Buxoro davlat universiteti pedagogika instituti


Soʻroq olmoshlari ishtirok etgan soʻzlar ifoda maqsadiga koʻra


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet115/202
Sana25.02.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1229059
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   202
Bog'liq
Ona tili (Morfologiya) o`quv qo`llanma 13-dekabr (1)

Soʻroq olmoshlari ishtirok etgan soʻzlar ifoda maqsadiga koʻra 
soʻroq gap sanaladi. Bunday gaplar soʻroq ohangi bilan talaffuz 
qilinadi va oxirida soʻroq belgisi qoʻyiladi. M.: Kechagi gaplardan 
soʻng qaysi yuzi bilan boradi? 

 Ba’zan soʻroq olmoshlari bir-birining oʻrnida almashinib keladi. 
Nima (qanday) ishlari bor ekan? Mazkur gapda belgi soʻrog’i 
oʻrnida, narsa soʻrog’i ishlatilgan.
ESLATMA
! Soʻroq olmoshlari quyidagi ergashgan qoʻshma 
gaplarning tobe – ergash gapida nisbiy soʻz boʻlib keladi va 
bunda ular soʻroq mazmunini ifodalamaydi. M.: 
1. Ega ergash gapda: Kim jiddiy tayyorlansa, u albatta oʻqishga 
kiradi. 
2. Toʻldiruvchi ergash gapda: Nimani soʻrasangiz, shunga javob 
beraman. 
3.Aniqlovchi ergash gapda: Kimning qalbi toza boʻlsa, uning iymoni 
mustahkam boʻladi. 
 4. Hol ergash gapning a) oʻrin ergash gapida: Qayerda intizom boʻlsa, 
oʻsha yerda rivojlanish boʻladi. 
b) daraja-miqdor ergash gapida: Bir-birimizni qancha yaxshi bilsak, 
shuncha baxtli yashaymiz. 
 
Koʻrsatish olmoshlari 
 
Oldingi gap, gapdagi biron-
bir soʻz, soʻz birikmasi oʻrnida 
qoʻllanib, unga ishora qiluvchi soʻzni aniqlab keluvchi olmoshlar
koʻrsatish olmoshlari hisoblanadi. 
Koʻrsatish olmoshlari quyidagi qoʻshimchalarni qabul qilib kelad va
bunda “n” tovushi ortadi: u ( bu, oʻsha, shu, mana bu, mana shu) 


121 
+day ( -aqa, -cha, -aqangi, -dayin)=unday, unaqa, uncha,bunday, 
oʻshanaqa, mana bunaqangi, mana shundayin. 
Mazkur qoʻshimchalar vositasida hosil boʻlgan olmoshlar 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling