Buxoro davlat universiteti pedagogika instituti


Soʻroq olmoshlari va bir, narsa, nima soʻzlari oldidan hech


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet114/202
Sana25.02.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1229059
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   202
Bog'liq
Ona tili (Morfologiya) o`quv qo`llanma 13-dekabr (1)

 
Soʻroq olmoshlari va bir, narsa, nima soʻzlari oldidan hech 
soʻzining qoʻllanilishi natijasida boʻlishsizlik olmoshlari hosil 
boʻladi. M.: hech kim, hech nima, hech qayer, hech narsa (ot 
xarakteridagi olmoshlar); hech qanday, hech qanaqa, hech qaysi, hech 
bir (sifat xarakteridagi); hech qachon, hech qayerga ( ravish 
xarakteridagi); hech qancha ( son xarakteridagi). 
Boʻlishsizlik olmoshlari tuzilishiga koʻra qoʻshma soʻz boʻlib, 
qismlari ajratib yoziladi. 
Boʻlishsizlik olmoshlari ishtirok etgan gaplarning kesimi inkor 
shaklda boʻladi. M.: Hunarli odam hech qachon kam boʻl/ma/ydi. 
Boʻlishsizlik hamda belgilash olmoshlari oʻzaro ziddir. Sababi 
shuki, boʻlishsizlik olmoshlari qatnashgan gapning kesimi odatda 
inkor shaklda boʻlsa, belgilash olmoshi qatnashgan gapning kesimi 
tasdiq shaklda boʻladi. Solishtiring: Karim har kimga ishonadi.// 
Karim hech kimga ishonmaydi
 
Soʻroq oloshi 
Shaxs, narsa-hodisa, belgi-xususiyat, miqdor, sabab, maqsad, 
oʻrin, payt haqida soʻroqni bildiruvchi olmoshlar soʻroq olmoshlari
deyiladi. 
Shaxs soʻrog’i:
kim
? 
Narsa-hodisa soʻrog’i: nima? ne? nelar?
Belgi-xususiyat soʻrog’i: qanday? qanaqa? qaysi? qay? 


120 
Miqdor soʻroqlari: qancha? necha? nechta? nechanchi? 
Sabab-maqsad soʻroqlari: nega? nima uchun? nima sababli? 
nimaga? 
Oʻrin-joy soʻroqlari: qayer? qayerda? qayerga? qayerdan? 
Payt soʻrog’i: qachon? qachondan beri(buyon)? 
Odatda nutq jarayonida tinglovchi oʻziga tushunarsiz boʻlgan narsa, 
voqea-hodisalarni 
oydinlashtirish 
uchun 
soʻroq 
olmoshidan 
foydalaniladi:  Bugun darsda kim yoʻq? 
 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling