi shaklida takror keltiriladi. M.:
uzundan uzoq yo‘l, balanddan baland imorat, shirindan shirin
farzand.
Sifatning nokategorial shakli
Sifat so‘z turkumining 2 ta nokotegoryal shakli mavjud:
1. Juft-takroriy shakl: baland-past, katta-kichik, uzun-uzun,
maza-bemaza, oq-qora, yolg‘on-yashiq,..
2. Sintetik – erkalash shakl. Sifatning
mazkur shakli otga
bog‘lanib, shu otga nisbatan ijobiy, erkalash bo‘yog‘ini, munosabatini
ifodalaydi.
Qo‘shimchasi -gina(-kina, -qina): mittigina mushuk,
issiqqina non.
Ona qizchasining oppoq va
do‘mboq/
qina qo‘lchasidan ko‘tarib,
lo‘ppi/
gina yuzidan o‘pib erkalatdi.
Do'stlaringiz bilan baham: