BILIB OLING!
So‘z yasalish hodisasi o‘zining ichki tuzilishiga
ko‘ra ikki tarkibiy qismga bo‘linadi:
1) yasashga asos qism; 2) yasovchi vosita.
Yasashga asos qism bilan yasovchi vosita birgalikda
yasalmani tashkil etadi. M.: ter+im so‘zida ter qismi yasashga asos
qism, -im qismi yasovchi vosita, ikkala qismning qo‘shilmasidan hosil
bo‘lgan hosila – terim yasalma hisoblanadi. Terimchi so‘zida so‘zida
esa terim yasashga asos qism, -chi yasovchi vosita, terimchi esa
yasalmadir.
Bir o‘zak – asosdan yasalgan so‘zlar o‘zakdosh yoki
asosdosh so‘zlar deb yuritiladi. M.: ish/chi, ish/la, ish/li. Bu
hodisa so‘z yasalish uyasi deb ham yuritiladi.
So‘z yasash qoliplari nafaqat asosga qarab, balki yasovchi
qismga qarab ham ma’lum uyalarga birlashadi. M.: traktor/chi,
futbol/chi, suv/chi, gul/chi; yig‘/la, siz/la, qo‘l/la, oq/la, ish/la;
bino/kor, g‘alla/kor, paxta/kor, sholi/kor.
II. Qo‘shma so‘zlar ham so‘z yasovchi qo‘shimchalarni qabul
qilib so‘z yasalishi uchun asos bo‘ladi. Masalan: tinchlik/sevar+lik,
qora/ko‘l+lik, hozir/javob+lik, bel/bog‘+li, atir/gul+siz.
•
Eslatma! Bun
day so‘zlar qo‘shma so‘zlar yoki
murakkab yasama so‘zlar deb yuritiladi.
III. So‘z yasovchi qo‘shimchalar juft so‘zlarga qo‘shilib yangi
so‘z yasash imkoniyatiga ega. Bunday so‘zlar tuzilishiga ko‘ra juft
so‘z deb, tarkibiga ko‘ra yasama so‘z deb yuritiladi.
Masalan: ota-ona+lik= ota-ona/lik, or-nomus+li= or-nomus/li,
baxt-saodat+li=baxt-saodat/li, dod-voy+la= dod-voy/lamoq.
•
Do'stlaringiz bilan baham: |