Buxoro davlat universiteti pedagogika instituti


talaffuzda asos xiridagi (ch, t, sh) tovushlari


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet101/202
Sana25.02.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1229059
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   202
Bog'liq
Ona tili (Morfologiya) o`quv qo`llanma 13-dekabr (1)

talaffuzda asos xiridagi (ch, t, sh) tovushlari ikkilanadi, lekin 
yozuvda bitta yoziladi: uch + ov = uch(ch)ov, toʻrt + ala = toʻrt(t)ala, 
besh + ovlon = besh(sh)ovlon. 
• Mazkur jamlovchi sonlar morfologik yozuv tamoyiliga koʻra 
yoziladi. 


107 
Qoʻshimchalari:
-ov bu affiks odatda ikki, uch, toʻrt, besh sanoq sonlariga faol 
qoʻshilib, ot xarakteridagi jamlovchi sonni hosil qiladi. 
BILIB OLING!
-ov shaklidagi jamlovchi son doim otning egalik 
shaklida boʻladi: ikkov ing, ikkovi, ikkovimiz, ikkovlari 
Unutmaslik lozimki, I shaxs birlikdagi –im egalik 
qoʻshimchasini qabul qilmaydi. 
• Mazkur jamlovchi soniga kelishik qoʻshimchalari, egalik 
qoʻshimchalaridan keyin qoʻshiladi: Ikkovining orasida hech qanday 
sir yotmaydi. 
-ala mazkur qoʻshimcha ham ikki, uch, toʻrt, besh sonlariga faol, 
6, 7 sonlariga passiv qoʻshiladi: Ikkala doʻst, beshala farzand,.. 
• -ala shaklidagi jamlovchi son odatda otga bog’lanib, sifatlovchi-
aniqlovchi vazifasida keladi. M.: Uchala farzandimiz ham boʻlak 
chiqib ketishgan. 
-ovlon mazkur qoʻshimcha -ov qoʻshimchasining variant shaklidir: 
Oltovlon ola boʻlsa, og’zidagin oldirar, Toʻrtovlon tugal boʻlsa,
tepadagin indirar. 
 
Chama son 
Narsaning 
miqdorini 
taxminlab, 
chamalab 
koʻrsatadigan soʻzlarga chama son deyiladi. M.: Bekatda 
oʻntacha odam aftobus kutib turishardi. 
Chama son ikki xil usul bilan hosil boʻladi. 
1. Morfologik usul bilan hosil boʻladi. Bu usulga koʻra chama 
sonni lug’aviy shakl yasovchi qoʻshimchalar hosil qiladi. M.: 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling