110
OLMOSH SOʻZ TURKUMI
Mazkur soʻz turkumining nomiga e’tibor bersak, “almashmoq”
fe’li ekanligini bilish mumkin, chunki bu soʻz turkumi matnda ma’lum
bir soʻz, soʻz birikmasi, gap oʻrniga kelib ularga ishora qiladi. M.:
1. Soʻzga ishora qiladi: Kitobni koʻp oʻqisangiz,
undan koʻp
hikmat topasiz.
(Izoh: Mazkur gapda undan olmoshi kitob soʻziga
ishora qilyapti.)
2. Gapga ishora qiladi: Istagim shuki, doimo tinchlik
boʻlsin.
(Izoh: Mazkur gapda shuki olmoshi “Doimo tinchlik
boʻlsin” gapiga ishora qilyapti.)
3. Soʻz birikmasiga ishora qiladi. M.: Men
kitob oʻqishni
yoqtiraman.
Vaqt
topdim
deguncha
shu
mashg’ulot
bilan
shug’ullanaman.
(Izoh: Shu olmoshi “kitobni oʻqish”, “oʻqishni
yoqtiraman” soʻz birikmalariga ishora qilyapti.
Boshqa soʻzlar, shuningdek, soʻz birikmasi va gap oʻrnida
almashinib qoʻllaniluvchi, ularga ishora qiluvchi yoki soʻroq
bild
iruvchi soʻzlar olmosh hisoblanadi.
Ta’rifda qayd qilinganidek, tilimizdagi deyarli barcha soʻroq
soʻzlar olmoshga – soʻroq olmoshlariga mansub. Faqat fe’lning
soʻroqlari nima qilmoq? nima boʻlmoq? kompozitsiya usuli bilan
yasalgan qoʻshma fe’llardir.
Olmosh ta’rifda qayd qilinganidek soʻzlar – soʻz turkumlari
oʻrnida kela oladi. Qarang.
1. Ot oʻrnida keladi. M.: Alisher Navoiy oʻrta asrlarda yashagan.
U
daho ijodkordir.
(U – Alisher Navoiy. Atoqli otga ishora qilyapti.)
2. Sifat oʻrnida keladi. M.: Men
qadimiy shaharda yashayman.
Bu
kabi shahar dunyoning boshqa yerida yoʻq.
3. Son oʻrnida keladi. M.: Xolid toshni
oʻn marta koʻtardi. Men
ham
shuncha koʻtarishni orzu qilaman.
Oʻnta daftar oldim. Shuncha daftar nega kerak.
4. Ravish oʻrnida keladi. M.: Bobur
noiloj Samarqanddan chekindi.
Nega Samarqanddan chekindi?
5. Undov soʻz turkumiga ishora qiladi. M.: Salom – inson odobining
ziynatidir.
Bu ziynatdan farzandlarimiz bebahra qolmasin.