Buxoro davlat universiteti pedagogika instituti


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/202
Sana25.02.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1229059
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   202
Bog'liq
Ona tili (Morfologiya) o`quv qo`llanma 13-dekabr (1)

Kompozistiya usuli bilan ko‘rib o‘tilgani kabi juft, takroriy va 
qo‘shma sifatlar hosil bo‘lgan. 
Konversiya yo‘li bilan sifatga ko‘chgan: 
 
1. Juft va takroriy otlar: mosh-guruch, yo‘l-yo‘l, rang-barang
xilma-xil. 
2. O‘zak holidagi fe’llar: daydi, qari, och, chalkash, yanglish
tutash, aralash. 
3. Harakat nomi shaklidagi juft fe’l: olmoq-solmoq. 
4. Yaqin (aniq) o‘tgan zamondagi juft fe’llar va fe’lli 
birikmalar: oldi-qochdi (gap), kuydi-pishdi (ayol), tug‘di-bitdi 
(farzand), iliguzildi (vaqt), ichakuzdi (hangomalar), supraqoqdi 
(o‘g‘il, ya’ni kenja o‘g‘il). 
5. Takroriy olmosh: manman.
6. Takroriy son: birdan bir.
Fonetik usul bilan, masalan, semirmoq fe’lining o‘zagidan semiz 
so‘zi, bitmoq fe’li o‘zagidan but (ro‘zg‘ori but) so‘zi hosil bo‘lgan. 
Leksik-semantik usul bilan sifatlarning ko‘chma ma’nolari hosil 
bo‘lgan, ular ko‘chma ma’noda ba’zan boshqa so‘z turkumi vazifasini 


86 
ham bajaradi: shirin xotira, achchiq haqiqat, qip-qizil tentak, qora 
kunlar, iliq tabassum. 
Affiksastiya yuli bilan quyidagi so‘z turkumlaridan sifat yasalishi 
mumkin: 
1. Otdan: odob/li, ba/ma’ni, hosil/dor, gorizont/al. 
2. Sifatdan: no/to‘g‘ri, g‘ayri/tabiiy, no/qulay, xom/aki, 
3. Sondan: ikki/chi, besh/chi. 
4. Olmoshdan: o‘z/aro, hamma/bop, siz/bop. 
5. Ravishdan: kam/chil, kech/ki, avval/gi, oldin/gi. 
6. Fe’ldan: och/iq, so‘l/g‘in, boshlan/g‘ich, erin/choq. 
7. Undov so‘zlardan: oh-voh/li, dod-voy/siz. 
8. Taqlid so‘zlardan: so‘lq/ildoq, po‘rs/ildoq, sharr/os, shart/aki. 
9. Modal ma’noli so‘zlardan: kerak/li, zarur/iy.
Sifat yasovchi affiks va affiksoidlar : 
a: fe’ldan – to‘la , aylana , ko‘tara (savdo); 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling