konversiya va kompozitsiya usuliga ko‘ra yangi leksik ma’no
ifodalaydi. M: yosh-u qari, achchiq-chuchuk , oldi-sotdi, bordi-keldi,
yugur-yugur – ot; kuydi-pishdi, mosh-guruch, yo‘l-yo‘l – sifat; uzoq-
yaqindan, uzil-kesil, es-es (zo‘rg‘a), qishin-yozin (doimo), erta-kech
(hamisha), bugun-erta (yaqinda), nari-beri (tez), uncha-muncha (sal,
oz) – ravish.
Juft so‘zlar
Bitta so‘roqga javob bo‘lib, bitta gap bo‘lagi vazifasida keladigan
ikki qismdan iborat so‘zga juft so‘z deyiladi.
Qismlari o‘zaro ma’nodosh yoki bir-biriga yaqin yoki o‘zaro
antonim so‘zlarga juft so‘zlar deyiladi.
Ikki so‘zni yonma-yon qo‘shish yo‘li bilan hosil qilingan so‘zlar
juft so‘zlar sanaladi.
Xususiyatlari. 1. Juft so‘zlar 2 qismdan iborat bo‘ladi: ota-ona,
yaxshi-yomon, beshta-o‘nta, borib-kelib, asta-sekin.
2. Imloviy belgisi. Juft so‘zlarning qismlari chiziqcha bilan
ajratib yoziladi. M.: aka-uka, past-baland, sekin-asta. Juft so‘zlar
orasiga –u/-yu yuklamasi kelsa, birinchi qismdan chiziqcha bilan
ajratib yoziladi. M.: ota-yu ona, past-u baland, katta-yu kichik.
3. Juft so‘zlarning qismlari o‘zaro teng munosabatda bo‘ladi.
Hatto ular orasiga teng bog‘lovchini qo‘ysa ham bo‘ladi. M.: ota-ona
// ota va ona, o‘g‘il-qiz // o‘g‘il hamda qiz.
4. XGM ifodalaydigan juft so‘zlarning har bir qismi o‘z so‘z
urg‘usiga ega bo‘ladi.
5. Juft so‘zlarning qismlari bitta so‘z turkumiga mansub bo‘ladi.
M.: ot so‘z turkumi: uy-joy, ilm-ma’rifat, aka-uka, stol-stul;
sifat: yakka-yagona, esli-hushli, ijtimoiy-siyosiy;
son: o‘n-o‘n besh, beshta-oltita, ellik-oltmish;
fe’l: aytdi-qo‘ydi, yozdi-berdi, aytdim-qo‘ydim;
ravish: erta-yu kech, omon-eson, sekin-asta;
17
olmosh: sen-men, siz-u biz, u-bu;
taqlid so‘z turkumi: taqar-tuqur, gangur-gungur;
undov so‘z turkumi: oh-voh, dod-voy, uf-suf;
modal so‘z turkumi: bor-yo‘q.
Do'stlaringiz bilan baham: |