Buxoro davlat universiteti pedagogika instituti


Bir sonining ayrim soʻzlar bilan birga kelishi


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet96/202
Sana25.02.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1229059
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   202
Bog'liq
Ona tili (Morfologiya) o`quv qo`llanma 13-dekabr (1)

Bir sonining ayrim soʻzlar bilan birga kelishi. Bunda
1) rov, pas (nafas), zum,zamon, payt, yil, vaqt, oy, kun  kabi soʻzlar 
bilan birga kelib payt holi vazifasida keladi: Uyga birrov kirib 
oʻtamiz. Doʻstim, meni birpas kut.
2) necha, qancha, sidirgʻa, sidra, oz, muncha, qadar soʻzlari bilan 
kelib, ot yo fe’lga bog’lanib, aniqlovchi yoki hol vazifasida keladi: bir 
necha kitob, bir sidra kiyim, biroz ishlamoq. 
3) nima, narsa soʻzlari bilan kelib noaniqlikni bildiradi: Uyning 
qorong’i burchagida bir narsa g`imirlagandek boʻldi.
4) qator, talay soʻzlari bilan kelib predmetning belgisini ifodalaydi: 
Talabalarga bir qator sharoitlarni yaratib berishdi. 
5) xil soʻzi bilan kelib, “bir turdagi” yoki “g’alati” degan ma’nolarni 
ifodalab keladi: Uning bir xil qiliqlari oʻtirganlarning ensasini 
qotirdi. Bir xil koʻylak oldik.


103 
6) bari, ba’zi, har, qay(si) soʻzlaridan keyin kelib, qoʻshma soʻzni 
tashkil etadi: ba’zi bir, qay(si) bir sifat vazifasida, har bir belgilash 
olmoshi, baribir ( ega+kesim munosabatidan kelib chiqqan) – kirish 
soʻz yoki soʻz - gap vazifasida qoʻllaniladi.
Bir soʻzining juftlanib kelishi mumkin. Bunday vaqtda u kelishik 
(ma’nosini yoʻqotib qotib, qolgan kelishik), egalik qoʻshimchalarini 
oladi: bir-biri, bir-biriga, biri-biriga kabi. Shuningdek, birin-ketin, 
birin-sirin kabi juft soʻzlarning oldingi qismi boʻlib keladi.
Unutmang. Bir soʻzi yakka holda takror kelsa, ravishga 
koʻchadi: Jonon kelar bir kecha, bir-bir bosib astagina.
Oldingi qismi chiqish kelishigi shaklida boʻlsa, yakka, yagona 
ma’nolarini bildiradi: Birdan bir orzum oʻqishga kirish. 
Bir soʻzi oʻrnida ishlatiladigan soʻzlar. Oʻzbek tilida bir soʻzi 
oʻrnida nutq talbiga koʻra ilk  soʻzi qoʻllanishi mumkin: Boychechak 
bahorning ilk darakchisidir. 
 Shuningdek, bir soʻzi ma’nosida yakka, yolg’iz, yagona, tanho kabi 
soʻzlar ham kelishi mumkin. M.: Otabek Yusufbek hojining yolg’iz 
(yakka-yu yagona) oʻg’li.

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling