turkumidan farqli ravishda kelishik qoʻshimchalarini belgili qabul
qiladi. Oʻzlik olmoshi mundan mustasno, chunki u belgili ham
belgisiz kelishik shaklida kela oladi.
Olmoshning tuzilishiga koʻra turlari
Olmoshlar tuzilishiga koʻra toʻrtga boʻlinadi:
1. Sodda olmosh. 3. Juft olmosh.
2. Qoʻshma olmosh. 4. Takroriy olmosh.
Sodda olmosh – bir asosdan iborat boʻladi.
Kim? nima? hamma, barcha; kimdir, qaysidir, allakim, allaqanday
singari olmoshlar sodda olmoshlardir.
Ma’no munosabatiga koʻra kishilik, oʻzlik, soʻroq, gumon
olmoshlarining barchasi hamda belgilash olmoshining jamlash
(hamma, bari, barcha, yalpi), shuningdek, koʻrsatish olmoshlarining
bir qismi (bu, shu, u, oʻsha, ana, mana) sodda olmoshlardan iboratdir.
Qoʻshma olmoshlar – ikki asosdan tashkil topgan boʻladi.
Tarkibida hech, bir qismlari mavjud boʻlgan olmoshlar
qoʻshma olmoshlardir.
Qoʻshma olmoshlar oʻz imkoniyati doirasida kompozitsiya usuli
bilan yasaladi. Lekin shuni unutmaslik lozimki, boʻlishsizlik va
belgilash olmoshlarining yasalishida bir (sanoq soni), narsa (ot)
soʻzlari ishtirok etadi.
113
YODDA TUTING!
Ma’no munosabatiga koʻra quyidagi olmoshlar
tarkibida qoʻshma olmoshlar bor.
1. Boʻlishsizlik olmoshining barchasi. M.: hech kim, hech nima,
hech qayer, hech qaysi, hech qanaqa, hech bir, hech narsa.
2. Belgilash olmoshida. M.: har kim, har nima, har qanday, har
qayer, har qays, har bir, har narsa.
3. Koʻrsatish olmoshining bir qismi sodda sanalsa, bir qismi
Do'stlaringiz bilan baham: |