Buxoro davlat universiteti pedagogika instituti
So‘z turkumlari guruhi va ularning bir-biridan farqi
Download 1.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Ona tili (Morfologiya) o`quv qo`llanma 13-dekabr (1)
So‘z turkumlari guruhi va ularning bir-biridan farqi Mustaqil so‘z turkumlari Yordamchi so‘z turkumlari Alohida so‘z turkumlari yoki oraliqdagi so‘zlar 1.Ot so‘z turkumi. 2.Sifat so‘z turkumi. 3.Son so‘z turkumi. 4.Fe’l so‘z turkumi. 5. Ravish so‘z turkumi. 6.Olmosh so‘z turkumi. 1. Bog‘lovchi so‘z turkumi. 2. Ko‘makchi so‘z turkumi. 3. Yuklama so‘z turkumi. 1.Taqlid so‘z turkumi 2.Undov so‘z turkumi 3.Modal so‘z turkumi I. Mustaqil so‘z turkumlariga mansub so‘zlar leksik ma’noga ega (olmoshlar bundan mustasno). M.: Bugun bitta yangi kitob oldim. I. Mutlaqo leksik ma’no ifodalamaydi. M.: va, ammo, yoki, chunki; bilan, uchun, kabi; axir, faqat. I. Ular o‘ziga xos tushunchalarni ifodalab keladi: assalom-u aleykum, hormang, pish-pish (undov); taq-tuq, baka-bum (taqlid); albatta, ehtimol, (modal) II. Ma’lum bir UGM atrofida birlasha oladi. (olmoshlar bundan mustasno). II. Lug‘aviy ma’no ifodalamagani singari UGM ga ham ega emas, balki XGM ifodalaydi. II. Qandaydir UGM atrofida birlasha olmaydi. III. Yasalish xususi- yatiga ega. III. Yasalish xususi- yatiga ega emas. III. Yasalish xususi- yatiga ega emas. 8 IV. Mustaqil so‘z turkumlarining har birining o‘z so‘rog‘i bor. (olmosh bundan mustasno); Otning so‘rog‘i: kim? nima? qayer? Sifat: qanday? qanaqa? qaysi? Fe’l: nima qilmoq? nima bo‘lmoq? Son: qancha? necha? nechanchi? Ravish: qachon? qayerga..? IV. O‘z so‘rog‘iga ega emas. V. Alohida so‘z turkumlari o‘z so‘rog‘iga ega emas, lekin gap tarkibida muayyan so‘roqqa javob bo‘ladi: Momaqaldiroqning gumbur-gumburi eshitildi (nimasi?). Shivir-shivir ovoz (qanday?). V. Shakl yasovchi qo‘shimchalarga ega. V. Shakl yasovchi qo‘shimchalarga ega emas. V. Shakl yasovchi qo‘shimchalarga ega emas, biroq otga xos ko‘plik, egalik va kelishik qo‘shimcha- larini qabul qiladi. VI. Mustaqil so‘z turkumlari GK ga ega. VI. GK ga ega emas. VI. GK ga ega emas, lekin otlashib otga xos kategorial qo‘shimchalarni qabul qiladi. VII. Egalik, kelishik qo‘shimchalarini qabul qilib, turlanish xususiyatiga ega. VII. Turlanish xususiyatiga ega emas. VII. Alohida so‘z turkumlari otlashadi. Demak, egalik, kelishik qo‘shimcha- larini qabul qilib turlanadi. VIII. Mustaqil so‘z turkumlarining har birini xoslangan sintaktik vazifasi bor. Shuningdek, gapda o‘ziga xos gap VIII. Yordamchi so‘z turkumlari mustaqil holda gap bo‘lagi vazifasida kelmaydi; Unutmang! Yordamchi so‘z VIII. Alohida so‘z turkumi gapda ma’lum bir sintaktik vazifada kela oladi. M.: Undov so‘z turkumi kiritma – 9 bo‘laklari vazifasida keladi. M.: Bugun o‘quvchilar ikkitadan yangi variant yechishadi. Eslatma! Olmosh so‘z turkumining maxsus sintaktik vazifasi yo‘q. turkumlaridan ko‘makchilar gapda o‘zidan oldingi so‘zga bog‘lanib, quyidagi gap bo‘laklarini hosil qiladi: 1.Vositali to‘ldiruvchi: Do‘st bilan obod uying. 2. Sifatlovchi- aniqlovchi: Muxlis singari o‘quvchilarimiz ko‘paysa. 3. Hol: Bola sutini ishtaha bilan ichyapti. Poytaxtga Samarqand orqali boriladi. kirish so‘z vazifasida keladi: Oh, qanday go‘zal bu odam. Modal so‘z: Men, albatta, shu yili o‘qishga kiraman. Shuni ta’kidlash lozimki, alohida so‘z turkumlari otlashib otga xos sintaktik vazifalarda kela oladi. Garammatik ma’no, grammatik shakl, grammatik kategoriya So‘z turkumlarining mohiyatini yanada yaxshiroq anglash uchun, avvalo, garammatik ma’no, grammatik shakl hamda grammatik kategoriyalarni bilish lozim. Grammatik ma’no ➢ So‘zlarning u yoki bu turkumga mansubligini ifodalovchi ma’no hamda so‘zning lug‘aviy ma’nosiga qo‘shilgan qo‘shimcha ma’no grammatik ma’no deb yuritiladi. O‘zbek tilida asosan ikki xil grammatik ma’no farqlanadi: 1.Umumiy grammatik ma’no (UGM). 2.Xususiy grammatik ma’no (XGM). 10 Umumiy grammatik ma’no. Ma’lum bir so‘z turkumi uchun umumiy bo‘lgan ma’no ( yoki so‘zlarni birlashtiruvchi ma’no)ga umum iy grammatik ma’no deyiladi. ➢ ESLATMA. Ma’lumki, so‘zlarning uch xil ma’nosi farqlanadi: 1. Atash (lug‘aviy) ma’nosi. 2. Umumiy grammatik ma’nosi. 3. Uslubiy ma’no. So‘zlarning borliqdagi ma’lum narsa, belgi-xususiyat, harakat- holatlarni bildirishi ularning atash ma’nosi hisoblanadi.M.: abituriyent, kitob, ilm, o‘rik, tog‘, suv, mehr. Mazkur so‘zlarning har biri o‘ziga xos tushunchani ifodalab turibdi, lekin, ayni paytda bu so‘zlarni birlashtirib turuvchi bitta umumiy grammatik ma’no (UGM) borki, predmet deb ataladi, Shuning uchun bu so‘zlar ot so‘z turkumiga kiritiladi. Ta’kidlash lozimki, lug‘aviy ma’no ifodalaydigan so‘zlargina ma’lum bir UGM atrofida birlashadi. O‘zbek tilida leksik ma’no ifodalovchi so‘zlar 5 ta UGM atrofida birlashadi: 1. Predmet UGMsiga birlashuvchi so‘zlar (farzand, baxt, uy, Vatan, mehr ) – ot so‘z turkumiga mansub. 2. Belgi UGMsiga birlashuvchi so‘zlar ( katta, keng, qizil, oq, iliq, achchiq, go‘zal) – sifat so‘z turkumiga mansub. 3. Predmetning miqdor va tartibga ko‘ra belgisi UGMsiga birlashuvchi so‘zlar (birinchi, ikkov, o‘nlab, beshta…) – son so‘z turkumiga mansub. 4. Harakat-holat UGMsiga birlashuvchi so‘zlar (yugurmoq, arralamoq, o‘ylamoq, ulg‘aymoq, gullamoq, qizimoq) – fe’l so‘z turkumiga mansub. 5. Harakat-holat belgisi UGM siga birlashuvchi so‘zlar ( tez, sekin, erta, atay, jo‘rtaga) – ravish so‘z turkumiga mansub. Xususiy grammatik ma’no. So‘zning lug‘aviy ma’nosiga qo‘shilgan qo‘shimcha ma’no xususiy grammatik ma’no (XGM) deb yuritiladi. M: olma so‘zining lug‘aviy ma’nosi “olma mevasi”, “olma daraxtidir”. Olma+lar – ushbu so‘z ma’nosiga ko‘plik ma’nosi qo‘shildiki, bu ma’no XGM dir. Qiyoslang: Ona – ona+jon (erkalash ma’nosi), uy – uy+gacha (chegaralash). Izoh: So‘z tarkibida nechta grammatik shakl bo‘lsa, har biri o‘ziga xos XGM ifodalaydi. M.: bola+lar+im+ga, yoz+yap+man. 11 UNUTMANG. So‘z yasovchi qo‘shimchalar XGM ifodalamaydi, balki ular yangi lug‘aviy ma’noli so‘zlar yasaydi. M.: gul+don, til+shunos, ulug‘+vor. Qolaversa, so‘zlarning turkumini o‘zgartiradi. M.: gul – predmet, gul+la – harakat-holat, gul+dor – belgi, shuning uchun ular UGMga tegishli. Xususiy grammatik ma’noni ifodalovchi vositalar. Quyidagi vositalar XGM ifodalab keladi: 1.Barcha shakl yasovchi qo‘shimchalar XGM ifodalaydi. 2.Yordamchi ( bog‘lovchi, ko‘makchi va yuklama so‘z turkumlari) so‘z turkumlarining barchasi XGM ifodalaydi. 3. Ohang ham o‘ziga xos XGM ifodalaydi. M.: Humoyun keldi. Ushbi gap ifoda maqsadiga ko‘ra darak, emotsionalligiga ko‘ra his- hayajonsiz gap. Humoyun keldi?! – so‘roq, his-hayajonli gap. 4. Juft hamda takroriy so‘zlar ham o‘ziga xos jamlash, umumlashtirish, ko‘plik, davomiylik kabi XGM larni ifodalaydi: qozon-tovoq (oshxonadagi barcha buyumlar), kitob-daftar (barcha o‘quv qurollari) (umumlashtirish, ko‘plik); qator-qator, dasta-dasta (ko‘plik), kecha-kunduz (davomiylik). 5. So‘z tartibi. M.: Uyga kir. / Kir uyga! Grammatik shakl ➢ Xususiy grammatik ma’noning yozuvdagi ifodasiga grammatik shakl deb yuritiladi. Masalan, ona+jon so‘zning lug‘aviy ma’nosiga erkalash ma’nosining qo‘shilishi XGMdir. Shu ma’noning yozuvda -jon qo‘shimchasi orqali ifodalanishi – grammatik shakl sanaladi. Grammatik shaklning uch ko‘rinishi farqlanadi: 1. Sintetik shakl. 2. Analitik shakl. 3. Juft-takroriy shakl. Sintetik shakl – XGMning shakl yasovchi qo‘shimchalar bilan ifodalanishidir. Sintetik shakl ifodalaydigan XGMlarning xususiyatiga ko‘ra ichki ikki turga bo‘linadi: A. Kategorial shakl. Bir-biriga qiyosan olinadigan XGM larning nutqda va yozuvda ma’lum bir tizim, sistemaga uyushib kelishi – 12 kategorial shakl sanaladi. M.: kitob+im(-ing, -i), kitob+imiz(+ingiz, - lari); yozyap+man (san, +ti), yozyap+miz (+siz, +tilar). B. Nokategorial shakl. Bir-biriga qiyosan olinmaydigan XGMlar va ularning nutqdagi ifodasi nokategorial shakl hisoblanadi. M.: kelin+chak, bo‘ta+loq, Kamola+oy; o‘qi+b, o‘qi+r,sava+la. Nokategorial shakllarga otning kichraytirish, erkalash, o‘xshatish, chegara, hurmat, qarashlilik, o‘rin-joy shakllari; fe’l so‘z turkumining harakat nomi, sifatdosh, ravishdosh hamda harakatning takroriyligini, kuchsizligini ifodalovchi sintetik shakllar kiradi. (Grammatik kategoriya mavzusiga qaralsin!) Analitik shakl – grammatik shaklning bu ko‘rinishi yordamchi so‘zlar vositasida namoyon bo‘ladi. ➢ XGMning yozuvda yordamchi so‘zlar vositasida ifodalanishiga analitik shakl deyiladi. O‘zbek tilida 2 xil analitik shakl farqlanadi: 1. Fe’l so‘z turkumida analitik shakl. Bunda ko‘makchi va to‘liqsiz fe’llar yetakchi fe’lga bog‘lanib, uning ma’nosiga o‘ziga xos modal ma’nolar qo‘shadi. M.: ishlab yurmoq, aytib turmoq (davomiylik); o‘qigan edi (o‘tgan zamonda aniq bajarilgan), o‘qigan emish (gumon munosabati), o‘qigan emas ( imkor ma’noda). 2. Ot – ismlarda analitik shakl. Bilamizki, ko‘makchilar bosh, qaratqich, jo‘nalish, chiqish kelishigi shaklidagi ot hamda ot vazifasidagi so‘zlarga bog‘lanib o‘ziga xos XGM larni ifodalaydi. M.: O‘rtog‘im bilan keldim (birgalik ma’nosi). Telefon orqali gaplashdik (vosita). Anvar kabi o‘qing (qiyoslash)! Download 1.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling