Buxoro davlat universiteti pedagogika instituti
Download 1.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Ona tili (Morfologiya) o`quv qo`llanma 13-dekabr (1)
SOʻZBOSHI
Ona tili fanidan tayyorlangan ushbu o‘quv qoʻllanma oliy oʻquv yurtlarining Boshlang‘ich hamda maktabgacha ta’lim yo‘nalishi bakalavryati bosqichining kunduzgi, sirtqi hamda kechki ta’lim oladigan talabalari, ularga saboq berayotgan mudarrislariga fan doirasidagi eng so‘nggi fikrlar inobatga olingan holda yaratildi. Oʻqituvchi va oʻquvchilarimiz qoʻlida boʻlgan darsliklar, albatta, yuqori saviyasi bilan ajralib turadi. Mazkur o‘quv qoʻllanmamizda tilshunoslikdagi alohida mavqega ega boʻlgan grammatikaning morfologiya boʻlimini yoritishga harakat qildik. Morfologiyaning mohiyatini tushunish uchun lugʻaviy ma’no, grammatik ma’no, uslubiy ma’no; grammatik shakl, grammatik kategoriyalar; soʻz yasalishi hamda soʻzlarning tuzilishiga koʻra turlarini; mustaqil, yordamchi va alohida soʻz turkumlarining farqlarqlarini bilish talab etiladiki, mazkur ishimizda qayd qilib oʻtilgan nazariy hodisalar yengil uslubda ochib berishga harakat qilindi. Qolaversa, har bir soʻz turkumining morfologik va sintaktik xususiyatlari batafsil keltirildi. Shuni alohida ta’kidlashimiz lozimki, o‘quv qoʻllanma oʻquvchilarning auditoriyasini inobatga olgan holda qoidalar bevosita yengil til va uslubda amaldagi darsliklarga tayanilgan holda berildi. Soʻz turkumlarining fonetik, konversiya usullari bilan yasalishi, juft, takroriy va qoʻshma soʻzlar oʻquv-metodik qoʻllanmalardan ijodiy tayanilib berildi. Qoʻllanmaning tiliga alohida e’tibor berdik, ya’ni oʻz ona tilisiga befarq boʻlmagan har qanday oʻquvchining mustaqil oʻqib tushunishinishiga harakat qildik. Albatta, ishda bir qator kamchiliklar boʻlishi tabiiy. Hamkasblarimizdan fikrlarini kutib qolamiz. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling