Buxoro davlat universiteti pedagogika instituti


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet111/202
Sana25.02.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1229059
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   202
Bog'liq
Ona tili (Morfologiya) o`quv qo`llanma 13-dekabr (1)

g’ururlanish ma’nosini ifodalaydi. M.:Biz zoʻr, biz g’olib, biz 
muzaffar!(Choʻlpon). 
• 
ILOVA
Ilmiy asarlarda ham men oʻrnida biz olmoshi ishlatiladi. 
 
Shuningdek, siz, ular yakka shaxsga ishora qilib, hurmat 
ma’nosini ifodalaydi. M.: Sen kelding oʻrniga Siz keldingiz. U keldi 
oʻrniga  Ular keldilar
• 
ESLATMA:
Siz koʻpincha hurmat ma’nosini bildiradi, shuning 
uchun koʻplik ma’nosini ifodalashda -lar qoʻshimchasi qoʻshiladi. 
M.: Sizlarga doim baxt yor boʻlsin. 
 
Monologlarda II shaxs birlikdagi sen olmoshi, I shaxs 
birlikdagi men oʻrniga keladi. M.: Sen hozir tayyorgarligingdan 
rozimisan, Shabnam! I shaxs koʻplikdagi biz olmoshi, II shaxs 
koʻplikdagi siz(-lar) olmoshi oʻrnida keladi. M.: Qani bolalar, biz 
ham ishga tushaylik. ( Siz ishga tushing ma’nosida). 
 
Oʻzlik olmoshi 
 
 
Kishilik olmoshlari oʻrnida qoʻllanilib koʻpincha shaxsni, 
ba’zan predmetni koʻrsatuvchi oʻz soʻzi oʻzlik olmoshi sanaladi. 


117 
Ta’rifda qayd qilinganidek, oʻzlik olmoshi yagona, bitta “oʻz”  
soʻzidan iborat. Egalik qoʻshimchasini qabul qilib, 3 ta shaxs 
ma’nosida keladi. M.: 
I shaxs: Oʻzim (men) bajardim. Oʻzimiz (biz) bajardik. 
II shaxs : Oʻzing (sen) bajarasan. Oʻzingiz (siz) bajarasiz. 
III shaxs: Oʻzi (u) bajaradi.
Xususiyatlari. 1.Oʻzlik olmoshi odatda egalik qoʻshimchalarini 
olib keladi. M.: Oʻz/i poʻlatdan, Dumi yog’ochdan. (Ketmon). Oʻz/i 
dumaloq, Qor kabi oq. (Tuxum). 
2. Oʻzlik olmoshi kelishik qoʻshimchalarini toʻg’ridan-toʻg’ri 
qabul qilmaydi, balki egalikdan keyin qabul qiladi. M.: Oʻz+ing+ga
ishon 
ILOVA!
Joʻnalish qoʻshimchasini toʻg’ridan-toʻg’ri qabul qilib, 
sifatga koʻchishi mumkin. M.: Oʻzga yurtga shoh boʻlguncha, Oʻz 
yurtingda gado boʻl. 
3. Oʻzlik olmoshi egalik shaklda kelib, qaratqich kelishigidagi 
kishilik olmoshlariga bog’lanadi. M: Mening oʻzim, sening oʻzing, 
uning oʻzi yoki men oʻzim, sen oʻzing, u oʻzi kabi. 
• Bu vaqtda, koʻpincha kishilik olmoshlariga ta’kid ma’nosi 
yuklanadi. M.:Mening oʻzim oʻqishga kirdim. 
4. Koʻplik qoʻshimchasini qabul qilib 3 xil ma’noda keladi: 
a) koʻplik ma’nosida: Oʻz/lar/ingiz mustaqil bajaringlar. 
b) hurmat ma’nosida: Dadamning oʻz/lari olib berdilar. 
c) piching, kesatiq, hurmatsizlik, kinoya ma’nosida: Qani, 
oʻzlaridan fikr eshitaylik. 

5. Oʻzlik olmoshi joʻnalish, chiqish kelishigi vositasida takror keladi 
va bunda quyidagi holat kuzatiladi: a) ot xarakterida boʻladi. M.: 
Sharafiddinov bilan suhbatdan soʻng, Miryoqub millat uchun 
qayg’urishga oʻz-oʻziga soʻz berdi. 
b) ravishga koʻchadi. M: Oʻzidan-oʻzi kuldi. Bolalar oʻzidan-oʻzi 
raqsga tushib ketdi. 
c) modal soʻz turkumiga koʻchadi. M.: Oʻz-oʻzidan(tabiiy), hali 
kamchiliklarimiz koʻp. 
Oʻqishga kiradiganlar uchun! Ba’zan matnda egalik shakldagi 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling