20
SO‘Z TURKUMLARIDA SO‘Z YASALISHI –
DERIVATSIYA
O‘zbek tilining lug‘at tarkibi doimiy ravishda o‘zgarib,
boyib
boradi. Til lug‘at sostavining boyishi ikki yo‘l bilan amalga oshadi:
1. Tashqi manba, ya’ni qardosh bo‘lmagan tillardan so‘z
olish
natijasida boyiydi.
2. Ichki manba. Bu manbaning o‘zi ikkiga ajraladi:
A. Shevalardan so‘z olish.
B. Yangi so‘z yasash.
Tilshunoslikning “So‘z yasalish” bo‘limida tildagi so‘z
yasash
yo‘llari,
imkoniyatlari,
muammolari
o‘rganiladi.
Albatta,
morfologiyada ham har bir so‘z turkumining yasalishi bilan bog‘liq
xususiyatlar tadqiq qilinadi. Hozirgi o‘zbek adabiy tilida so‘z
yasalishining quyidagi yo‘llari mavjud:
1. Affiksatsiya (morfologik) usul.
2. Kompozitsiya (sintaktik) usul.
3. Abbereviatsiya usuli.
4. Fonetik usul.
5. Konversiya usuli.
6. Leksik-semantik usul.
Mavjud 6 ta so‘z
yasalish usulidan faqatgina ikkita :
afiksatsiya hamda
kompozitsiya usullari bilan yangi so‘zlar
yasaladi xolos. Qolgan 4 ta so‘z yasalish
usullari bamisoli qurib
qolgan daryodek, chunki ular bilan yangi so‘zlar yasalmaydi.
Affiksatsiya (morfologik) usuli bilan so‘z yasalishi
Yodda tuting ! So‘z yasovchi qo‘shimchalar bilan yangi so‘z
yasash hodisasi affiksatsiya usuli bilan so‘z yasalish deb yuritiladi.
Masalan: suv+chi=suvchi, gul+don=guldon, isi+q=issiq.
Ma’lumki, to‘rtta so‘z turkumida so‘z yasovchi qo‘shimchalar bor.
1. Ot so‘z turkumida.
2. Sifat so‘z turkumida.
3. Fe’l so‘z turkumida.
21
4. Ravish so‘z turkumida.
•
Do'stlaringiz bilan baham: